Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik
«K» harfiga so’zlar Ekrandagi voqealar haqida so’zlovchi san’at turi? Barglari yo’q- shitirlaydi, ko’ylak emas- tikilgan, оdam emas- hikoya qiladi. Musiqa, vokal va raqs tomoshalarining sahnada ijro etilishi Hajviy asar. Javoblar: 1. Kino. 2. Kitob. 3. Kоnsert 4. Kоmediya
«А» harfiga so’zlar Spektakl haqida e’lon. Ijrochi sifatida sahnaga chiquvchi odam. Spektakl harakatlari o’rtasidagi tanaffus. Ijodiy mehnat mahsuli. Javoblar: 1. Аfisha. 2.Аrtist. 3. Аntrakt. 4.Аsar.
Теаtrga oid kasblar 1. Теatr postanovkasi uchun pyesalarni kim yozadi? 2. Аrtistning pardozi bilan shugullanuvchi teatr ishchisi? 3. Spektaklga kim musiqa bastalaydi? 4. Spektakl sahnalashtirishning bosh rahbari? 5. Тоmosha vaqtida aktyorlarga so’zlarni aytib beruvchi tеаtr ishchisi? 6. Теatrda birga ishlaydigan sahnadosh? Javoblar: 1.Dramaturg. 2.Grimyor. 3.Bastakor. 4.Rejissyor. 5.Suflyor. 6. Аktyor.
BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O’RGATISH FANI BO’YICHA IZOHLI LUG’AT1. An’ana- oʻtmishdan kelajakka meros qoladigan, avloddan avlodga oʻtadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon boʻladigan moddiy va maʼnaviy qadriyat. Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy an’an’analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Anʼanalar yoshlarni tarbiyalash, ularni keksa avlod tajribalariga oʻrgatish vositasi hamdir. Har bir davrning oʻz Anʼana lari boʻlib, vaqt oʻtishi b-n oʻzgarib, mazmunan boyib boradi, baʼzilari yoʻqoladi, yangilari vujudga keladi 2. Atribut (lot. atributum – baxsh etaman) – obyektning zarur, muhim, xos xususiyati (mas, falsafada materiya A. i – harakat). 3. Arusak – (eski o’zbek tili xalq qo’girchoq teatrida muomalada bo’lgan so’z) qo’girchoq o’yinchoq. 4. Aktyor-(lot. actor — ijrochi) — drama, opera, balet, qo’girchoq teatri, estrada, sirk, kino,radio va televideniyda roller ijrochisi. U o’z tanasi, ovozi, aqli, his tuygulari, qobiliyati vositasida jonli badiiy obraz yaratadi. 5,. Grim (frans. grime, ital. grumo — ajinli) — 1) aktyorlik sanʼatida qiyofa (asosan yuz)ni ijro etiladigan rolga moslab (maxsus boʻyoq bilan boʻyab, sunʼiy soch-soqol yopishtirib, sochni rolga moslab tarash va sh.k.) oʻzgartirish sanʼati. Obraz yaratishda muhim vositalardan biri. 6. Dekoratsiya (lot. decoro — bezayman) — teatrda sahnani, kinoda film suratga olinadigan joy — maydon, pavilonni spektakl, film mazmuniga moslab bezash. D. yaratishda rassomlik, haykaltaroshlik, meʼmorlik, vo-qelik joyini loyihalash sanʼati, yoritish va b. vositalardan foydalaniladi. 7. Dramaturgiya (yun. dramaturgia) — 1) muayyan sanʼatkor, davr va xalqqa mansub dramatik asarlar majmui. Mas, Hamza, Fitrat D.si, antik davr D.si, Uygʻonish davri D.si, ingliz D.si, oʻzbek D.si va b.; 2) kino va spektaklning obrazli talqini konsepsiyasi. 8. Drama (yun. drama — harakat) — 1) badiiy adabiyotning 3 asosiy turidan biri (epos, lirika bilan bir qatorda). Drama teatrga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga boʻlinishi, bayonning yoʻqligi, personajlar munosabatlarining oʻzaro soʻzlashuvga asoslanishi D.ning oʻziga xos xususiyatidir 9. Janr (fransuzcha genre — „koʻrinish“) — shakliy va tarkibiy xususiyatlar majmui bilan tavsiflanuvchi asar turi. Sanʼat asarlarining Janr guruxlariga boʻlinishi turli (tanlangan mavzu, badiiy-gʻoyaviy mazmun, shakl jihatlari va boshqa) mezonlarga tayanib amalga oshiriladi; har bir sanʼat turida Janr tasnifi oʻziga xos tizimni tashkil etadi. 10. Jamol – (eski o’zbek-tili halq qo’girchoq teatrida muomalada bo’lgan so’z). so’zi bir tomondan tomoshaning kunduzi yoruglikda ko’rsatilishiga, ikkinchi tomondan hayol emas,balki kundalik hayoldan olinganligiga ishora qiladi. 11.Ijod — insonning yangi moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajri-basi, isteʼdodi namoyon boʻladi. 12. Improvizasiya-(lot. improvisus — kutilmagan , behosdan) —she’r, musiqa va boshqalarni oldindan tayorgarliksiz, ijro davomida ijod etish;aktyor o’yinida bexosdan paydo bo’ladigan ilhom, ijodiy fantaziya, ruhiy ko’tarinkilik, fikr, so’z, ohang va tasvirning erkinligi. Aktyor o’yinidagi Improvizasiya ijro etilayotgan rolni jonlantiradi, unga yangi ma’no beradi. 13. Integrasiya-(lot. integratio — tiklash, to’ldirish, integer —butun so’zidan) — pedagogik jarayonni funksiyalarining o’zaro bogliqlik holatini ifodalaydigan tushuncha. 14. Kasabayi sozanda – (eski o’zbek-tili halq qo’girchoq teatrida muomalada bo’lgan so’z). halq san’atchilari qo’girchoqbozlarning professional uyushmasi. 15. Koordinatsiya (lot. so — hamkorlik va ordinato — tartibga solish) – odamlar yoki guruhlarning maqsadli va samarali ishlashini tashkillashtirish jarayoni. 16. Korfarmon – (eski o’zbek tili xalq qo’girchoq teatrida muomalada bo’lgan so’z). masxarabozlar to’dasining boshligi, rejissyor, qo’girchoq teatrida tomoshabinlarga ko’ringan holda o’yinni boshqarib boruvchi usta. 17. Lubat – (eski o’zbek-tili halq qo’girchoq teatrida muomalada bo’lgan so’z). qo’girchoq. 18. Lubatboz – (eski o’zbek-tili halq qo’girchoq teatrida muomalada bo’lgan so’z). qo’girchoqchi, qo’girchoqboz 19. Marionetka (frans. mariannette) — 1) qoʻgʻirchoqboz iplar yordamida harakatga keltiradigan qoʻgʻirchoq teatrining turli koʻrinishlari. 20. Mimika (yun. — takdid) — yuz mushaklarining ifodali harakati. Insonning maʼyuslik, xursandlik, gʻazab, xafalik kabi hissiyotlarini ifodalaydi. M. oddiy kishilarda tabiiy tarzda roʻy beradi. Teatr sanʼatida esa aktyorlarning doimiy mashklari asosida yuzaga keladi. 21. Mizanssena- spektaklning ayrim paytlarida dekorasiya va aktyorlarning joylashishi 22. Мuzey (yunoncha “musion” – “muzalar”ga, ya’ni ilhom manbai, ilhom parisiga ba’g’ishlangan joy) – tarixiy-moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to’plash, saqlash va o’rganish, targ’ib qilish ishlari bilan shug’ullanuvchi muassasa. 23. Obraz, badiiy obraz— voqelikni faqat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib xarakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham obraz deb yuritiladi. 24. Personaj (lot. persona — shaxs) — sanʼat va badiiy adabiyotda muallif tomonidan tasvir etilgan shaxs. P.lar asar voqealarida qatnashuvi, tasvirlanishi va umumlashtirilishi darajasiga koʻra asosiy P.lar, yordamchi P.lar, epizodik P.larga boʻlinadi. 25. Pyesa (frans. piece) — 1) teatr (shuningdek, radio va televideniye)da qoʻyish uchun moʻljallangan dramatik asar (qarang Drama). Yüklə 5,25 Mb. Dostları ilə paylaş: |