Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/6
tarix04.02.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#52118
1   2   3   4   5   6
Tillayev Abbos kurs ishi

9-sinfo‘quvdasturi:68 soat, xaftasiga2 soatdan ajratilgandir. Molekulyar fizika - fizikani turli agregat holatlardagi jismlarni xossalarini‚ ularning molekulyar tuzilishlari asosida qarab chiqadigan bo`limdir. Molekulyar fizikani o`rganish‚ tabiatshunoslik fanlari fanlari nuqtai nazaridan olamni bugungi tasviriga bo`lgan ilmiy qarashlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Mexanikani o`rgangandan keyin molekulyar fizikani o`rganishga o`tish‚ o`quvchilarni ilmiy dunyoqarashini shakllanishida butunlay yangi bosqichdir. Mexanik hususiyatlardan farqli o`laroq‚ issiqlik hodisalaridagi yangi hususiyatlari 2 omil‚ ya`ni moddani uzlukli tuzilishi hamda‚ o`zaro tasirlashuvchi‚ zarralar atom‚ molekula‚ ionlar sonining kattaligi bilan izohlanadi.

Shu sababli‚ issiqlik hodisalarini tushuntirish uchun mexanikada ko`rilmagan yangi temperatura ‚ molekulalarning o`rtacha kvadratik tezligi‚ ideal gaz‚ gazni hajmi va bosimi‚ ichki energiyasi‚ issiqliqlik muvozanati‚ issiqlik jarayonlarini‚ yo`nalganligi hamda termodinamikaning qonunlari o`rganiladi. Molekulyar fizikani o`rganishdagi yangi bosqich 3 asosiy hususiyati bilan xarakterlanadi:

- qat`iy mantiqiy bog`liqlikda berilgan yanada kengroq ilmiy tushuncha va hodisalar qamrab olinganligi;

- ularning molekulyar hususiyatlarini miqdoriy tavsiflanishi;

- termodinamik hamda statistik metodlar kabi ilmiy bilish metodlarining izohlanishi va qo`llanilishi.

Maktab fizika kursini bo`limi sifatida molekulyar fizika va issiqlik hodisalari jismlarni mexanik va issiqlik hususiyatlarini‚ shuningdek moddalarning tuzilishi hamda zarralarni o`zaro ta‘sirlashuvlariga bog`liq ravishda ularni agregat o`tishlarini o`rganadi. Bunda makroskopik moddiy sestema parametrlari P,V,T‚ sirt tarangligi va boshqalar bilan zarrachalar parametrlari harakat tezligi‚ konsentratsiyasi‚ o`zaro ta`sir qiluvchi kuchlar va boshqalar aniqlanadi. Bunday o`rganishdan so`ng makrohodisalar va jarayonlar molekulyar kinetik nuqtai nazardan izohlanadi. Natijada‚ fizik metodlarni mikroolamni o`rganishdagi qudrati namoyon bo`ladi‚ mikroolamni o`rganish‚ moddalarni ichiga kirib borish imkoniyatlarini aniqlaydi.

I-bob. FIZIKA O’QITISHDA INNOVATSION USULLAR

1.1-§ Fizika o`qitish usullari.

O`qitish metodlari nima? O`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi va o`zaro bog`langan ishlarida foydalaniladigan o`qitish maqsadlariga erishish uchun yo`naltirilgan faoliyat usullariga o`qitish metodlari deb atalaladi. Fizika darslarida turli ko`rinishdagi o`qitish metodlari: hikoya, tushintirish, leksiya, o`quvchilar bilan turli suxbatlar, o`qituvchi tajribalarni demonstratsiya qilish, hikoya yoki leksiyani ishlaydigan va sitatik modullar, plakatlar, rasmlar, diyopazitsiyalar va hokozalar bilan ko`rsatish teleeshittirish, magnetofonda tovush yozish va video ovoz, o`quv kino filimlari, o`quvchilarning darslik, labaratoriya tajribalarini bajarish, jonli tabiat atrof tabiatda kuzatish o`tkazish, masalalar yechish, tarqatma va bosma didaktik materiallar bilan ishlash, o`quvchilardan induidal va frantal so`rash, yozma mustaqil va konturol ishlar, bilimlarni pragramali va boshqalardan foydalaniladi.

O`qitish metodlarining har biri usullar sistemasi orqali amalga oshiriladi. O`qitish usuli- o`qitish metodining tarkibiy qismi, uning bo`lagidir. Masalan muommoli suxbat:

a) muomoli vaziyatni vujudga keltiradigan turli usullardan (muommoli tajribani demonstratsiya qilish natijasida o‘quvchilarda bor bo‘lgan bilimlarga qarama qarshi bo‘lgan topshiriqni bajarish suhbat davomida hayotiy tajribani ilmiy bilimlarga qarama-qarshiligini aniqlash va boshqalar);

b) muommoli vaziyatda hosil bo‘lgan qarama-qarshiliklarning sababi haqida o‘quvchilar aytgan gipotezzalar (taxminlar) yo‘lida ularni fikriy faoliyatga yo‘naltiruvchi turli usullardan (zarur bilimlarni aktuallashtirish usuli, o‘xshatish usuli va boshqalar.);

d) suhbat davomida o‘quvchilar aytgan giqotezalarni tekshirishning turli usullaridan (gipotezani asossiy nazariy komsepsiyaga mos kelishini tekshirish, gipotezani tajribada tekshirish) foydalanishni taxmin qiladi. Xuddi shuningdek, o‘quvchilarning labaratoriya ishini bajarishlari ularning bu ishini bajarishga turli usulda tayorgarlik ko‘rganliklaridan, labaratoriya ishini bajarish jarayonida o‘quvchilarning eksperimintal malakalarining shakillanganligining va ular bajargan amaliy harakat hamda o‘lchashlarning to‘g‘riligini turli usulda tekshirishdan foydalanishni taxmin qiladi. Masalan, o‘quvchilarni labaratoriya ishini bajarishga tayorlash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin. 1)o‘quvchilar nazariy materialni takrorlaydilar va labaratori ishining tafsilotini darslikdan o‘rganadilar. Bunda ular darsda bajarishlari lozim bo‘lgan o‘lchash va boshqa amaliy ishlarning ketma ketligini tushunishga hamda o‘zlashtirib olishga harakat qiladilar. Shundan keyin ular daftarga darsning mavzusini, kerakli jixozlarni ulchash natijalarning jadvalini va boshqalarni yozib oladilar;

2)o‘quvchilar nazariy materialini takrorlaydilar va -labaratoriya‖ mazmunidagi teksli masalani yechadilar (yani asosan ishning bajarilish tartibi tasniflanadi, ―tajriba‖ natijalari keltiriladi va kerakli katalikni hisoblashni bajarish ko‘zda tutiladi). Shular asosida ular yaqinda bo‘ladigan labaratoriya ishida o‘tkaziladigan o‘lchash ishlarining planini tuzadilar;

3) o‘quvchalar nazariy materialini takrorlaydilar va o‘zlarining labaratoriya ishlarini bajarish tajribalariga hamda shunda olgan bilim va qobilyatlariga tayanib, bo‘lajak tajribaning mumkin bo‘lgan bajarilish yo‘lining planini tuzishga harakat qiladilar.

Bu qiyin vazifaning bajarilishini yengillashtirish uchun o‘qituvchi (yordam sifatida) ishda foydalanishi lozim bo‘lgan asboblarni aytib berish mumkin. Vazifani murakkablashtirish uchun (kuchli o‘quvchilar guruhi bilan ishlashda) o‘qituvchi yuqori sinf o‘qivchilariga o‘lchashning tanlangan metodida natija hatoligini hisoblashni va hatolikni kamaytrishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini o‘ylab ko‘rishni, asboblarni faqat vazifasiga qarab emas, shu bilan birga ularning aniqlik sinfiga ham qarab tanlashni taklif qilishi mumkin.

Shunday qilib o‘qitishning har bir metodi unda foydalanilgan turli- tuman usullar va ularni o‘zaro bog‘lash orqali tavsiflanishi hamda olib berilishi mumkin. O‘qitish metodlarini takomillashtirish ish ko‘nikmasida faqat yangi metodlarni joriy etish va qo‘lash orqali bormay, balki o‘qitish usularini takomillashtirish yo‘li bilan ham boradi.

O‘qitish metodlarini taxlil qilish va tavsivlash qulay bo‘lish uchun ularni klassifikatsiyalaydilar. Metodlarni ayrim guruhlarga bo‘lishga nima asos qilib olinganiga qarab, o‘qitish metodlarini turlicha klassifikatsiyalash mumkin.

Didaktikada malumotni o‘qituvchidan o‘quvchilarga berish usuli bo‘yicha metodlarni klassifikatsiyalash keng qo‘laniladi bu asos bo‘yicha o‘qitish metodlarini og‘zakiga, bu o‘zida materialni o‘qituvchi bayon qilishni ham, (hikoya, suhbat, tushuntirish, maruza) shuningdek, kitob bilan ishlashni ham ifodalaydi, ko‘rgazmalilikka (tajribalarni demonstratsiya qilish, ishlaydigan va statik modellar, plakatlar, rasmlar va kino filmlar va boshqalar.) va amaliyga (labaratoriya tajribalarini bajarish, masala yechish va boshqalar.) bo‘linadi.

Maktab hal etishi lozim bo`lgan muhim masalalardan biri o`quvchilarning fan asoslarini mustaxkam o`zlashtirishlarini ta`minlash, ularni to`g`ri, ilmiy dunyo qarashini tarbiyalash, ijodiy bilish qobilyatlarini o`stirish, o`qitishni hayot bilan bog`lanishini taminlash, o`quvchilarning mexnat, ahloq va estetik tarbiyalashni yahshilash hisoblanadi. Bu masalalarini hal etish darajasi maktabning hamma o`quv va tarbiya ishlarini tashkil etishiga bog`liq. Ammo bu ishlarning natijalari sifatida asosiy ro`lni dars, hususan, unda foydalaniladigan o`qitish metodlari o`ynaydi.

Faqatgina ishonch va o‘zaro hurmat muhiti har bir o‘quvchiga samimiy bo‘lish, o‘z fikrlarini bemalol bayon etish hamda begona nuqtai nazarni egallash – o‘rganishga imkon beradi.

O‘quvchilar turli darajalarda muloqot qilish ehtiyojiga egalar va o‘qituvchi (ta‘lim beruvchi)ning vazifasi ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun muhit yaratishdan iboratdir. Ayrim o‘quvchilarda bir-biri bilan, boshqalarida o‘qituvchi bilan, uchinchilarida esa – o‘quv materiali bilan muloqot qilishga kuchli ehtiyoj tug‘iladi.

Har bir o‘quvchi e‘tirof va hurmatga nisbatan tabiiy ehtiyojga ega.

O‘qituvchining mas‘uliyati – o‘quvchilar bir-birini kamsitadigan, uyaltiradigan emas, balki bir-birining gapiga quloq soladigan, boshqalarning fikrini o‘rganadigan va shu bilan boshqalarga hurmatini bildiradigan muhitni yaratishdan iboratdir.

O‘qituvchi har bir o‘quvchining dars davomida birgalikdagi ishga qo‘shgan hissasini ta‘kidlab o‘tishi uchun imkon topishga harakat qilishi lozim.

Insonda bir nima qilish va yaxshiroq natijalarga erishish bo‘yicha tabiiy ehtiyoj mavjud. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar aniq topshiriqni bajarayotganlarida yaxshiroq natijaga erishishni hohlaydilar. Mashg‘ulot jarayonida uning natijasi ular bajarayotgan topshiriqning mukammal bo‘lishiga qanday qilib yordam berishi mumkinligini bilmoqchi bo‘ladilar. Bunday ehtiyojlarning o‘sib boruvchi chizig‘i mavjud, ya‘ni avval past darajadagi keyin

esa yuqori darajadagi ehtiyojlar.

Ta‘lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning intellektual faolligini oshirish bugungi kunda pedagogikaning bosh vazifasi hisoblanadi. Intellektual faollikni oshirishda interaktiv usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu esa ta‘lim jarayonida yangiliklarni joriy etishni talab etadi.

Interaktiv usullar – (Interaction – inglizcha inter-o‘zaro, aktiv-harakat ma‘nosini anglatadigan so‘zlardan iborat) o‘zaro harakat, yoki hamkorlik asosida harakatni bildiradi.

Interaktiv usullarning bir qancha turi mavjud:




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin