Katta qo’g’irchoqlar (bola balandligiga qarab) yapaloq yoki hajmli bo’ladi (ularni porolondan qilgan ma’qul). Bola bo’ynining orqasidan qo’g’irchoqning boshiga mahkamlangan tasmalar bog’lanadi, bel orqasidan (fartuk kabi) bog’langan tasmalar esa qo’g’irchoqning belbog’iga qotiriladi. Bola qo’g’irchoqning qo’llari va oyoqlariga tikilgan rezinkalarni kiyib, o’zining bilaklari va to’piqlariga mahkamlaydi.
Tayoqqa o’rnatiladigan katta qo’g’irchoqlar. Bosh asosiy tayoqga qotiriladi, qo’llar esa alohida tayoqchalar (yoki qalin simlar) yordamida harakatlantiriladi. Boshlari pap’e-mashedan, matodan qilinadi. Ko’ylaklar tasma, lenta, aplikatsiya bilan bezaladi. Ular ko’ylakka yopishtiriladi yoki tikib qo’yiladi.
Ijrochining oyoqlari ko’rinmasligi uchun sahna qo’yiladigan stol polgacha mato bilan yopiladi.
§ 14. Soya teatr.
Soya teatri - qo’g’irchoq teatrining o’ziga hos turlaridan hisoblanadi. Unda qo’g’irchoqlar emas balki shakllardan iborat o’yinchoqlar o’ynaydi. Tomosha qiluvchilar saxna ro’parasida o’tirib, ekranda yorug’lik orqali harakatlanayotgan soy alar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko’rishi mumkin.
Soyali qo’g’irchoq teatri 3xil bo’ladi:
Shaklli soya teatri;
Qo’l va barmoq soya teatri;
Jonli soya teatri;
Soya teatr uchun odam va hayvon soyalarini bolalarning o’zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllarni boshlari dumlarini qimirlatadigan qilishni o’rgatish kerak, buning uchun tarbiyachi yordamida detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib qo’yiladi.
Harakatlanuvchi qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. Bunday o’yinchoqlarni shablon yordamida yoki o’zlari o’ylab, siluet chizadilar. Bolalar detallarni qirqib olganlaridan so’ng figuraga ko’zini qilish kerakligi taklif etiladi. Tarbiyachi ko’z o’rnini o’tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki mo’yqalam tayoqchasi bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog’oz bilan ko’zini yelimlaydi. Bolalar yelimga qora bo’yoq aralashtirib ko’zini chizib qo’yishlari mumkin.
“Jonli” soyalarni o’z qo’llaringiz yordamida yaratishingiz mumkin. Bunda harakatlar ifodali va aniq bo’lishi kerak, ijrochilar bir-birini yopib qolmasligi lozim.
Teatrni ko’rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa shaffof matodan 2x1,5 metrli ramka tayyorlanadi. 100 voltli lampa kerak. Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichini qora rangga bo’yaladi. Lampa ekran markazining ro’parasidan joylashadi. Ekrandan lampagacha masofa ekran enining uzunligiga teng, bc masofasi x ga teng bo’lishi kerak. C nuqtadan to’g’ri planka (taxta) yordamida tepaga perpendikulyar tortishi, plankaning balandligi AB masofadan kam bo’lmasligi kerak. Uchburchak chizgich yordamida plankani c nuqtaga vertikal qo’yamiz, unda ab ga teng masofa qoldiramiz. Ekran markazi ro’parasidagi nuqta a1– lampa.
Ekran istalgan yarimshaffof material (mato,(chizma, rasmdan nusxa olishda ishlatiladigan shaffof qog’oz yoki gazlama)dan tayyorlanishi mumkin. Faneradan, kartondan qilingan ramkaga oddiy parda kabi tortiladi, uning orqasidan nur manbayi o’rnatiladi.
Proyeksion fonarlar (filmoskopning 12 voltli, avtomobil farasining 6 voltli)da qo’llaniladigan chiroqlar (100 Watt) yordamida soyalarni katta ekranda (2x1,5 m) ko’ramiz. Lampani fanera yoki tunukadan qilingan qutiga joylashtiriladi, qutining ichi qora bo’yoqqa bo’yaladi. 25
So’ngra har bir guruh yoshiga mos ravishda ertakni tanlab uning qahramonlarini kartonga tushiriladi.