BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O`RGATISH FANINING BOSHQA FANLAR BILAN O`ZARO ALOQASI:
Teatr bola uchun katta ahamiyatga ega, bolalar u bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutadi. Teatr hamma narsaga qodir, u mo’jiza yaratadi, quvontiradi, o’rgatadi, maktabgacha yoshdagi bolalarning xulqini korreksiyalaydi, ijodiy qobiliyatlarini hissiy idrokini rivojlantiradi.7 Bolalarning nutqi faollashib, notiqlik qobiliyati rivojlanadi, o’ziga ishonchi oshadi, omma oldida chiqish qilish ko’nikmalarini egallashida yordam beradi.
Teatr san’ati bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga ko’maklashadi. Teatr san’ati bilan muloqot qilib borar ekan, bolalar bir-biriga nisbatan toqatli, kelishuvchan, og’ir-bosiq bo’lib, o’zini tartibga solib oladi. Teatr maktabgacha yoshdagi bolalarning his-tuyg’ulari va kayfiyati (ruhiyati) ga kuchli ta’sir o’tkazadi, ularning fikrlash doirasini kengaytirib, nutqini boyitadi, axloqiy-manaviy tasavvurini shakllantiradi, intellektual qobiliyatlarini oshiradi.
Teatr bolani ma’naviy tarbiyalaydi. Teatr – sehrli olam, unda bola o’ynab, quvonadi, o’ynab atrof olamni o’rganadi, yani uning ichki olami boyiydi. Bolada ijodga e’tibor, qiziqish, intilishning namoyon bo’lishi uning taassurotlarini yangilaydigan emotsional undovlarni talab qiladi. Bu borada teatrlashtirish faoliyatining juda katta ijobiy ahamiyatini alohida ta’kidlash mumkin. Pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil qilingan bu kabi faoliyat bola hayotiga yangi mazmun olib kiradi.Quvonch hissini uyg’otib, barcha kuch va qobiliyatlari, jumladan nutqiy rivojlanish qobiliyatlarini faoliyatga safarbar qilishga undaydi.
Hamma bolalar ertak tomosha qilishni yaxshi ko’radi, ularga nafaqat tomosha qilish, balki artist bo’lish yoqadi. Teatr san’ati bolalarga yaqin va tushunarli, chunki uning asosida o’yin yotadi. Teatrda ro’l o’ynash va bolalar o’yini aynan bir xil shartlilikdan kelib chiqadi va o’zida voqelikni har bir inson ko’ra oladigan va ifodalay oladigan darajada sehrlaydi.
Bolalarda o’yinga bo’lgan ehtiyoj, shubhasiz, katta va u juda erta namoyon bo’ladi. Ikki-uch yoshidayoq kichkintoylar sakrayotgan quyoncha va ona-tovuqqa ergashayotgan jo’jachalarni tasvirlaydi. Ular jon-dili bilan kuchukcha, mushukcha, uloqchalar qiyofasiga kiradi. Bolalar imitatsiyalash va taqlidiy harakatlarni bajaradi, bu harakatlar hamisha rejali, ammo favqulodda boy va shu sababli o’zida katta emotsional quvvatni jamlaydi.
Teatrlashtirilgan o’yinlar bolalarni hamma vaqt o’ziga jalb qiladi, bolalar o’yinga jon-udili bilan kirishadi: qo’g’irchoqlarning savollariga javob beradi, ularning iltimoslarini bajaradi, maslahatlar beradi, u yoki bu obrazga «kiradi».
Kichkintoylar personajlar bilan birga kuladi, ular bilan birga qayg’uradi, ularni xavf-xatardan ogoh qilishga intiladi, sevgan qahramonining muvaffaqiyatsizligidan birga ko’z yosh to’kadi, hamma vaqt unga yordamga tayyor turadi.
Teatrlashtirilgan o’yinlarda qatnashib, bolalar atrof-olam, obrazlar, ranglar, tovushlar bilan tanishadi. Teatrlashtirilgan o’yinlarning bola shaxsiga katta va har tomonlama tasiri undan kuchli pedagogik vosita sifatida, ortiqcha majburlashsiz, foydalanish imkonini beradi, chunki kichkintoy o’yin vaqtida o’zini erkin his qiladi.
Dostları ilə paylaş: |