Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə45/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
дарслик саҳналаштириш

26. Premyera (frans. premure — birinchi) — spektakl, estrada, sirk tomoshalari, yangi kinofilm (telefilm) ning birinchi bor ommaviy namoyish iqilinishi.
27. Replika- javob, e’tiroz, piching, gap qistirish, gap tashlamoq ma’nosida teatr sohasida ishlatiladigan termin.
28. Repitisiya (lot repetitio — qaytarish) — teatr, eatrada, sirk tomoshalari,konsert dasturlari, ayrim chiqishlarni, sahnalarni ( rej, raxbarligida) ko’p martta ( butunlay yoki qisman) takrorlash orkali tayoorlashning asosiy shakli.
29.Spektakl (lot. spectaculum — tomosha) — teatr sanʼati asari. Postanovkachirejissor boshchiligida teatr jamoasi (aktyorlar, rassom, kompozitor, baletmeyster va h.k.) tomonidan yaratiladi.
30. Sahna — teatr binosining tomosha koʻrsatiladigan qismi.
31. Syujet (frans. — predmet, mazmun, narsa) — badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlikda kechadigan, qahramonlar oʻrtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi. Barcha epik, dramatik va liroepik turdagi badiiy asarlarda S. mavjud boʻladi.
32. Ssenariy (ital. scenario) — 1) pyesa mazmunining qisqa bayoni, improvizatsiya teatri, tomoshasi, balet spektakllari, ommaviy tomosha va boshqa oʻyinlar yaratiladigan syujet tuzilishi
33. Teatr (yunoncha θέατρον - "tomoshagoh") cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ifoda etadigan tomosha orqali fikr beruvchi san’at janridir. Ba’zan teatr tomoshalari o’tkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi (aslida ularni teatr binosi deb atash o’rinli).
34. Folklor (ing. folk — xalq, lore — bilim, donolik) — xalq ijodini ifodalovchi termin.Oʻzbekistonda dastlab, "ogʻzaki adabiyot", "ogʻiz adabiyoti" atamalari qoʻllangan. "F." termini 30-yillarning oʻrtalaridan ishlatila boshlagan.
35. Hikoya — badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Oʻtmishda H. folklor asarlari tarkibida bayon unsuri boʻlib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida H. novella deb ham ataladi.
36. Qadriyat- voqelikdagi muayan hodisalarning umuminsoniy,ijtimoiy-ahloqiy, madaniy-ma’rifiy, ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan barcha narsalar, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik,ma’rifat, go’zallik, moddiy va ma’naviy boyliklar,an’ana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin