Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə2/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
дарслик саҳналаштириш

MUNDARIJA


Kirish 5
I BOB BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O’RGATISH FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI 8
QO’GIRCHOQ TEATRINING PAYDO BO’LISH TARIXI. 8
§ 1. Jahon qog’irchoq teatrining paydo bo’lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy ahamiyati 8
§ 2. O’zbek qog’irchoq teatrining paydo bolishi tarixi. 16
§ 3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyatining maqsadi va vazifalari. 29
§ 4. Maktabgacha ta’lim tashkiloti turli yosh guruhlarida sahnalashtirish faoliyatining asosiy vazifalari 35
II BOB SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING METODLARI 46
§ 5. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodiy faollikni shakllantirish 46
§ 6. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish metodlari 54
§ 7. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda aktyorlik qobiliyatini rivojlantirish. 65
III BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISH 72
§ 8. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini tashkil etish shakllari: 73
§ 10. Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Syujetli rolli o’yinlar va dramatizasiya markazi”ni tashkil qilish 78
IV BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA QO’G’IRCHOQ TEATRI ERSONAJLARINI YASASH ORQALI BADIIY IJODIY QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH VA QO’G’IRCHOQ YASASH USULLARI 85
§ 11. Stol teatri va barmoq teatri ularning turlari.. 86
§ 12. Qo’girchoq raqqoslar va qo’girchoq marionetkalar 90
§ 13. Qo’l qo’girchoqlari va katta qo’girchoqlar 92
§ 14. Soya teatr. 93
BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O’RGATISH FANI BO’YICHA IZOHLI LUG’AT 104
ADABIYOTLAR: 108



Kirish


Bugungi kunda dunyo hamjamiyati barcha sohalarida, jumladan ta’lim tizimida ko’p qirrali o’zgarishlar bo’lib o’tmoqda, bu esa o’z navbatida bo’lajak pedagog-tarbiyachilarning yangicha tafakkur va dunyo qarashini shakllantirishni taqozo etmoqda. Yurtimizda ta’lim tizimini takomillashtirish hujjatlarida ijodkorlik sifatlari ta’lim mazmunini yangilashning muhim bir konseptual holati deya e’tirof etilmoqda. Ta’lim tizimida ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish uchun real hayotda va kasbiy amaliyotda asosiy kompetentligini qo’llash qobiliyatiga ega bo’ladigan maktabgacha ta’lim yo’nalishi pedagog-tarbiyachilarini tayyorlash zarur vazifalardan biridir.
2017-2021-yillarga mo’ljallangan «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish takomillashtirishni taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’grisida»gi qonunihg 4-moddasida har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi, maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyabiy ta’sirining birligi keltirilgan1.
2017-yilning 16-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida bo’lib o’tgan yig’ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish hamda mazkur tashkilotlarga bolalarni to’la qamrab olish bo’yicha muhim vazifalar qo’yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’grisida»gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’grisida»gi PF-5198-sonli Farmoni qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari” to’grisidagi 1059-son qarorida “Tarbiyachi va ota-onalar tomonidan bolalarga asosiy faoliyat tirlari jarayonida o’zini o’zi anglashga o’rgatish, muloqot, kuzatish, taqlid orqali kattalarning ma’naviy-axloqiy tajribasini o’zlashtirish, faoliyat va syujetli-rolli oyinlar orqali yangi motivlarni paydo qilish va mustahkamlash, milliy tarbiya usullari va zamonaviy pedagoglarning ilgor yutuglaridan samarali foydalanish orqali milliy umuminsoniy qadriyatlar o’rgatish vazifalari qo’yildi ”2
Maktabgacha yosh-shaxsning dastlabki kamol topish davridir Har bir bola shaxsining rivojlanishi, jumladan ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda uni adabiyotga, san’atga qiziqish va xalqimizning boy madaniy merosiga nisbatan hurmatni tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishda pedagog yetakchi ro’l o’ynaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyaning turli metodlarini qo’llash va «Ilk qadam»davlat o’quv dasturida belgilab berilganidek, o’quv tarbiyaviy faoliyatning o’zaro uyg’unligini ta’minlash, ularni o’yin tarzida tashkil etish lozim3.
«Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish» fani talabalardа pedagogik ijodkorlik hamda pedagogik kvalimetriya kompetensiya sifatlarini shakllantirishga zamin yaratadi. Chunki, sahnalashtirish faoliyatida tahlil, sintez, qiyoslash va taqqoslash jarayonlari amalga oshiriladi. Bo’lajak tarbiyachilarda kvalimetrik kompetensiyani rivojlantirishda ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarishni rejalashtirish, o’quv jarayonini modernizasiyalash, маzkur jarayonni metodik va texnik jihatdan ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
«Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish» fani maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila bilan hamkorlikni amalga oshirishning samarali yo’llarini ko’zda tutadi. Mazkur darslik maktabgacha ta’lim yo’nalishi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan pedagoglar, uslubchilar, oliy ta’lim muassasalarining maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo’lib xizmat qiladi.


I BOB BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O’RGATISH FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI

QO’GIRCHOQ TEATRINING PAYDO BO’LISH TARIXI.

§ 1. Jahon qog’irchoq teatrining paydo bo’lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy ahamiyati


Teatr pedagogikasi o’zining rivojlanib borishi davomida ma’lum tarbiyaviy ta’sir vositalariga ega bo’lgan. Miloddan avvalgi VI – milodiy IV-V asrlarda Qadimgi Yunoniston (Gretsiya), Qadimgi Rim va Yaqin Sharqda yuzaga kelgan antik teatr Yevropa teatr san’atining tug’ilishiga olib kelgan. Uning ijodiy ko’rinishlari (qo’shiq aytish, o’yin raqs), musiqa, she’riyatdan iborat bo’lgan.
Qadimgi Yunonistonda madaniy meros bilan tanishtirish, qonunlarga nisbatan hurmatni tarbiyalash maqsadida bolalar teatrga jalb etilgan (bolalar xori).
Ba’zi teatr tizimlari esa notiqlik, raqs va qo’shiq aytishga asoslanib, ularda o’yin tamoyili birinchi o’ringa chiqarilgan.
Teatr niqobi o’yin namoyishlarining ifodali vositasi hisoblangan. Niqob insonning emotsional holati, hissiyotlari, kayfiyati va olamga bo’lgan munosabatini ifodalashga ko’maklashgan. Fransuz filosofi Rene Jan-Mari-Jozef Genon o’z tadqiqotlarida niqobning chuqur imkoniyatlarini yoritib bergan: «Karnavalda har bir qatnashchi ongsiz ravishda bo’lsa-da, o’zining mayliga ko’proq mos keladigan niqobni tanlaydi. Individning yuzini yashirishga mo’ljallangan niqob aslida u yashirishga majbur bo’lgan ichki dunyosini yaqqol namoyon etadi». Teatrga jalb etilgan bolalarda axloq, yaxshilik va o’rab turgan olamga insonparvarlik bilan yondashish xislatlari tarbiyalangan.
Teatrlashtirilgan harakatlarda niqobdan foydalangan holda, bola emotsional bosim, hayolparishonlik, uyatchanlikni yashirishi mumkin edi. Bu esa unga uzoq vaqt yashirin bo’lgan, namoyish etilishi “ta’qiqlangan” hissiyotlari va kayfiyati bilan tutashib, ularning axloqiy mazmunini tushunish imkonini bergan.
Antik davr pedagogikasida teatr san’atining rolini tahlil etish natijasida olingan xulosaga ko’ra, asosiy maqsad – adabiyot, musiqa va teatr vositalari orqali bolalarni estetik tarbiyalashdir. Aristotel taklif etgan boshlang’ich ta’lim tizimida tasviriy san’at, musiqa, gimnastika, teatr darslari o’rin olgan. Aflotunning epos , musiqa va sahna san’atining tarbiyaviy ahamiyati haqidagi ta’limoti ham teatr pedagogikasi shakllanishida katta o’rin egallaydi.
Xristianlik shakllanishi davrida san’at haqidagi quyidagi tasavvur ustunlik qilgan: «San’at diniy haqiqatlarni bilish va o’zlashtirishda yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi». Teatr va musiqa san’atining bola hissiyotlariga axloqiy ta’siri sabab unda emotsional ko’ngilchanlik shakllangan.
Xudoga sig’inish, uni ilohiylashtirish, «odamlashtirish», ritual harakatlarning o’tkazilishi ifodalilik vositasiga ehtiyoj tug’dirdi. Natijada qo’g’irchoqlar teatrga ifodalilik vositasi sifatida kirib keldi.
Qo’g’irchoq teatri – teatr tomoshalarining turi bo’lib, o’rta asrlar davrida keng tarqalgan. Bunda qahramonning xarakteri, hissiyotlarini aks ettiradigan qo’g’irchoq, uning kostyumi, ko’rinishi, «jonlanishi»; dekoratsiyalar asosiy ifoda vositasi hisoblangan.
Sayoq aktyorlar, masxarabozlar, akrobatlar xalq pedagogik g’oyalarining tarqalishiga katta hissa qo’shgan. Ular badiiy taassurotlar va xalqona qarashlarni ifoda etuvchi bo’lib xizmat qilgan.
Uyg’onish davrida teatrning ijodkor insonni tarbiyalashdagi roliga yanada katta e’tibor qaratildi. Notiqlik san’ati, ijro mahorati, namoyish etilayotgan pyesalarning xilma-xil janrlarda ekani tomoshabinlarni lol qoldirgan. Teatrda to’laqonli ishtirokchi bo’lgan bolalar teatr uchun kostyum, dekoratsiyalar, o’tkazilish joyi va sahna san’atining boshqa vositalarini tayyorlashda faol qatnashganlar.
Ma’rifat asri (XVII-XVIII asrlar)da ayniqsa, Rossiyada uy teatrlari keng tarqaladi. Qishloq va hovli-joylardagi uy teatrlarida dehqonlarning bolalari o’ziga xos aktyor sifatida ishtirok etardi. Taxmin qilish mumkinki, jamiyatning oliy qatlamlariga mansub tomoshabinlar auditoriyasi o’zi estetik zavq olgan holda bolalar qalbini tushunmagan bo’lishlari mumkin, ularning sahnadagi nutqiga bola tushunchasiga xos bo’lmagan murakkab jumlalar, qiyin monologlar qo’shilgani ham haqiqatdan yiroq emas.
Lekin oila tarbiyasini o’rganishda uy teatrining ahamiyatini hisobga olmay bo’lmaydi. Taniqli rus ma’rifatchisi va pedagogi, uy teatri asoschisi A.T.Bolotovning fikricha, “spektaklga tayyorgarlik davrida oila a’zolari tomonidan ko’rsatiladigan madad bola tarbiyasida alohida ijobiy rol o’ynashi mumkin”.
XVI-XVII asrlarda uy teatrlari qatori maktab teatrlari ham ommalashib bordi. XVIII asrda Rossiya maktablarini qurshab olgan pessimizm, yomon kayfiyat va o’z joniga qasd qilish kabi holatlardan saqlash maqsadida o’qituvchilar diniy mavzudagi teatr tomoshalarini qo’llab-quvvatlagan.
Shu bilan bir qatorda XIX-XX asrlarda pedagogika sohasida teatrga axloqiy va badiiy-estetik tarbiyaning asosiy elementi sifatida qarash shakllanadi.
N.A.Berdyayev, V.M.Solovyov kabi ijodning psixologik asoslarini tadqiq etgan, ijodkor shaxsning shakllanishi muammolarini o’rgangan mutafakkirlarning falsafiy asarlari teatr pedagogikasining shakllanishiga turtki bo’ldi.
Rus shoiri, adabiyotshunos, teatr pedagogi Nikolay Nikolayvich Baxtin bolalarda “dramatik instinkt” mavjudligini e’tirof etdi. Bu esa teatr san’atining muhimligini yana bir bor eslatdi. Baxtin bolalardagi ushbu “instinct”ni rivojlantirib borishni tavsiya etdi. U oilada ulg’ayayotgan bolalarga qo’g’irchoq teatri, komik teatr, soya teatrining mos kelishini va ularda ertak, tarixiy, etnografik va maishiy mazmundagi pyesalarni qo’yish mumkinligini ta’kidlab o’tgan. Uning fikricha, teatrda o’ynash 12-yoshgacha bo’lgan bolaning bo’sh vaqtini foydali o’tishiga xizmat qiladi.
Kattalarning to’g’ri boshqaruvi ostida bolaning dramatik o’yinga bo’lgan qiziqishi uning rivojlanishi uchun ulkan naf keltirishi mumkin. Rus teatr pedagogikasida, XX asr 20-yillariga to’g’ri keluvchi bola mustaqilligi muammosi “pedagogik romantizm davri”da, ko’p muhokama qilingan. Bu davrda maktab-kommunalar amalda bo’lib, ta’lim berishning yangi uslublari, jumladan A.S.Makarenko, Rosinskiy, S.T.Shatskiylarning kollektiv tarbiya uslublari qo’llanilar edi.
Zamonaviy bola tashabbuskorligining ildizi rus inqilob oldi va chet el islohotchilik pedagogikasiga, 1920-yillarning pedagoglari yaratgan nazariy asosga borib taqaladi. 1920-yillar maktab dasturiy hujjatida quyidagicha yozilgan edi: “Agar umuman o’yin, jumladan dramatik o’yin bola hayotida shunchalik katta o’rin egallasa, boshqa ko’rinishda ifodalanish bola tabiatining asosiy xislatlaridan bo’lsa, u holda shunisi aniqki, maktab va tarbiya bu xislatni na chetlab o’ta oladi, na bu xislatga tegishli biron narsani hayotdan va dasturdan o’chira oladi.
Aksincha, bolaning dramatik instinktidan pedagogik maqsadda foydalanish, maktabda bolalarning dramatik ijodiga lozim darajada o’rin ajratish psixologiyaga asoslangan pedagogikaning vazifasidir”.
1930-1940-yillarda nashriyotda teatr muammosini muhokama etish anchayin susaydi. Bu– qatag’on yillari va Ikkinchi jahon urushi bilan bogliq.
Zamonaviy bosqichda bolalar bilan teatrlashtirilgan faoliyatga bo’lgan qiziqish ortgan. Voqelikka bo’lgan faol ijodiy munosabat, insonga va insonparvarlikka yo’naltirilgan pedagogik dasturlar va texnologiyalar hozirda ilg’or g’oyalar deb hisoblanmoqda. Rossiyalik pedagog-psixolog, teatr pedagogi Vyachislav Mihaylovich Bukatov, Rossiyalik pedagog A.P.Yershova va boshqalar san’at yordamidagi estetik tarbiyaga didni, hissiyotni rivojlantiruvchi, tabiat, borliq va o’z-o’ziga munosabatni shakllantiruvchi jarayondek baho berib, uning qimmatliligini alohida ta’kidlaydilar.
Zamonaviy pedagogikada adaptatsion va kommunikativ vazifalarni hal etish uchun teatrdan ko’p foydalanilmoqda. Bolalar teatr jamoasi esa bola shaxsini rivojlantiruvchi muhit sifatida, ta’lim-tarbiya va psixologik korreksiya vositasi sifatida ko’rilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda qo’g’irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish−bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Dunyo qo’g’irchoq teatrlarining bolalarning axloqiy-estetik sifatlarini shakllantirishdagi tarbiyaviy xususiyati turli usullar va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Shu jihatdan olib qaralganda, qo’g’irchoq teatri estetik tuyg’ularni, bolalarning qiziquvchanligi va tasav­vurini rivojlantirish uchun juda qulay vosita hisoblanadi. Qo’g’irchoq teatri jahondagi ko’p xalqlarda qadim zamonlardan buyon qadrdon. Qo’g’irchoq teatrining muhim tarixiy xususiyatlaridan biri shuki, u Osiy va Yevropada to XX asrgacha asosan an’anaviy shakllarda yashab kelgan. Turli mamlakatlar qo’g’irchoq teatrlari orasida juda ko’p umumiylik, o’xshashlik va yaqinlik ham shundan kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Barcha tadqiqotchilar va amaliyotchilarni G’arbiy Yevropa, slavyanlar va Osiyo xalqlari qo’g’irchoq teatri qahramonlarining o’xshashligi qiziqtirib keladi. Agar italyanlarning Pulchinello, ruslarning Petrushka, turklarning Karago’z, forslarning Paxlavon Kachal va o’zbeklarning Polvon Kachalini yonma-yon qo’ysangiz, ular tashqi qiyofa jihatidan ham, xulq-atvor jihatidan ham o’xshashliklaridan hayratga tushasiz.
Qirra burun, katta og’iz, boshida uchiga qo’ngiroq osilgan qalpoq harakat va holatlardagi yaqqol shartlilik barchasi uchun xos.
Polvon Kachalning tashqi ko’rinishi, yuz ifodasi uning hamisha xushchaqchaq va sho’xligidan darak beradi.
Ular barcha xalqlarda o’zlarining ajabtovur sarguzashtlari, tadbirkorligi, quvnoqligi va o’tkir hazillari bilan shuhrat qozongan.
Mazkur qahramon Yevropaga Osiyodan o’tgan degan qarashlar mavjud. Darhaqiqat qo’g’irchoq tomoshasi Osiyoning mumtoz mamlakatlarida paydo bo’lib keyinchalik Eron va Italiya orqali Yevropaga tarqalgan. O’rta Osiyo jumladan O’zbekiston ham ko’prik vazifasini o’ynagan bo’lishi ehtimoldan holi emas. Chunonchi o’zbeklarning Polvon Kachal komediyasi bilan ruslarning Petrushka tomoshalari o’rtasidagi bir qadar yaqinlik va umumiyliklar shunga ishora qiladi

O’zbek qo’girchoq teatrining milliy qahramoni “Kachal polvon”


Rus qo’girchoq teatri milliy qahramoni “Petrushka”

Turk qogirchoq teari milliy qahramoni “Karako’z”


Chehiya qogirchoq teatri milliy qahramoni “ Kashparek”



Angliya qogirchoq teatri milliy qahramonlari “Panch va Djudi”

Har bir qo’g’irchoq teatri o’ziga xos va mos milliy xarakterga ega.


Dunyo sivilizatsiyasi tarixida barkamol insonni tarbiyalash vositasi sifatida quyidagi qo’g’irchoq teatrlari tashkil etilgan:


§ 2. O’zbek qog’irchoq teatrining paydo bolishi tarixi.

O’zbek tilida “o’yin” so’ziday ma’nosi ko’p so’z bo’lmasa kerak. Artistning mahorati, harakati, texnikasi bilan sahnaviy tomosha shaklida yuzaga keladigan masxarabozlik, raqs, dorbozlik, ayiq va ilon o’ynatish, yog’och oyoq tomoshalari kabi xalq teatrining barcha ko’rinishlari bir so’z bilan “o’yin” deb, mazkur san’atlarning namoyondalari esa “o’yinchi” deb yuritilgan.


Shuningdek professional qo’g’irchoq teatri ham “qo’girchoq o’yin” deb, qo’g’irchoqboz “o’yinchi” deb atalgan. Bunda “o’yin” so’zi iste’dod bilan amalga oshirilgan tomosha, san’at, ijrochilik ma’nosini beradi.
Qo’g’irchoq o’yin bilan masxarabozlik o’rtasida ko’pgina umumiylik bor. Masxarabozlar o’z tomoshalarida niqob ishlatganlarida go’yo qo’g’irchoqqa aylanadilar, chunki goh qotib, goh jonlanib turuvchi sahnaviy qo’g’irchoqlar vositalarini ishga solishga majbur bo’lishgan.
Shu o’rinda mashhur rus qo’g’irchoqbozi Y.V.Speranskiyning quyidagi so’zlarini eslab o’tish joizdir: “Oddiygina karnaval niqobini kiygan odam, yarim qo’g’irchoq deganday gap. Agar buning ustiga u aktyor bo’lsa, qo’g’irchoqbozga aylanadi, chunki u jonsiz niqobni jonlantirishga harakat qilar ekan “qo’g’irchoq” usuli bilan yaxshiroq o’ynaydi”.
Masxarabozlar niqobsiz o’ynagan paytlarida ham qo’g’irchoq teatriga yaqin turganlar. Kelib chiqishi, mehnat va turmush sharoiti, usta-shogird munosabatlari, jamiyatda tutgan o’rni, vazifa muddaolari bilan ham masxarabozlar va qo’g’irchoqbozlar qondosh, hamkor-u hamdast bo’lishgan.
Shu sababdan osongina masxaraboz qo’g’irchoqbozga karfarmonlik qilib, qo’g’irchoqboz masxarabozlarning tomoshalariga aralashib ketaverganlar.
Ammo bu bilan biz masxarabozlar teatri bilan qo’g’irchoqbozlar teatrini bir san’at demoqchi emasmiz. Ular o’rtasida zikr qilingan yaqinlik bilan bir qatorda jiddiy spetsifik ayirmalar borligini unutmaslik kerak.
Qo’g’irchoq teatri xususiyatini belgilovchi asosiy farq shundan iboratki, agar boshqa qahramonlar qiyofasida aktyorlarning o’zlari ko’rinsa, bunda ijrochilar tomoshabinlarga pinhona qolgani holda qo’g’irchoq-qahramonlar namoyon bo’ladi. Bu olamda qo’g’irchoqbozday kamtarin, insofli, odamshavanda artist bo’lmasa kerak.
Zotan u o’z qaddi-qomati, aktyorlik mahoratini bevosita namoyish etishdan mahrum. Butun qobiliyati, bilimi, hatto hissini latofatli qo’g’irchoqqa bag’ishlaydi. Ana oliyjanoblik!
Lekin shu narsani ham qayd qilib o’tish lozimki, qo’g’irchoqboz bir tomondan o’zligini to’la ko’rsatolmay jabrlansa, ikkinchi tomondan dramatik aktyorga nisbatan bir qancha afzallik va imtiyozlarga egadir. Chunonchi, qo’g’irchoq teatri uchun bo’y, qaddi-qomad, yosh, jismoniy kamchilikning ahamiyati bo’lmagani sababli bunda qobiliyati to’g’ri kelsa, yoshi o’tgan aktrisa qizcha rolini zavq bilan o’ynayveradi. Oriq ijrochi semiz qo’g’irchoq personajni, pakana-alp qomatni, qiz-cholni, bola-kampirni bemalol olib chiqaveradi.
Qog’irchoq teatrining sharti shu: xohlagan rolingni o’ynayver, istedoding, mahorating, ijodiy harorating va shavqing bo’lsa bas. Ikkitagina qo’g’irchoqboz muvaffaqiyat bilan ko’p personajli katta bir spektaklni namoyish qilishi mumkin.
Darhaqiqat, qo’g’irchoq teatri ajoyib va g’aroyib, ta’sirli san’at. Uning jozibadorligi, tomoshaviyligi va qandaydir sodda go’zalligi “mo’jizali” tabiatga ega bo’lishidadir.
Ha, qo’g’irchoqbozlik-mo’jizali san’at turi. Jonsiz zabonsiz oddiy qogirchoqlar vositasida inson hayoti, boshqalarga munosabati, axloqi, badiiy haqqoniy va jozibali qilib namoyish etilishi mo’jiza emasmi, axir! Qo’g’irchoqboz – mo’jizakor. U qo’g’irchoqlarni harakatga keltirib, ularga hayot bag’ishlab, odamlarga qanchadan- qancha ma’naviy oziq va kuch in’om etadi. Boshqa paytda oddiy bolalar o’yinchog’idan kam farq qiladigan qo’g’irchoq qog’irchoqboz qo’liga tushgach, jonlanadi, aql paydo qiladi, rosmana jismoniy hayot bilan yashay boshlaydi: kuladi, yig’laydi, iztirob chekadi, urishadi, o’ynaydi, kuylaydi. Mana shu mitti artistlar hayot va inson jumboqlari ustida bosh qotiradilar. Sevgi va sadoqat, do’stlik va muruvvat, rostg’oylik va halollik haqida hikoya qiladi. Ko’z oldingizda ana shu zayl mo’jiza sodir bo’ladi.
U sizni sehrlaydi siz rostakam odamlar harakat qilayotganday tomoshaga berilib ketasiz, voqeaga ishonasiz, hayratlanasiz, lol bo’lasiz. Ammo bu –g’ayritabiiy bir kuch hosil qilgan karomat emas, qo’g’irchoqboz mahorati, iste’dod mahsuli, san’at sehridir.
Qo’g’irchoqbozlar el-yurtga ozor bergan, g’am kulfat keltirgan zamon zo’ravonlarini tanqid qilish hamda turmushdagi ayrim qoloqliklar, egriliklar ustidan kulish bilan xalq uchun zarur bo’lgan katta ijtimoiy va estetik vazifani bajarib kelganlar.
Ammo ularning muddaosi qanchalik ulug va sof bo’lmasin ulamolar qo’girchoq teatrini “shayton oyin”, qo’g’irchoqbozni “olloh ishiga qo’l urgan shakkok va diyonatsiz”, degan uydirma gaplarni tarqatib kelgan. O’tmishda olimlarimizning qo’g’irchoq teatriga yetarli e’tibor bermaganliklarining boisi ham shundadir.
Qo’g’irchoqchilar san’ati ilk bor O’rta Osiyo xalqlari tarixi va etnografiyasi bilan qizg’in shug’ullangan rus olimlarining diqqatini o’ziga tortdi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr birinchi yarmida rus etnograflari N.P.Ostroumov va N.S.Likoshin ma’lumotlari qimmatli bo’lib, ular o’zbek qo’g’irchoq teatrining “Chodir jamol” va “Chodir xayol” degan ikki turdan iborat ekani haqida yozadilar.4
Ammo rus etnograf olimlari N.P.Ostroumov va N.S.Likoshinlar ham qo’g’irchoq teatri bilan mashg’ul bo’lmaganlar.
O’zbek qo’g’irchoq teatri bilan maxsus shug’ullangan kishi bu rus havaskor etnografi Pyotr Aleksandrovich Komarovdir. Shu sababdan biz uni shu san’atning birinchi tadqiqotchisi deb atasak bo’ladi. Ammo 1906-1909 yillarda qo’g’irchoq teatrini o’rganish va sahnaviy qo’g’irchoqlar kolleksiyasini to’plash ishida fidoyilik ko’rsatgan bu ajoyib insonning xizmatlari ko’p vaqt tegishli baho olmasdan keldi. P.A.Komarov xizmatlarini aniqlash maqsadida uning Leningraddagi (Sankt-Peterburg) etnografiya muzeyida saqlanayotgan qo’g’irchoqlar kolleksiyalari, shuningdek, rus imperator muzeyi etnografiya bo’limining bosh xizmatchisi Konstantin Aleksandrovich Inostrantsev bilan olib borgan yozishmalari batafsil o’rganib chiqildi.
Ma’lum bo’lishicha Komarov Toshkentda tug’ilgan. Chimkent uyezdining shimoli-sharqiy uchastkasida sug’orish ishlari mudiri vazifasida ishlagan.
Bo’sh vaqtlarida o’zbek xalq san’atini o’rganishga kirishgan va bu qiziqish uni O’rta osiyo xalqlari etnografiyasining yirik vakili Abubakr Axmedjanovich Divayev bilan yaqinlashuv va do’stlashuvga olib keldi.
Divayev Komarovning Leningrad etnogrofiya muzeyi bosh xizmatchisi K.A.Inostrantsev bilan ilmiy aloqasini yo’lga qo’yishiga yordam beradi.
K.A.Inostrantsev muzey xazinachisi sifatida R.A.Komarovga sahnaviy qo’g’irchoqlar kolleksiyasini yig’ishni topshiradi. Komarovning Inostrantsevga yozgan hatlarida quyidagilarni o’qish mumkin:
“Qo’g’irchoq teatri hozirgi shaharlik tuzemlar hayotidan butunlay ketdi, uning nochor qoldiqlarini chet va hilvat joylardan qidirishga to’g’ri keladi. Uni o’rganishga o’n besh yilcha burun kirishmoq lozim edi. Menga notanish qo’g’irchoqbozlarning shubha, ishochsizligini bartaraf etish uchun tanish tuzemlarni taklif qilish va ularga ikki so’mdan besh so’mgacha haq to’lab turishga to’g’ri keladi. Men shu choqqacha bevosita ma’muriyat yordamiga murojaat qilmadim, aralashuv bilan butun ishning pachavasini chiqarish mumkin.
Bir so’z bilan material yigish tajribasi menga shu qadar ko’p turli-tuman to’siqlar bilan hisoblashish lozimligini ko’rsatdiki, Toshkentda tug’ilib o’sgan bo’lsam ham ularni uchrataman deb o’ylamagandim. Necha bor hafsalam pir bo’lib qo’lim ishga bormay qoldi” Ammo qiyinchiliklar Komarov irodasini bukolmadi. Qunt va chidam bilan o’z ishini davom ettirdi va oldiga qo’yilgan vazifani sharaf bilan bajardi. Komarov o’zbek sahnaviy qo’g’irchoqlarining to’rt kolleksiyasini yig’ib, muzeyga jo’natishga muyassar bo’ldi:

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin