§ 15. Niqoblar teatri va jonli qo’girchoqlar (dekoratsiyalar)
Niqoblar teatri
Niqoblar teatrida aktyor yuziga ertak qahramonining tasviri tushirilgan niqob kiyadi va sahnada ertak namoyish etiladi. Ijrochi boshining o’lchamlariga mos qilib niqob-shaklcha yoki niqob-kapyushon tayyorlanadi. Ularga mos detallar tikib qo’yiladi.
“Jonli” qo’g’irchoqlar («tanta-moreskalar»). «Jonli» qo’g’irchoqlarning boshlari haqiqiy, jonli bo’ladi, gavdasi, qo’l, oyoqlari esa – qo’g’irchoq. 60-90 smli ikkita yog’och ramkalar tayyorlanadi. Bitta ramka (sahnaning orqa devorchasi)ga qora mato tortiladi, paxta yoki yumaloqlangan qog’oz bilan to’ldirish mumkin bo’lgan kostyum tikib qo’yiladi. Kostyum ustidan (yoqa yonidan) ijrochi boshi uchun tor teshik teshiladi.
Yumshoq yog’ochdan ikki juft oyoqchalar va ikki juft qo’lchalar qirqib olinadi. Qo’lchalar yenglarga kirgiziladi. Har bir qo’lning ichki tomoniga bigiz tiqing, tiqqanda qora matoni ham teshib o’ting. Bigizni aylantiring – qo’g’irchoq qo’lini ko’taradi, oyoqlarning yuqori qismlarida ham shunday qiling – ular harakatga keladi. Ikkinchi ramkaga ikki yoqqa suriladigan parda mahkamlang.
Dekoratsiyalar.
Bolalar mustaqil tarzda yog’ochdan o’rindiqchalar, qog’oz qutilardan isitkich yoki kattaligi va shakli har xil bo’lgan qutilardan qasr uchun bloklar tayyorlashlari mumkin. Qog’ozni o’rab elimlab chiqishlari, qutilarning old tarafini esa applikatsiya bilan bezashlari mumkin: kichik hashamatli boloxona uchun yapaloq tomlar qilishlari, ularni qutilarga yo’pishtirish mumkin.
Stol teatri postanovkalarida dekoratsiyalarni tez-tez almashtirib turish kerak bo’ladi. Buning uchun ertakga mos dekoratsiyalarni karton bo’laklariga yelimlash, o’ziga xos kitob shaklida muqovalash kerak bo’ladi. Kitobni parda orqasiga tikka qo’yiladi va karton betlarini varoqlab dekoratsiyalarni bir onda o’zgartirish mumkin. Sahnaning bunday konstruksiyasida dekoratsiyalar ko’p tabaqali parda (shirma) ko’rinishida bo’lishi yoki kartonli aylanada joylashishi mumkin.
Bu aylana ingichka mix yoki nina to’g’nag’ich (bulavka)da aylanadi, dekoratsiyalarni o’zgartiradi va ularni harakatlanayotgan holda ko’rsatadi.
Dekoratsiyalarni tez almashtirish uchun ular kanselyariya nakolkasiga o’xshash vertushkaga qotiriladi, bu qalin sim bo’lib, u aylana derevyashkaga – asosga qoqilgan bo’ladi. Vertushka orqasida shaffof mato tortib qo’yiladigan ramkadan iborat parda (shirma) joylashadi. Bunday shaffof to’rli dekoratsiya orqali ijrochilar butun sahnani ko’rishlari va shaklchalarni ishonch bilan boshqarishlari mumkin.
Shuningdek, spektakl uchun musiqa va ovoz jo’rligi kerak.
Bolalar bilan teatr uchun qo’g’irchoqlarni yasash jarayonida, avvalambor, turli yosh guruhlariga tavsiya etiladigan xalq ertaklarida, asarlarda uchraydigan personajlarni yasash kerak. Qo’g’irchoqlarni bolalarning o’zlari yasashi va ularni o’ynashi – bolalarni sahnalashtirish faoliyatiga qiziqtiruvchi stimuldir, bu bilan bolalarning mustaqil ijodiy faoliyati yanada qiziqarli bo’ladi. Qo’g’irchoqlar bilan o’ynar ekan, bolalar o’zlarining ertaklarini yaratadilar, fantaziya qiladilar, ijod qiladilar. Ular uchun bu muloqot, o’zini ifoda etish, bilish va ijod maktabidir.
Dostları ilə paylaş: |