Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti


I.1. Epik turga xos janrlarga integrativ yondashuv



Yüklə 82,5 Kb.
səhifə4/7
tarix14.03.2023
ölçüsü82,5 Kb.
#87789
1   2   3   4   5   6   7
Gulandon

I.1. Epik turga xos janrlarga integrativ yondashuv
Badiiy asarlar tahlilida fanlararo integratsiyani ta’lim jarayonidagi predmetlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida ba’zi bir ilmiy-nazriy masalalarni yechish usuli sifatida talqin qilar ekanmiz, bunda tizimlashtirishning predmetli asosni va mantiqini sezamiz. Ayniqsa bugungi axborot texnologiyalari taraqqiy etgan davrda o‘quvchilarning adabiyot faniga, badiiy aadabiyotga qiziqishini oshirosh va ularda kitobxonlikni tarbiyalash o‘qituvchidan yuksak mahorat bilan birga har tomonlama chuqur bilimni talab qilish bilan birga badabiyotning boshqa fanlar bilan bog‘liq tarzda o‘rgatishni talab qilmoqda. Adabiy ta’limni bunday tarzda tashkil qilish KHK va ma’lum fanlarga yo‘naltirilgan ALlardagi yoshlarni adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. Bugun jahon miqyosida rivojlanib borayotgan texnologiyalar inqilobi ta’lim sohasida, xususan o‘qitish bilan bog‘liq jarayonlarda jiddiy o‘zgarishlarni talab qilmoqda. Pedagogik texnologiyalarning ta’lim sifati rivojidagi o‘rni va ahamiyati masalalariga qaratilgan, xalqaro miqyosda olib borilayotgan tadqiqotlar o‘rganilganda ulardagi asosiy e’tibor texnologiyalar integratsiyasi, o‘qituvchi va talabaning pedagogik texnologiyalarga munosabati, o‘qitishda sinkretik yondashuv muammolari, ped texnologiyalarning turli xil nazariy asoslarini yoritib beruvchi masalalarga qaratilganligi ma’lum bo‘ldi. Dunyo miqyosida olib borilgan statistik ma’lumotlarda til va adabiyot ta’limida ped texnologiyalarning qo‘llanilishi an’anaviy ta’limga nisbatan ko‘proq samara berishi ta’kidlangan. 1991-yilda Govard Gardner tomonidan yaratilgan “turfa zakovatlar” (multiple intelligence) nazariyasi ham aynan ta’limdagi integratsiv yondashuv tamoyiliga asoslanadi. Olim, pedagogik texnologiyalar, xususan, integrallashgan texnologiyalarning ta’lim sifatini oshirishidagi ahamiyati haqida to‘xtalib, adabiyot darslarini samarali olib borishda viziual yondashuv (visual approach- muaayyan voqelikni muayyan badiiy matnni kartalar, suratlar, illyustratsiyalar, tridi modellari, videolar, videokonferensiyalar, televideniya, suratli rasmlar, grafalar va chartlar orqali o‘rgatish) dan foydalanishni tavsiya qiladi.18 Bunday yondashuvda talabalar biror bir mavzuni tashqi omillar orqali o‘rganishga hayrixoh bo‘ladilar. Gardner nazariyasiga asoslangan pedagogik texnologiyalarning integratsiyasi asosida rivojlangan vizual yondashuv uslubi vositasida o‘qituvchi bir paytning o‘zida ko‘rish, eshitish va tafakkur qilish orqali muayyan badiiy asar mohiyati, muallifning poetik tasvirlash mahoratini chuqur idrok eta olish imkoniga ega bo‘ladilar. Gardnerning “Vizual zakovat” ga asoslangan konsepsiyasi, ayniqsa, klassik adabiyot namunalari, eski o‘zbek adabiy tilida yaratilgan klassik adabiyotimiz, shu jumladan, Alisher Navoiy asarlarini o‘rganish, mutafakkirning san’at olamiga yaqinlashish, uning asarlari jozibasi, ramziy obrazlar mohiyatini chuqurroq tushunishda, qulaylik yaratishi tajriba sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, davlatimiz rahbari e’tirofiga sazovor bo‘lgan edi.
Ammo shu o‘rinda aytish joizki, adabiyot fanlarini integrallashgan texnologiyalar vositasida olib borish, xususan texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llay olishga qaratilgan tajriba, savodxonlik darajasi nafaqat talabalar balki o‘qituvchilar orasida ham talab darajasida emas. Pedagogik texnologiyalar shiddat bilan rivojalanayotgan bo‘lsada, uni amalda qo‘llash, biror bir mavzuni o‘rganishda undan foydalanish ko‘nikmasini qoniqarli deya olmaymiz. Ko‘pchiligimiz an’anaviy pedagogic texnologiyalar (kompyuter, internet va dunyo vebsaytlari) ning eng oddiy funksiyalaridan foydalanish bilan cheklanamiz. Zotan, bugun dunyo miqyosida texnologiyalardan foydalanish savodxonligini belgilovchi ko‘plab talablar (masalan, modellashtirish, ya’ni tahlil va tajriba uchun texnik sistemalar analogiyasini yaratish; bilim boshqaruviga - yangi bilim va malakalarga ega bo‘lish uchun bilimlar integratsiyasini tashkil qilish shu asosda kichik tadqiqotlar yaratish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; multimodallik va gipertekstlar yaratish, ya’ni turli xil shakllar va axborot texnologiyalarni birlashtirish usuli orqali yangi kommunikativ vositalarni yaratish va ularni o‘qish usullarining individual yo‘llarini kashf qilish, o‘ylash va ijodiy fikrlashga qaratilgan (Game play) o‘yinlardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Demak, bugungi texnologiyalar, xususan pedagogik texnologiyalar rivoji shaxs fojeasi uchun emas balki jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga yo‘naltirilishi lozim.
Adabiyot darslarida bilimlarni chuqurlashtirish va o‘quvchilarning faolligini oshirishda fanlararo integratsiyani amalda qo‘llash uchun ta’lim tizimidagi barcha fanlarning adabiyot bilan bog‘liq ma’lumotlarini tanlab olishda materiallarning o‘zlashtirilaishiga, adabiy ta’limda o‘rganilayotgan badiiy asarning boshqa fanlar bilan bog‘liqligini amaliy jihatdan isbotlay olishga va anashu bog‘liqlikni ta’minlashda bevosita ilmiy mantiqqa, davr bilan hamohangligiga e’tibor qaratish zarur.
Badiiy asar tahlida fanlararo integratsiyadan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish g‘oyasi yotadi (Integratsiya [lot. integratio – tiklash, qaytadan boshlash, to‘ldirish] – baynalmilal, ko‘p ma’noli so‘z).
Badiiy asar tahliliga bunday yondashuvni ifodalashda yagona qoida asosida yani shakldan mazmunga tarzida ish ko‘rish zarur. Shunday qilihganda asar mazmuni va jozibasiga putur yetmaydi. Chunki, bunda bir vaqtning o‘zida muayyan voqelik uchun bir qator tasniflarning mavjud bo‘lishi fanlararo integratsiya elementlari asar tahlilining yanada mukammal bo‘lishini ta’minlaydi. Asar yuzasidan bildirilgan mulohazalar davomida o‘quvchining fikrlash qobiliyati o‘sadi. Ayni shu jarayonda xilma-xil inovatsion texnologiyalarni tizimli bir loyiha zanjiriga
birlashtiridhni o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatini ijobiy va samarali natijani ta’minlashga mashg‘ulotdan ko‘zlangan natijani ro‘yobga chiqishga xizmat qiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga adabiyot fanini, badiiy asar tahlilini fanlararo integratsiya asosida o‘rganishga kirishar ekan, shunday savol tug‘iladi:
qaysi o‘qitish usuli tahlanadi, qanday didaktik materiallardan foydalanish mumkin, asar tahlilini qaysi usullar orqali amalga oshirish samarali bo‘ladi?
Bu savollarga javob topishda o‘qituvchining intelektual salohiyatini namoyon etishda innovatsion texnologiyalardan o‘rinli foydalanish talab etiladi.
Umumiy holda usulning tanlanishi ta’lim-tarbiyaning maqsadi bilan aniqlanadi. Ayrim hollarda o‘qituvchi o‘quvchilar o‘rtasidagi faoliyat turlari almashib turadi. Bu hol ko‘pincha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida kuzatiladi. Tabiiyki bunday faoliyat turlariga mos olda o‘qitish usullari o‘zaro muvofiqlashtiriladi.
Adabiyot o‘qituvchisining badiiy asar tahiliga tayyorgarlik ko‘rishida metodik usullarni tanlash–uning o‘zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo‘yicha muvozanatlashtirdi, bu esa o‘z navbatida o‘quvchilar faolligini yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratadi. To‘g‘ri qo‘llanilgan usullar badiiy asarga o‘quvchilarda qiziqish va muhabbatni kuchaytiribgina qolmay, asar tahliliga oid ilmiy-nazariy bilimlar bilan birga boshqa fanlardan olingan bilimlarni qayta xotirlash orqali ularni yanada chuqurlashtiriadi.Aadabiy asarlar tahlilda fanlararo integratsiyadan foydalanish o‘quvchilar bilim doirasini har tomonlama rivojlanishi va kasbiy qiziqishlarini takomillashishiga, amaliy faoliyatni faollashtirishga olib keladi.
Innovatsion texnologiyalarni Adabiyot darslarida badiiy asarni fanlararo integratsiya asosida tahlil qilishgada mavzu maqsadiga mos tarzda loyihalashtirish quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. O‘rganilayotgan badiiy asarni tahlil qilish.Ta’lim mazmuni elementi sifatida asarning o‘ziga xos jihatlari va mavzu doirasi aniqlanadi.(asarda aks ettirilgan voqelik, qahramonlar faoliyati, tarixiy davr va muhit, geografik o‘rin). Asar tahlilining muvaffaqiyatli kechishi uchun mos keladigan o‘qitish metodlarining
muayyan guruhini tanlash. Badiiy asarning mantiqiy tuzilmasi xarakteri (yaxlit yoki qisman) va psixologik tabiati (mantiqiy-isbotli, hayajonli-timsolli, aniq-harakatli
xarakter) belgilab olinadi. Biluv topshiriqlarining mazmunli jamlamasini ajratish mqasadida badiiy asarning o‘ziga xos jihatlari, ichki yo‘nalishlari, tomonlari, tafovutlari tahlil qilinadi.
2. O‘rganilayotgan badiiy asarning o‘quvchilar uchun yangilik va bilimlarni egallashda mustaqillik darajasini, vaqt omili hamda variantlarning mazmunini tahlillash asosida ajratilgan biluv natijalarini maqbullashtirish masalalarini hisobga olib aniqlanadi.
3. Badiiy asarning mazmunidan kelib chiqib o‘qitishning muayyan bosqidhidagi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalalarni yechish zaruratini hisobga olgan holda belgilangan topshiriqlarni tahlillash va baholash.
4. Badiiy asar tahlilida fanlararo integratsiyani amalga oshirish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarni bir-biriga qo‘shilishi ketma-ketligini muvofiqlashtirish.
5. Badiiy asarlarni o‘rganish jarayonida ta’lim oluvchilar faoliyatini murakkablashtirish va mustaqilligini oshirish.
Adabiyot darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanish uchun mos usullarni tanlashda quyidagi mezonlarga amal qilish lozim:
1. Fanlarao integatsiya badiyy asar tahlilini yuksak saviyada bo‘lishiga, o‘quvchilarni asar mavzusi va mazmunini va asar jozibasini his qilishlariga yo‘naltirilishi lozim.
2. Adabiyot darslarida fanlararo integratsiyani amalga oshhirishda qo‘llanadigan innovatsion texnologiyalarning harakatlanish shakli aniqlanadi. Bu o‘z navbatida mavzu mazmununi to‘liq ochib berilsa, boshqasi uni to‘ldirishiga imkon tug‘diradi.
3. Tanlangan usullarni o‘quvchilar o‘quv imkoniyatigaga to‘liq mos kelishi, bunda o‘quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart-sharoitlar birligi ta’minlanadi.Real o‘quv imkoniyatlarini aniqlashda quyidagi shartlarni aniqlash kerak: o‘quvchilarning mustaqil faoliyatga tayyorgarligi (o‘quv ishlarini rejalashtirish, mahsg‘ulot maqsad va vazifalarini to‘liq belgilab olish, o‘z- o‘zini nazorat qilish, teskari muloqot o‘rnatish); o‘quvchilarning ijodiy faoliyatga tayyorgarligi (fikrlash mustaqilligi, asarni badiiy idrok etishi, topshiriq shartlarini belgilash va uni yechish metodlarini mustaqil topish ko‘nikmasi); o‘qishga munosabat va boshqalar.
4. Adabiyot darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanishda pedagogning shaxsiy imkoniyatlari mos kelishi. O‘qitish usullari nazariyasi va amaliyoti o‘qitish jarayonining qonuniyatlari, bilish nazariyalari, ta’lim nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganlik darajasi.
5. Badiiy asar tahlili jarayonida fanlararo integratsiyani ta’minlashda o‘quv jarayonini innovatsiyon texnologiyalar asosida tashkil etish (Frontal (yalpi) guruhli va individual shakllari). Asar voqealrining ko‘lamiga qarab mavzuning murakkablik darajasiga mos holda shakl va uslublarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash.
Akademik litseylarning III bosqich o‘quvchilari uchun adabiyot darsligidan Said Ahmadning “Qorako‘z Majnun”, Odil Yoqubovning “Muzqaymoq”, Asqad Muxtorning “To‘qqizinchi palata” singari 30 ga yaqin romanlar o‘rin olgan. Darslikka bu romanlar bejiz kiritilmagan. Chunki, ushbu romanlarda tasvirlangan voqelik zamiridagi botiniy voqelik xalqimizning ezgu-armonlarini o‘zida jamlagan, shuningdek bu romanlarda ezgulik va jaholatning o‘zaro to‘qnash kelganligini ko‘ramiz. Inson uchun eng buyuk baxt bu erk, Vatan va yurtini ozod va obod ko‘rishdir. Adiblarimizning litsey darsligidan o‘rin olgan yuqorida nomlari keltirilgan romanlarida yozuvchilarning ichki kechinmalari, ruhiy olamidagi iztiroblar, vataniga, xalqiga bo‘lgan muhabbati nihoyatda go‘zal tarzda badiiy ifodasini topgan. Adabiyot darsliklarida berilgan har bir asar bevosita yoki bilvositamilliy istiqlol gʻoyasining yetakchi tushunchalarini tarbiyalanuvchilar maʼnaviyatiga singdirishga qaratilgan. Oʻqituvchi oʻrganilayotgan asar mazmunidan kelib chiqib, yillik reja tuzayotgandayoq, bu tushunchalarni oʻquvchilarga qaysi oʻrinda, qay yoʻsinda yetkazishni belgilab qoʻyishi lozim.
Masalan, “Koʻzim qarogʻidasan, Vatan!” ruknidagi asarlar asosan vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, obod yurt, ozod vatan tushunchalari talqiniga, “Oʻylarimning cheksiz osmoni” ruknidagi matnlar ijtimoiy hamkorlik, komil shaxs singari tushunchalarni anglatishga, “Oʻtmishdan sadolar” ruknidagi mavzular mumtoz asarlar vositasida milliy maʼnaviyat ildizlarini bilishga, “Yangi davr nafasi” ruknidagi ijod namunalari oʻquvchilarda shaxs erki, oʻzlikni anglash, adolat, masʼuliyat, huquq va burch tushunchalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Yangi mavzu bayonida, savol va topshiriqlar bilan ishlashda bular eʼtibordan chetda qolmasligi kerak. Lekin milliy istiqlol gʻoyasiga doir fikrlar chaqiriq va shiorlar tarzida yalang‘och aytilmay, muayyan asarning tahlilidan tabiiy ravishda keltirib chiqarilishiga erishish zarur. Matndan ajralgan holdagi gʻoyabozlik oʻquvchini darsdan bezdirib, kutilganidan teskari natija berishi mumkin.
Oʻquvchilarga adabiyot soʻz sanʼati ekanligini aytishning quruq oʻzi bilan masala hal boʻlib qolmaydi. Maʼlumki, badiiy soʻz odamga faqat maktab adabiy taʼlimi mobaynida emas, balki uning butun umri davomida sherik boʻladi. Binobarin, badiiy matndan taʼsirlanish, uni idrok etish, soʻzning jozibasini taʼminlagan jihatlarni payqab olish yoʻllarini bolalarga oʻrgatish katta tarbiyaviy-maʼrifiy ahamiyat kasb etadi. Aks holda, u badiiy soʻz olamiga begona boʻlib qolaveradi. Badiiy soʻzga begonalik esa maʼnaviy dunyoning qashshoqligiga olib keladi. Adabiy asarlarni tahlil qilishda ularning tur va janr xususiyatlari alohida ahamiyatga ega.
Oʻqituvchi badiiy soʻzning qudratini anglatish, uning oddiy soʻzdan farqini tuydirish uchun so‘zning barcha olamlardagi birlamchi yaratiq ekanligiga alohida urgʼu berishi kerak. Soʻzning ilohiy ildizga ega neʼmat ekani oʻquvchilarga anglatilgandan soʻng ana shunday materialdan foydalanib ish koʻradigan badiiy adabiyotga xos xususiyatlarga toʻxtalinadi. Bunda soʻzning cheksiz badiiy imkoniyatlarga ega ekaniga alohida urgʻu beriladi. Chunonchi, sanʼatning badiiy adabiyotdan tashqari teatr, qoʻshiq, kino, opera singari qator turlari uchun ham soʻz birlamchi asos ekanligi bildiriladi. Ayni vaqtda, badiiy adabiyotning eng taʼsirchan, eng qamrovli va eng koʻp tarqalgan sanʼat turi ekanining sabablari oʻquvchilarga anglatilishi lozim. Shunday qilinsa, badiiy adabiyot shunchaki maqtab qoʻyilmayotgani, balki bu tavsiflar zamirida hayotiy mantiq va asos mavjudligi oʻquvchilarga yetib boradi. Soʻzning ifoda imkoniyatlari kattaligi, uning vositasida rangni koʻrsatish, tovushni eshittirish, taʼmni tuydirish, isni bildirish, sezimlarni qoʻzgʻatish mumkin ekanligi turli asarlardan olingan misollar yordamida koʻrsatib berilsa, oʻquvchilar badiiy soʻzning chindan ham katta qudratga egaligini anglab yetishlari mumkin.

Yüklə 82,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin