Professional teatr studiyalarining namoyishlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida professional teatr studiyalarining (sirk, qo’girchoq teatri, sahna teatri) namoyishlarini tashkil etilishi.
To’garak ishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sahnarlashtirilgan faoliyatini tashkil etishning ya’na bir shakli to’garak ishidi.U quyidagi masalalarni hal etishda yordam beradi: bolalarning fantaziyasi, tasavvuri, barcha turdagi xotiralari, ijodkorliklarini (badiiy nutq, musiqali o’yin, raqs, sahna) rivojlantiradi. Agarda maxsus teatr to’garagi tashkil etilgan bo’lsa, teatr to’garagi rahbari ishtirok etishni xohlagan bolalar bilan ish olib boradi. Bunda rahbar rejissor bo’ladi bolalar esa aktyor vazifasini bajaradi. Rahbar o’z oldiga maqsad qo’yadi bolalar bilan ishlashda ssenariy, rejissorlik va sahnalashtirilgan ish bilan chegaralanmaslik, maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tadigan davri davomida bolalarda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishi lozim.
To’garak ishining asosiy mazmuni qo’g’irchoq teatri ustida ishlashni tashkil etadi, asar mazmunining tahlili, rollarni taqsimlash, syujetdagi harakatlarni o’zlashtirishga yordam beradigan etyud o’yinli mashqlar. Butun spektaklning sahnalashtirish ishi esa maxsus mashg’ulotlarda, haftada bir marotaba 30-40 daqiqa davomida kunning birinchi yoki ikkinchi yarimida o’tkaziladi.
Mashg’ulotlarni tashkil qilish jarayonida shunga e’tibor qaratish joizki, agar bolada bilim ko’nikma bo’lsa-yu, qiziqish, xohish bo’lmasa faollik bo’lmaydi.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan sahnalashtirish faoliyatini rivojlantirish masalalaridan kelib chiqib uning mazmuni aniqlanadi va tashkil etish shakllari belgilanadi.1-sxema:
§ 9. Sahnalashtirish faoliyati prinsiplari.
Ta`lim prinsiplari bu umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan ta`lim va tarbiya jarayonlarining yo`nalishi, bolalar tomonidan bilimlarning o`zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarning yigindisidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish va o’yin faoliyatini tashkil qilish jarayonida tarbiyachi tomonidan qo’llanilishi kerak bo’lgan asosiy prinsiplarni ko’rib chiqamiz:
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan sahnalashtirish mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil etishda tarbiyachi quyidagi prinsiplarga amal qilishi lozim: