Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə3/6
tarix04.02.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#52118
1   2   3   4   5   6
Tillayev Abbos kurs ishi

1.Kichik guruhlarda ishlash. Kichik guruhlarda ishlash asosan alohida masalalar yuzasidan o‘z fikrini ishlab chiqqan holda uni guruhda muhokama qilishga va har xil fikrlar asosida mushtarak nuqtai nazarga kelishga o‘rgatadi.

2.Aqliy hujum. Sinfdagi har bir o‘quvchiga o‘qituvchi qo‘ygan savol yoki muammo yo‘zasidan o‘z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o‘quv usuli. Usul moxiyati «bir kalla —yaxshi, yigirma beshtasi undan yaxshi» prinsipi bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yo‘zasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantini bir yerga jamlay olishda bo‘lib, istisno tariqasida bilim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan, to‘g‘ri bo‘lgan javob o‘rganiladi.

3. Har kim har kimga o’rgatadi. Har kim har kimga o‘rgatadi‖ usuli o‘quvchilarga o‘rgatuvchiga aylanish, ma‘lum bilimlarni o‘zlashtirgach, o‘rtoqlari bilan baham ko‘rish imkonini beruvchi o‘qitish usulidir.

4. Modifikatsiyalangan ma’ruza. Bu o‘qitish usulida o‘qituvchi mavzu mazmunini og‘zaki nutq orqali o‘quvchilarga yetkazadi. Ammo an‘anaviy ma‘ruzadan farqli o‘laroq, o‘qituvchi va o‘quvchi orasida faol muloqot bo‘ladi.

5. Bingo. Bu so‘rash va takrorlash usullaridan biri bo‘lib, o‘quvchilar diqqatini, tafakkurini, bilimdonligini aniqlaydi.

6. Klaster (Tarmoqlar usuli). Bu fikrlarning tarmoqlanishi, ya‘ni pedagogik strategiya bo‘lib, u biror mavzuni chuqur o‘rganishga yordam beradi, mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda, o‘zviy ketma-ketlikda tarmoqlashga o‘rgatadi. Bu usul mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni yaxshi o‘zlashtirish, mustahkamlash, umumlashtirish hamda shu mavzu bo‘yicha o‘quvchilar tasavvurini chizma shaklida ifodalashga undaydi.

7. Fikrlay olasanmi? Bunda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirish maqsadida qiziqarli fizikaviy o‘yin o‘tkaziladi.

1.2-FIZIKAO‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.


Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik va axborot texnologiyalar)dan foydalanib, ta‘limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonoviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talaba (o‘quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, taxlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga qaratilgan.O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchanlik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi.Bu o‘quv jarayonida talaba (yoki o‘quvchi) asosiy figuraga aylanadi.

Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? degan savolga javob qidirar ekanmiz. Bu esa, olim va amaliyotchilar tamonidan ishlab chiqilgan, o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish, ya‘ni o‘qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga har bir o‘qituvchi urinib ko‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi.Bunday fikrning tug‘ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi.Bugungi kunda ta‘lim muassalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida etibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilardir:

-Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta‘limni amalga oshirish inkoniyati kengligida. Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun va kadrlar tayorlash milliy dasturi‖da rivojlantirishi ta‘limni amalgam oshirish masalasiga alohida e‘tibor qaratilgan.

-Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.

-Uchinchidan, pedagogik texnologya o‘qituvchini ta‘lim-tarbiya jarayoniningmaqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tizish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyixalashtirib olishga undaydi.

-To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi kadrlar tayorlash milliy dasturi‖ talablarini amalgam oshirishni ta‘minlaydi.

O‘quv- tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishga olib keladi.Bu esa talaba(yoki o‘quvchi)dan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.

Har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talaba (o‘quvchi)ni kim o‘qitayotganini va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganligiga bog‘liq.

Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muamolariga o‘z munosabatlarni bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarini asoslashga imkoniyat yaratadi.Hozirda davrda sodir bo‘layotgan innovasion jarayonlarda ta‘lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarni o‘zlari tamonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.Shuning uchun ham, ta‘lim muassasalarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonoviy o‘qitish uslublari –interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.Pedagogik texnologiya va ularning ta‘limda qo‘llanilishiga oid bilimlar, tajriba talaba(o‘quvchi)larni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishini ta‘minlaydi.

Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi) faoliyatiga yangilik, o‘zgarish kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.

Interfaol (inter bu o‘zaro, act – harakat qilmoq) – o‘zaro harakat qilmoq, yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bolib, unda ta‘lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan vao‘ylayotga narsalarni tushinish va fikrlarsh imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qismantalaba (yoki o‘quvchi) larning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi.Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talaba (o‘quvchi)larning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalgam oshiriladi.Bunday pedagogik jarayoni o‘ziga xos xususiyatga ega ularga:

-talaba (yoki o‘quvchi)ning dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;

-talaba (yoki o‘quvchi)larning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta‘minlashi;

-talaba (yoki o‘quvchi)larning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirilishi;

-pedagog va -talaba (yoki o‘quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.

Pedagogik texnologiya masalalarni va muamolarini o‘rganayotgan ba‘zi o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya – faqat axborot texnologiyalari bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayoniga qo‘llanilishi zarur bo‘lgan o‘qitishning texnik vositalari kompyuter, proektor yoki boshqa texnik vositalar. Bizning fikrimizcha pedagogiktexnologiyaning eng asosiy negizi o‘qituvchi va talaba( yoki o‘quvchi)ning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bogliq. O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatgan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta‘lim texnologiyasi o‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi) o‘rtasida hamkorlikda faoliyatini tashkil qila olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida talaba ( yoki o‘quvchi)ning mustaqil fikrlab, ijobiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruxga, gurux esa ularga baho bera olsa, bizning fikrimizcha, ana shu- o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi.Har bir dars, mavzu, o‘quv predmatining o‘ziga xos bo‘lgan texnologiyasi bor. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u talaba ( yoki o‘quvchi)ning ehtiyozidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi)ning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo‘ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya‘ni texnologiyaga bog‘liq.

O‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi)ning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga qaratilgan bo‘lib, bunda talaba (yoki o‘quvchi)larning bilim saviyasi, gurux xarakteri, sharoitiga qarab ishlatadigan texnologiya tanlanadi.Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi , tirli adabiyotlar) kerak bo‘lar.Bularning hammasi o‘qituvchi va talaba ( yoki o‘quvchi) larga bog‘liq.

Ta‘lim- tarbiya jarayonilarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda o‘mish ollamolarimizning g‘oya va qarashlaridan foydalanish talaba (o‘quvchi)larni o‘qitish va tarbiyalashni yanada samarali bo‘lishini ta‘minlaydi.

O‘qituvchi o‘qitayotgan fanining har bir mavzusi, har bir mavzusi, har bir dars mashg‘uloti bo‘yicha tuzgan texnologik xaritasi, unga fanni yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishiga, yaxlit o‘quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erishaladigan natijasini ko‘ra olishiga yordam beradi.Ayniqsa, texnologik xaritaning talaba (o‘quvchi)larning inkoniyati va extiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta‘limning markaziga olib chiqishga va bu bilan o‘qitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat beradi.

Ta‘limning innovatsionligini tavsiflovchi boshqa muhim omil innovatsion dinamikadir. Bu, jarayonning bosqichlarini, boshlang‘ich ilmiy bilimlarni natijalovchi mahsulotga aylantirish metod va usullarini ifodalaydi.Ta‘limning innovatsionligi nafaqat uning didaktik tuzilishiga, balki ijtimoiy muhim natijalarga o‘qituvchining psixologik siymosiga ham tegishlidir.O‘qituvchining innovatsion faoliyati borliqni o‘zgartirishga,muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularni hal etish usullariga qaratilgan. O‘qituvchi bilan talabaning yangicha munosabatlarida majburlash va buyruqlariga bo‘ysundirish bo‘lmasligi, balki teng hamkorlik va birgalikda ishlash tuyg‘u-xislari bo‘lishi lozim.

O‘qituvchining innovatsion faoliyati quyidagi asosiy vazifalari bilan tavsiflanadi:

- kasbiy faoliyatni iroda bilan tizimli tahlil etish; normativlar van qoidalarga tanqidiy munosabatda bo‘lish;

-kasbiy yangiliklarga ochiqligi;

-atrof borliqqa ijodiy qayta qurish munosabatida bo‘lish; o‘zini ifodalashga, o‘zining niyat va g‘oyalarini kasbiy faoliyatida mujassamlantirishga intilish.

O‘qituvchining innovatsion faoliyatiga yangilikni tahlil qilish va baholash, kelgusidagi harakatlarining maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, bu rejani amalga oshirish va uni to‘g‘rilash, samarasini baholash kiradi.O‘qituvchi innovatsion faoliyatining samaradorligi quyidagi shartlarga bog‘liq:



  • o‘qituvchining talabalar bilan konstruktiv muloqatga tayyorligi;

  • talabalarning qarshi fikrlariga beg‘araz munosabatda bo‘lish;

  • kasbiy refleksiyaga qobiliyati;

  • innovatsion faoliyatga zaruriyatni sezish, idrok etish;

-shaxsiy maqsadlarning innovatsion faoliyat bilan muvofiqlashtirilganligi (uyg‘unlashtirilganligi);

- ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga tayyorligi.

O‘qitishning innovatsion texnologiyalariga shartli «Fikrlarni ulashish vaqti» va «Fikrlarni yig‘ish vaqti», deb ataluvchi texnologiya kiradi. Bu umumlashtirilgan texnologiya bo‘lib, unga muammoli o‘qitish texnologiyalari,o‘qitishning kreativ texnologiyalari, loyihalar metodlarini qo‘llanib,o‘qitish-texnologiyalarining elementlari kiradi.«Fikrlarni ulashish vaqti» bosqichida avval yechish zarur bo‘lgan muammoli vaziyat, masala yoki savol qo‘yiladi. Bu tanqidiy fikrlash asoslariga muvofiq chaqiriq bo‘ladi. Bu bosqichda:


  • muammoli vaziyat, masala yoki savolning dolzarbligi belgilanadi;

  • o‘rganishga qiziqish uyg‘otiladi (kasbiy asoslash); buning natijasida o‘qish maqsadi talabaning shaxsiy maqsadi bo‘lib qolishi lozim;

  • faol fikrlash faoliyati rivojlantiriladi.

Keyin talabalar o‘qituvchidan va boshqa manbalardan muammo, masala yoki savolni yechish uchun zarur bo‘lgan o‘quv axborotini oladi. Bu – axborotni idrok etish bosqichi bo‘ladi. Keys usuli asosidagi o’quv mashg’ulotlarida o’quvchilar faoliyatini turli shakllarda tashkil qilish imkoniyati mavjud. Masalan, taklif etilayotgan vaziyat sahnalashtirilishi hamda "Aqliy hujum", bahs-munozara, ilmiy bahslashuv metodlari orqali muhokama qilinishi mumkin.

Keyslarning bir nechta turi mavjud.

1.Amaliy keyslar. Bunday vaziyat yoki hodisa real aks etadi. Uning asosinitarixiymanba, realxujjat, statistik ma‘lumotlar tashkilqiladi. Bu turdagi keyslarning maqsadi tarixdagi real hodisani, ekologik yoki texnologik muammoni hal etish yo’llarini modellashtirish, olingan bilimdan hayotda foydalanish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat.

2.Ta‘limiy keyslarning vazifasi ta‘lim berish bo’lib, asosini o’quv vaziyatlar tashkil etadi. Bu keyslarni bajarish jarayonida shakllangan ko’nikmalar malakaga aylanadi.

3.Ilmiy keyslar o’quvchini tadqiqotga yo’naltirish maqsadida ishlab chiqiladi.

Keys texnologiyasini tashkil etishda o’qituvchining faoliyati ikki bosqichdan iborat bo’ladi:

Birinchi bosqich — keysni va uning tahlili uchun savollarni ishlab chiqish uchun o’qituvchining ijodiy ishi. Bu bosqich o’quv mashg’ulotidan oldin amalga oshiriladi va pedagogning ilmiy-tadqiqot, metodi va konstruktiv faoliyatini qamrab oladi.

Ikkinchibosqich—o’qituvchining auditoriyadagi faoliyati. Bunga o’qituvchining kirish so’zi, xulosasi, kichik guruhlarda ishni tashkil etishi, baxs-munozarani boshqarishi, vaziyat tahlili bo’yicha o’quvchilar faoliyatini baholashi kiradi.

O’tiladigan mavzudagi muhim so’zlar bilan nomlansa, juda ham maqsadga muvofiq bo’lar edi.

1.3- FIZIKA DARSLARIDAN MUAMMOLI O’QITISHNI AMALGA OSHIRISH METODIKASI.

Ma’lumki insonning har tomonlama kamol topishida maktabning roli kattadir. Ijtimoiy xayotimizdagi ulkan o‘zgarishlar maktabimiz ishini qayta ko‘rib chiqish hamda ta’lim -tarbiya ishlarini davir talabiga muvofiq holda tashkil etish zaruriyatini ko‘rsatdi. O‘qitish sifati va samaradorligini tubdan yaxshilash, uni hayot bilan uzviy bog‘lab olib borish,o‘quvchilarni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash, o‘qitish jarayonida milliy qadryatlarimizni qayta tiklash yo‘li bilan o‘quvchilarning vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, tariximiz va milliy urf odatimizni o‘rgatish yo‘li bilan ularga axloqiy tarbiya elementlarini singdirib borish zamonaviy maktabning asosiy vazifasidir. Binobarin,zamonaviy maktablar yuzaga kelar ekan, unda olib borilayotgan darslar ham zamonaviy bo‘lishi kerak. O‘rganilayotgan materialning fizik ma’nosini to‘la ochib bergan, bu qonun–qoidalarning hayotiy ahamiyatini yoritib bergan, barcha o‘quvchilarning qobiliyatini oshirishga va ijodiy faoliyatini shakillantirishga qaratilgan dars zamonaviy dars bo‘la oladi.

Har bir darsda nazariya bilan praktikaning uzviy bog‘lanishi namayon bo‘lishi kerak. Ya’ni materialni urganishda avval uning nazariy tomonini gapirib so‘ngra uni nazariy tomonini ochib berishi kerak.

1.Dars o‘tish vaqtida texnika vositalaridan, texnik modellardan, EHMdan keng foydalanish kerak. Bu esa o‘quvchilar bilimini mustaxkamlashga, o‘rganilayotgan qonun-qoidalarni hayotiy ahamiyatini tushunib yetishga yordam beradi.

2.O‘quvchilarning bilimini baholash va mustaxkamlash maqsadida test sinovlaridan reyting va diagnostik taxlil usullaridan foydalanish hamda semenar, zachyot darslarini o‘tkazib turish maqsadga muvofiqdir.

3.Har bir darsda o‘quvchilarga tarbiyaviy elementlarni singdirib borish zamonaviy fizika darsining muhim vazifalaridandir.

Zamonaviy fizika darsining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri nazariya bilan praktikaning uzviy bog‘lab borish bilan o‘quvchilarning ijodiy qobilyatini shakllantirishdir. Ko‘p hollarda darslar shunday uyushtirish mumkin: avval yangi o‘rganilayotgan fizik qonunga oid tajribalar namoyish qilinadi, so‘ngra bu tajribalarning natijasi o‘quvchilar bilan birgalikda analiz qilinib uning nazariyasi ochib beriladi. Yangi materialni o‘rganishdagi bunday ketma-ketlik o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda ijodiy qobilyatlarini shakllanishiga, fikrlash doirasini kengaytirishga yordam beradi.

Zamonaviy fizik darsning samaradorligi avvalo Fan kabinetining jihozlanganligiga, darsda qo‘llaniladigan ko‘rsatmali qurollarning turli- tumanliliga bog‘liq. Bu vazifani ijobiy hal etish maqsadida maktabimizda «yosh texniklar» to‘garagi tashkil etilgan. 18 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bu to‘garak ishining maqsadi fizika kabinetidagi o‘quv asboblarini ta’mirlash, dars mashg‘ulotlari uchun ko‘rsatmali yasash, hamda o‘quvchilarga elektrotexnika, radiotexnika va kinomexanika xaqida boshlang‘ich ma’lumot berib borishdir. Maktab sharoitini hisobga olgan holda har yili to‘garakka 12- 14 o‘quvchi qabul qilinadi. Maktabimizda tashkil etilgan «Yosh texniklar» to‘garagining mashg‘ulotlari uch yilga mo‘ljallangan.

«Yosh texniklar»to‘garagining birinchi yilgi nomi «Yosh elektrotexniklar» to‘garagi deb ataladi. Uning maqsadi elektrotexnika asoslari haqida nazariy bilim berish, soda elektromontaj ishlarini bajarish, turli xil elektr o‘lchov asboblaridan foydalanishni o‘rganish, fizika kabineti uchun ko‘rsatmali qurollar yasashdan iborat.

Ikkinchi yili to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilar radiotexnika asoslari o‘rganadilar. Shuning uchun u «Yosh radioxavaskorlar» to‘garagi deb ataladi. To‘garakning uchunchi yil mashg‘ulotlari yuqori sinf o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kinomexanika asoslarini o‘z ichiga oladi.

II-BOB. “MKN IDEAL GAZ HOLATINING ASOSIY TENGLAMASI” MAVZUSINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O’QITISH METODIKASI

2.1. Fizika faniga axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish.

Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislarini fikricha «Innovatsion va pedagogik texnologiya» bu o’quvchilarni o’qitish, o’rgatish va ularni har tomonlama rivojlantirish qonun-qoidalarini o’z ichiga olgan pedagogik tadbirlar tizimidan iborat.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ta’limni texnologiyalantirishning asosini, ta’lim jarayonlarini, uning samaradorligini oshirish va ta’lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasini tashkil etishdir.

Ta’lim amaliyotida «Pedagogik texnologiya va innovatsion» uchta ko’rinishdagi tayanch mazmunidan iborat:

-Umumiy pedagogik mazmun. Bu ko’rinish ta’lim muassasadagi ta’limtarbiya mezoni bilan chambarchas bog’liq;

-Xususiy uslubiy mazmun. Bu o’quvchi tomonidan aniq bir mavzu uchun tanlab olingan usul va didaktiv vositalar majmuasidan iborat bo’lib, bu orqali ta’lim bosqichlari tizimga solinadi;

-Modulli texnologik mazmun. Berilgan ta’lim mazmuni qismlarini alohida texnologiyalashtiriladi va qo’yilgan maqsadga erishiladi.

O’qituvchining darsda pedagogik texnologiyani joriy qilishdagi bosqichlari quyidagicha;

-Ta’lim oluvchilarga bo’lajak faoliyatning maqsadlarini qo’yish va tushuntirish;

-O’qitishning tanlangan usullari, vositalari va shakllarini qo’llash;

-Ta’lim oluvchilar faoliyatini rag’batlantirishning turli choralarini ko’rish;

-O’qitish jarayonlarining sifatini nazorat qilish va baholash, ularni tahlil qilish va korreksiya qilish (Korreksiya-anomal bolalarning psixik va jismoniy taraqqiyotidagi kamchiliklarni pedagogik usul va chora-tadbirlar bilan qisman yoki butunlay yo’qotish).

O’qitish texnologiyasini joriy qilish va amalga oshirish jarayonida, pedagogik tizimning barcha komponentlarini ularning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi va o’zaro belgilanganligi albatta mavjudligi, o’quv jarayoni qatnashchilarining psixologik shaxsiy va individual xususiyatlarini albatta hisobga olish va boshqa kabi omillarni hisobga olish kerak.

Fizika faniga pedagogik texnologiyani kiritish mexanizmi:

1. Jamoani guruhlarga bo’lish;

2. Mavzuni tanlash;

3. Darsni uslubiy yo’llarini izlash, masalan, seminar, trening, individual maslahat berish, ko’rgazmali darslar tashkil qilish bilan o’quvchilarni o’zaro faollikka olib kelish.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin