IV BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA QO’G’IRCHOQ TEATRI ERSONAJLARINI YASASH ORQALI BADIIY IJODIY QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH VA QO’G’IRCHOQYASASHUSULLARI
§ 11. Stol teatri va barmoq teatri ularning turlari..
Qo’g’irchoq teatrining 6 ta turi mavjud: Stol qo’g’irchoq teatri;
Barmoqli qo’g’irchoq teatri; Qo’l qo’g’irchoq teatri;
Niqoblar teatri;
Marionetka qo’g’irchoq teatri;
Soyali qo’g’irchoq teatri.
Stol qo’g’irchoq teatri 5 xil bo’ladi. Qog’ozdan yasaladi;
Kartondan yasaladi;
Taxtadan yasaladi;
Plastmassadan yasaladi.
Tosh shaklli stol teatri
Bu teatr stol ustida ko’rsatilib. Bu teatr turi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qulaydir.
Barmoqli qo’g’irchoq teatrida qo’g’irchoqlar barmoqlarga kiygizilib shirmada teatr ko’rsatiladi
O’yinchoqni o’z qo’llari bilan yasash bolalarda tasviriy ko’nikmalarni, qo’l mehnati, ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Stol teatri uchun o’yinchoqlarni qog’ozdan, kartondan, qog’oz qutidan, sim, tabiiy mato va boshqa narsalardan tayyorlash mumkin.
Yapaloq o’yinchoqlar . Bunda personajlar yupqa kartonga chizilib, qirqib olinadi, rasm kartonga qo’yib, ikkinchi qismi qirqiladi. Ikkala qismining o’rtasiga ingichka tayoqcha yoki qog’ozli naycha tiqilib (yelim surtilgan), qismlar yelimlanadi. Shakllar teshikli plastmassa probkalarga o’rnatiladi. Shakllardan stol teatri sahnalashtirishda foydalaniladi
Konus yoki silindrdan yasalgan o’yinchoqlar. Sirkul yoki trafaret yordamida turli diametrli doiralar qirqib olinadi, ularni ikkiga buklanadi, buklangan chiziq bo’ylab qirqiladi, yarimdoiralardan esa yelimlab konus yasaladi, unga ertak qahramonlarining rasmlari yopishtiriladi. Bezatish uchun applikatsiyadan, qog’oz, mato, tor (krujava), tasma, iplar, tugmalar, mayda munchoq lardan foydalangan ma’qul, ular buyumga tikib yoki yopishtirib qo’yiladi. Qog’oz, yupqa matolarni yopishtirish yoki ulardan nimadir yelimlab yasash uchun kraxmal kleydan foydalanish qulay. Karton, tugmalar, businalar, tasma esa (PVA) yelimda yaxshi yopishadi.23
Magnitli teatr. Bolalar tomonidan qog’ozli konuslar, silindrlar, porolondan yasalgan o’yinchoqlarni magnitli teatrga ham moslashtirish mumkin. Konus va silindrlarning tag qismlariga metal bo’laklari mahkamlanadi. Metal bo’laklarini g’altak teshiklariga joylashtirish ham mumkin. Keyin taglik (podstavka) yasaladi.
Taglik ostida magnit harakatlanishi uchun yupqa fanerga mato bo’lagi yopishtiriladi. Taglik yonma-yon qo’yilgan ikkita stolning chetlariga o’rnatiladi.
Barmoq teatri. Personajlar barmoqlar uchun teshiklar hosil qilingan qog’oz yoki matodan yasalib, barmoqlarga kiyiladi. Shaklchalar yoki faqat boshchalar chiziladi, kartonli xalqachalarga yopishtiriladi va barmoqlarga kiyiladi. Matolar choki “igna oldinga” uslubi bilan ustki tarafidan tikiladi, yoki detallarni orqa (astar) tarafidan tikilib, yuz tarafiga ag’dariladi. Qahramonlarni tugma, junli ip, tasma, tor krujavadan foydalanib bezatish mumkin.