Bolalarning ijodiy faolligini oshirishda ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiradigan ishlar: Sahnalashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiradigan ishlar tashkiliy, amaliy va yakunlovchi bosqichni o’z ichiga oladi.
Tashkiliy bosqichda: - mavzuga oid metodik adabiyotlar o’rganiladi;
- bolalar bilan teatr haqida suhbat o’tkaziladi;
- «Ijodkor bola o’zida qaysi fazilatlarni rivojlantiradi?» mavzusida ota-onalar bilan so’rov o’tkaziladi;
- bolalarni teatrlashtirilgan faoliyatga jalb qilish bo’yicha rejalar tahlil qilinadi;
- «Sahnalashtirilgan faoliyat nutq ifodaliligi vositasi» mavzusida ota-onalar bilan hamkorlikda maslahatlar olib boriladi;
- bolalar va ota-onalarning xalq ertaklari bo’yicha ishlangan rasmlar “Ertak huzurida mehmonda” mavzusida ko’rgazma tashkil etiladi.
Amaliy bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi:
- xalq ertaklari aks ettirilgan audioyozuvlarni tinglash, videomateriallarni tomosha qilish;
- «sehrli tovushlar» o’yini;
- mustaqil ijodiy o’yinlar;
- ertak namoyish qilish uchun qo’g’irchoq teatri jihozlarini tayyorlash;
- «Sholg’om», «Bo’g’irsoq» ertaklarini kichik va o’rta yosh guruhida ota-onalar va bolalar hamkorligida namoyish qilish.
Ishning yakunlovchi bosqichi: - bolalar ijodiy qobiliyatini aniqlash ;
- ota-onalar yordamida rivojlantiruvchi muhitni boyitish;
- ma’ruza shaklida qilingan ish natijalari haqida hisobot qilish.
Tayanch tushunchalar: Ssenariy - syujet va individual sahnalarning tafsilotlarini beradigan, film, roman yoki sahna asarining yozma ko’rinishi.
Emosiya-(frans. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) Emosiya qonoqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qo’rquv va boshqa shakllarda namoyon bo’ladi.
Mimika (yun. — taklid) — yuz mushaklarining ifodali harakati. Insonning maʼyuslik, xursandlik, gʻazab, xafalik kabi hissiyotlarini ifodalaydi. M. oddiy kishilarda tabiiy tarzda roʻy beradi. Teatr sanʼatida esa aktyorlarning doimiy mashklari asosida yuzaga keladi. Mimika aktyorning nutqi bilan hamohang boʻlib, obraz mohiyatini, qahramonlarning oʻzaro munosabatlarini ochishga xizmat qiladi. Puxta oʻylangan va texnik jihatdan mukammal Mimika sahna soʻzi ahamiyatini oshiradi va uning tub maʼnosini chuqur anglashga yordam beradi.
Prinsip-biror nazariya, taʼlimot, dunyoqarash va sh. k. ning dastlabki, asosiy qonun-qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh goya, qonun-qoida.
Nazorat uchun savollar:
1..Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini amalga oshirish shakllari qanday?
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish prinsiplari qaysilar?
3. MTTda sahnalashtirish faoliyati mashg’ulotlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va tashkil etish, vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda tashkilotning qaysi xodimlari hamkorligi muhim hisoblanadi?
4. МТT turli yosh guruhida sahnalashtirish hududini loyihalashtirishda nimalarga e’tibor qaratiladi?
5. Sahnalashtirish mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil qilishga oid qanday uslubiy tavsiyalar mavjud?
6. MTTda turli yosh guruhlarida sahnalashtirish mashgulotlarining davomiyligi qancha?
7. Yakka tartibdagi yoki umumiy guruh tayyorgarlik mash’gulotlari haftada necha marta tashkil etiladi?
8. Sahnalashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini oshirish bo’yicha ishlar necta bosqichda amalga oshiriladi?
9. Sahnalashtirish faoliyatini tashkil etishda tarbiyachining vazifalari qanday?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: