Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə33/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
дарслик саҳналаштириш

- Variativlik prinsipi. Bolalarda variativ fikrlash, ya’ni masalani hal qilishning turli variantlari mavjudligini tushunish, qiyin vaziyatdan chiqish yo’lini izlash, yechimi bo’lmagan vaziyatlar yo’qligini tushunishni rivojlantirishdan iborat.
- Bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olish prinsipi. Bolalardagi o’ziga xos qobiliyatlarini inobatga olgan holda vazifalar, topshiriqlar berish va doimiy qo’llab-quvvatlab turishdir.
Ta’lim jarayonini izchillik bilan tizimli ravishda tashkil etishga
tarbiyachi tomonidan o‘z faoliyatini didaktik talablar doirasida tashkil
etishga ta’lim prinsiplari yordam beradi

§ 10. Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Syujetli rolli o’yinlar va dramatizasiya markazi”ni tashkil qilish

Bugungi kunda ezgulik va hamdardlik hislariga e’tiborning kamligi bola shaxsi tarbiyasiga ham salbiy ta’sir ko’rsatyapdi. Мaktabgacha ta’lim yoshidagi bola tarbiyasida sahnalashtirish faoliyati uchun juda muhim bo’lib, u bolada ezgu hislar uygotadi va yahshilik urug’larini shakllantiradi. Tarbiyachi-pedagoglarga bolaning emotsional sohasiga murojaat qilish, «hislarni tarbiyayalash» bilan shug’ullanish imkonini beradi. Sahnalashtirilgan faoliyat, san’atning amaliy turi sifatida, ham tarbiya, ham ta’lim uchun katta imkoniyatlarga ega va shaxsni tarbiyalash imkonini yaratadi. Аynan u bolaning barcha qobiliyatlarini rivojlantiradi, ya`ni aqlan, jismonan va eng muhimi, emotsional jihatdan rivojlanadi. Pedagoglar sahnalashtirilgan faoliyatini imkon qadar erta, kichik guruhdan boshlab tashkil etishlari lozim, shunda tayyorlov guruhiga kelib kutilgan natijaga erishiladi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyati jarayoni natijasida bolalarda (badiiy nutq, musiqali o’yin, raqs) tasavvur va xayol shakllanadi va rivojlanadi.
Sahnalashtirish va ijodiy faoliyatni to’g’ri yo’lga qo’yish va tashkil etish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda tashkilot musiqa rahbari (rejissyor) va tarbiyachi hamkorligining to’g’ri tashkil etilishi muhimdir. Musiqa rahbari nafaqat bayram tadbirlari yoki sahnalashtirish mashg’ulotlarini tashkil etadi, balki tarbiyachi-pedagoglarga bu borada uslubiy yordam beradi va tuzatishlar kiritib boradi.
Musiqa rahbari (rejissyor) tarbiyachilarga sahnalashtirish faoliyatidagi an’anaviylikdan ko’ra yangi qiziqarliroq yondashuvlarni ko’rsatishi va tadbirlarga faol sahna o’yinlarini qo’shishi kerak bo’ladi. Rejissyor o’zi ifodali o’qishni, hikoya qilishni, eshitishni bilishi, turli obrazga kirishishga tayyor turishi va aktyorlik mahoratini mukammal egallagan bo’lishi kerak.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin