BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O`RGATISH FANINIG ASOSIY MAQSADI:
maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ijodiga rahbarlik qilish uchun amaliy bilim va ko’nikmalar berish
BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O`RGATISH FANINIG PREDMETI:
Ta`lim-tarbiya jarayonini sahnalashtirish faoliyati tamoyillari asosida tashkil qilish
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasida davlat talablari asosida faoliyat yuritish
MTTlardagi ta`lim-tarbiya mazmunini sahnalashtirish faoliyati asosida takomillashtirish
Bolalar ijodiy faolligi uchun sharoit yaratish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish uchun pedagog- tarbiyachi mahorati
BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O`RGATISH FANINIG ASOSIY VAZIFALARI:
Bolani ma`naviy tarbiyalash, atrof-olam bilan tanishtirish, emotsional olamini boyitish, ijodga e`tibor va qiziqish uyg`otish;
Pedagogik jarayonda, faoliyat markazlarida teatrlashtirilgan va boshqa faoliyat turlarining doimiy aloqadorligi uchun sharoit yaratish;
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning ijodiy faolligi uchun sharoit yaratish;
Bolalarni teatr madaniyatiga oshno qilish;
Kommunikativ munosabatlarni rivojlantirish, o’rtoqlarini eshita olish va o’zaro fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda ishlash malakalarini shakllantirish;
Xalqimizning boy madaniy-ma`naviy merosi haqida tushuncha va tasavvurga ega bo`lish va ularni qadrlashga o`rgatish;