Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


§ 12. Qo’girchoq raqqoslar va qo’girchoq marionetkalar



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə38/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
дарслик саҳналаштириш

§ 12. Qo’girchoq raqqoslar va qo’girchoq marionetkalar


Qo’g’irchoq-raqqoslar. Ular karton yoki plastikdan tayyorlanadi. Gavda, qo’l va oyoqchalar alohida qirqib olinadi. Keyin ular iplarda gavdaga tikib chiqiladi, shaklchaning ortida esa – mahkam sim boglanadi.
Bunday qo’g’irchoqlar uchun maxsus sahna kerak bo’ladi. Sahnaning ort devorchasida yupqa gorizontal tirqish bor. Devor kartondan qilinib, stolga knopkalar bilan qotiriladi. Yonbosh taraflarda – keng pardalar, ularning ortida shaklchalar qo’yiladi, tirqishga sim o’tkazilib, uning yordamida qog’irchoq sahnaga chiqariladi va raqsli harakatlar boshqariladi.


Qo’g’irchoq-marionetkalar. Marionetka qo’g’irchoq teatrida qo’g’irchoqlarning qo’l va oyoqlari leska, ingichka sim yoki arqon bilan bog’langan holda harakatlantiriladi va tomosha o’tkaziladi. Marionetka teatri qahramonlari ham turli materiallardan yasaladi. Detallarni yumshoq o’yinchoq tayyorlash qoidasi bo’yicha andozaga qarab tikish mumkin. Andoza matoga qo’yiladi, bo’r bilan chizib chiqiladi, bichiladi, qiyin bo’lmagan detallar tikiladi. Bunday qo’g’irchoqlar bir-biriga ko’ndalang qilib chalishtirilgan ikki iplar yordamida harakatga keltiriladi. - qo’g’irchoq iplar yordamida harakatga keltiradigan bir qo’g’irchoqqo’li, oyoqlari, torso va qo’g’irchoqning boshiga "xoch" deb ataladigan teshiklardan iplar bog’langan bo’lib, bu orqali qo’g’irchoq odamning harakatlarini amalga oshiradi.


§ 13. Qo’l qo’girchoqlari va katta qo’girchoqlar


Qo’l qo’g’irchoqlari.
Qo’l qo’g’irchoq teatrida qo’g’irchoqlar, ya’ni ertak qahramonlari qo’lga kiygizilgan bo’ladi. Qahramonlar shirma orqasida ko’rsatiladi.24
Ularning harakat uslubi shundaki, ular qo’lga kiyiladi. Ko’rsakich barmog’iga – qo’g’irchoqning boshchasi kiyiladi, bosh va o’rta barmoqlar qo’llar vazifasini bajaradi. Ular uchun detallar (karmoncha, fartukcha, belbog’cha) bilan bezatilgan ko’ylaklar tikiladi.
Boshchalarni matodan tayyorlash mumkin. Bosh uchun aylana qirqib olinadi, uning perimetri bo’ylab ipga yig’iladi, asta tortiladi, paxtaga to’ldiriladi va oxirigacha tortib qo’yiladi. Kichik sharcha ko’rinishidagi buruncha ham xuddi boshni qilgandek yasaladi; sochlar iplardan, turli matolardan tayyorlanadi.
harakatlanadi.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin