Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


Chodir jamol” teatr guruhi. Samarqand 1928-yil



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə4/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
дарслик саҳналаштириш

Chodir jamol” teatr guruhi. Samarqand 1928-yil.

C hodir hayol” teatr guruhi. Margilon 1936-yil.

“Chodir xayol” tamomila boshqacha ko’rsatiladi. Bu teatr biror binoda joylashib, tegishli matodan chodir sahna yasaladi. Tomoshalar faqat kechqurun bo’lgan. “Chodir xayol” teatri “Chodir jamol” teatriga nisbatan ancha murakkab va mukammal. Parda ortida qo’g’irchoqlar iplar yordamida harakatga keltirilgan.


Mazkur teatr tomoshalari binolarning ichida, onda-sonda ochiq joylarda ko’rsatilgan. Chodir xayol qo’g’irchoqlari xususiyatlari bilan tanishishda biz faqat P.A.Komarov kolleksiyasiga tayanamiz. Chunki qo’g’irchoqbozlar sovet davrida
“Chodir xayol” bilan shug’ullanmay qo’yganlar.
Yozma dramaturgiya asosida bino ichida ish ko’ruvchi yangi uslubdagi o’zbek qo’g’irchoq teatri zamonaviy teatr turlarining boshqa turlariga qaraganda kechroq tashkil topdi. 1928-yilda Semyon Yeten rahbarligida rus yosh tomoshabinlar teatri tashkil topadi. Ko’p o’tmay shu truppa tarkibida o’zbek qo’g’irchoq teatri jamoasi yuzaga keladi. Unda xalq qo’g’irchoqbozi Po’latjon Doniyorov hamda bir nechta shu san’at ishqibozlari birgalikda ish boshlaydilar. Ammo 1930-yillarga borib moddiy sharoitning og’irligi, maxsus binoning yo’qligi sababli mazkur qo’g’irchoq teatri truppalari tarqalib ketadi.
Nihoyat, 1939-yil 19-martda Respublika qo’g’irchoq teatri tashkil topadi. Teatrga rejissyor va badiiy rahbar qilib Yo’ldosh A’zamov tayinlanadi. Teatr zimmasiga viloyatlarda ish olib borayotgan qo’g’irchoq teatrlariga ijodiy yordam ko’rsatish vazifasi yuklanadi. Yangi teatrning dastlabki yillari ikkinchi jahon urushi yillarining ogir va suronli davriga to’g’ri keladi.
Yetishmovchilik ko’p edi. biroq teatr jamoasi uyushib kamchiliklarni bartaraf etib, faqat bolalarga emas kattalarga ham kayfiyat ulashib, ularda galabaga ishonch ruhini kuchaytirish yolida gayrat ko’rsatdi.
Teatr urush yillarida qirqqa yaqin spektakl hamda konsert namoyish etdi. 60-70 yillarda ham respublika qo’g’irchoq teatrida bu san’atga xos xususiyatlarni to’la egallash, bolalar bilan qanoatlanmay katta yoshdagi tomoshabinlarga ham xizmat qilish, spektakllarning har tomonlama to’laqonli bo’lishiga intilish bo’yicha uzluksiz ish olib borilgan.
1979 yil - Respublika qo’g’irchоq teatrining yangi binоsi оchildi.
1968 yilda “Lоla” Andijоn davlat qo’g’irchоq teatri ish boshladi.
1978 yilda Samarqand vilоyat qo’g’irchоq teatri ish bоshladi
1982 yilda Buxоrо va 1983 yilda Jizzax davlat qo’g’irchоq teatrlari ish bоshladi.
1990 yil Qоraqalpоq davlat qo’g’irchоq teatri tashkil tоpdi.
1993 yil Xоrazm vilоyat qo’g’irchоq teatri ish bоshladi.
1994 yil Qashqadaryo qo’g’irchоq teatri ish bоshladi.




Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin