Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Syujetli rolli o’yinlar va dramatizasiya markazi”ni loyihalashtirish



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə34/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
дарслик саҳналаштириш

Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Syujetli rolli o’yinlar va dramatizasiya markazi”ni loyihalashtirish.
Kichik guruh bolalari uchun eng sodda ularga mos keladigan stolda qo’g’irchoqlar teatri burchagini jihozlash maqsadga muvofiq.
O’rta guruh bolalariga teatr pardasini jihozlash mumkin. Bolalarga teatr pardasida
(shirmada) qo’g’irchoqni boshqarishga o’rgatishdan oldin, ularga asosi yog’och qoshiqdan iborat o’yinchoqlar o’ynatishga imkon yaratiladi.
Katta guruhda bolalar iplar yordamida harakatga keladigan (marionetka) qo’g’irchoqlar bilan tanishtirish va ularni boshqarishga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Tayyorlov guruhda esa bolalar soya teatri, tayoqqa va polga ‘ornatiladigan qog’irchoqlar bilan tanishadilar, hamda ularni boshqarishga o’rgatish maqsadga muvofiqdir. .
Sahnalashtirish mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil qilishga uslubiy tavsiyalar:
Bolalarning taklif va savollarini diqqat bilan eshitish;
Bolalarning savollari tugagan yoki ko’rsatib berishni so’ramayotgan bo’lsa keyingi bosqichga o’tish;
Ertak qahramonlari bilan tanishtirib borish bilan birga bolalarga qo’girchoqni ushlab korishlariga imkon berish;
Bolalardan ertakdagi qaysi qahramon obrazi yoqqani so’raladi;
Bolalarda ertakka nisbatan qiziqish va quvonch hissini uyg’otish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan sahnalashtirish jarayonida amal qilinadigan qoidalar
Sahnalashtirish faoliyatiga tayyorgarlik jarayonida bir necha qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi.
Bolalarga ortiqcha vazifa yuklamaslik;
O’z fikrini bolalarga o’tkazishga harakat qilmaslik;
Bolalarning boshqa bolalar faoliyatiga halaqit qilishlariga yo’l qo’ymaslik;
Rollarni faqat qobiliyatli bolalar o’rtasida taqsimlamay, barcha bolalarga o’zlarini turli rollarda sinab ko’rishlariga imkon berish.
Sahnalashtirish faoliyati jarayoniga yetarli darajada faol bo’lmagan bolalarni ham jalb etish ulardagi uyatchanlik va tortinchoqlikni yengib ‘otishlariga yordam beradi.
Sahnalashtirish uchun tanlanayotgan asar (ertak, hikoya, she’r) bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo’lishi va ularning hayotiy tajribasini boyitishi, yangi bilimlarga qiziqish uyg’otishi va ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berishi lozim.
Sahnalashtirish faoliyatini to’g’ri tashkil etishda vaqt davomiyligiga amal qilish muhim rol o’ynaydi.
Mashg’ulot davomiyligi:
Kichik guruh 15-20 daqiqa
O’rta guruh 20-25 daqiqa
Katta guruh 25-30 daqiqa
Tayyorlov guruh 25-30 daqiqa
Yakka tartibdagi mashg’ulot yoki umumiy guruh tayyorgarligi haftada bir marta 40 daqiqa davom etadi.
Sahnalashtirilgan o’yinlarda qatnashuvchi bolalar soni 12 yoki 16 nafardan oshmasligi kerak.
Sahnalashtirilgan o’yinlar haftada ikki marta ertalab va kechki paytda tashkil etiladi. Mashg’ulot keng, yorug’, havo yaxshi aylanib turadigan xonada, yumshoq gilam, musiqa asboblari va audiotexnikalar bilan jihozlangan sharoitda olib boriladi. Bolalar yengil, qulay sport kiyimida va yumshoq oyoq kiyimda bo’lishlari lozim. Birinchi sahnalashtirish o’yinlarini bolalarni jalb etgan holda tarbiyachining o’zi o’tkazadi. Keyinchalik mashg’ulotlarda uncha katta bo’lmagan mashq va o’yinlar qo’llaniladi, ularda pedagog sheriklik qiladi va bolaga o’yinni tashkillashtirishda tashabbus ko’rsatishni taklif etadi. Faqatgina katta guruhlarda pedagog ba’zida o’yin ishtirokchisi bo’lishi va bolalarni syujet tanlashda va uni o’ynashda mustaqil bo’lishga undashi mumkin.
N.F.Sorokinaning tavsiyasiga ko’ra mashg’ulotlarni har kuni o’tkazgan ma’qul, kichik guruhdan boshlab haftasiga 2 marta 3 tadan mashq (2 ta ertalab, 1 ta kechqurun), haftaning qolgan kunlari esa – ertalab 1 va kechki payt bir marotaba 15 daqiqadan o’tkazgan ma’qul.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin