Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti


Ishning maqsadi va vazifalari



Yüklə 82,5 Kb.
səhifə3/7
tarix14.03.2023
ölçüsü82,5 Kb.
#87789
1   2   3   4   5   6   7
Gulandon

Ishning maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi: Epik asarlarni texnik vositalar yordamida o‘rgatishning ahamiyatini aniqlash. Kurs ishining vazifalari quyidagilar:

  • Epik asarlarni o‘rganishda pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘qitish;

  • Epik asarlarni tarbiyaviy tomonini o‘quvchilar ongiga singdirish va ezgulik ruhida tarbiyalash;

  • Darslarni interfaol tarizda olib borish va dars samaradorligini oshirish;

  • Epik asarlarning ma’rifiy-badiiy qimmatini aniqlash.

  • Maktab o‘quvchilarida adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish usullari asosida didaktik imkoniyatlarini aniqlash.

  • Oʻrganilgan mavzu yuzasidan xulosalar chiqarish.

Kurs ishining metodologik asosi va metodlari: O‘zbеkiston Rеspublikasi uzluksiz ta’lim tizimining mazmunini bеlgilab bеruvchi dirеktiv-mе’yoriy hujjatlar, xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy va O‘rta maxsus xalq ta’limi vazirliklari tomonidan qabul qilingan qarorlar, mе’yoriy hujjatlar va hokazo.
Kurs ishida qiyoslash, sharhlash, izohlash, qiyosiy va ilmiy bilish metodlardan va turli xil maqolalardan foydalanildi.
Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, 2 bob, unga tegishli fasllar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlib 38 betni tashkil qiladi.


I BOB EPIK ASARLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT VA UNI O‘RGANISHNING TA’LIM USULLARI
I.1. Epik tur va uning o‘rganilishidagi pedagogik imkoniyatlar
Epik turning xususiyatlari haqida gap ketganda avvalo voqea bandlikni tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so‘z vositasida o‘quvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan to‘laqonli badiiy voqelik yaratiladi. Tasavvurda reallikdagiga monand, o‘zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqelikni "plastik" tasvirlangan deb aytiladi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo‘lib, bu elementlar muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallifning mushohadalari, fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi.Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlardan farqli o‘laroq, asarni o‘qish davomida o‘quvchi tasavvurda jonlanmaydi. Epik asarda obyektiv va subyektiv ibtidolarning uyg‘un birikishi kuzatiladi: asardagi badiiy voqelikni biz shartli ravihda obyektiv ibtido deb olsak, asar to‘qimasining har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsini biz subyektiv ibtido deb yuritamiz. Badiiy voqelikni shartli ravishdagina "obyektiv" ibtido deyishimizga sabab, u reallikdan olingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning ijodkor ko‘zi bilan ko‘rilgan, ideal asosida idrok etilgan, baholangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shunday ekan, muallif obrazi hatto "obyektiv tasvir" yo‘lidan borilib, muallif imkon qadar o‘zini chetga olgan asarlarda ham mavjud bo‘lishi tabiiydir.
Demak, epik asarlarda badiiy voqelik bilan bir qatorda noplastik muallif obrazi ham har vaqt mavjuddir. Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yo‘lda yozilishi, shuningdek, nasriy yo‘lda lirik asarlar ham yaratilishi mumkinligini ilgari aytildi. Demak, nasriy yo‘lda yozilganligining o‘zigina asarni epik deyishimizga asos bermaydi, "nasriy asar" va "epik asar" tushunchalari bitta ma’noni anglatmaydi.
Voqeabandlik epik turning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Epik asarda, odatda, makon va zamonda kechuvchi voqealar tasvirlanadi, muallif yoki hikoyachi-personaj tomonidan hikoya qilinadi. Bu esa epik asarlarda rivoya, tavsif, dialogning qorishiq holda kelishini taqozo qiladi, zero, ularning bari birlikda o‘quvchi tasavvurida badiiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an’anaviy ravishda yetakchi o‘rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va h.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka birlashtiradi.
Epik turning takomili jarayonida undagi rivoyaning salmog‘i kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq og‘zaki ijodidagi ertaklar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog‘i katta bo‘lgani holda, dialogning salmog‘i unchalik katta emas, tafsilotlar esa badiiy voqelikni to‘laqonli tasvirlashga ko‘pincha yetarli bo‘lmaydi. Rivojlanish jarayonida eposda keyingi ikkisining salmog‘i va ahamiyati ortib boradi. Bu narsa badiiy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan aloqasi, ularga xos usul va vositalarni o‘ziga singdirishi natijasidagi tasvir va ifoda imkoniyatlarining kengayishi sifatida tushunilishi mumkin. Masalan, dramaturgiya va teatrning rivojlanishi natijasida inson harakterini yaratishning dramaturgik usullari ishlab chiqildi, sayqallandi; teatr san’atining rivoji o‘quvchi ommani dramaturgik usulda
yaratilgan inson harakterini anglashga, dialoglar vositasida yaratilayotgan badiiy voqelikning mohiyatini tushunishga tayyorladi, ya’ni, badiiy didni rivojlantirdi. Shu asosda eposga dramatik unsurlar kirib keldi.Epik asardagi dialog dramatik asardagi dialogdan o‘zining hayotiyligi, ma’no ko‘lamining kengligi bilan ajralib turadi.Buning asosi shundaki, epik asarda dialog amalga oshayotgan konkret hayotiy situatsiya, unda qatnashayotgan personajlarning ruhiy holati, harakter xususiyatlari haqida kengroq tasavvur berish imkoniyatlari mavjud. Ya’ni, personajning dialogda aytilayotgan har bir gapi butun asar kontekstida tushunilishi mumkin.
Gap epik asarlar ustida borar ekan, ularda «har qanday hissiyot voqеalar qa’riga bеrkitilgan» bo‘lishiga e’tibor bеrish zarurati bo‘ladi, Chunki «qahramonlarni hayotiy vog‘еalar og‘ushida ko‘rsatish xususiyati epik asarlarda insoniy kеchinmalarni tasvirlar jarayoniga joylash imkonini bеradi va o‘quvchidan bu sеzimlarni ilg‘ab olish talab qilinadi. Adabiyot o‘qituvchisi o‘z o‘quvchilarida ayni shu malakani – epik asar zamiridagi badiiy ma’noni ilg‘ay olish va mantiqiy xulosaga kеla bilishnishakllantirishi muhim vazifa hisoblanadi». Adabiy asarning, jumladan epik turga mansub bo‘lgan asarlarning matni ustidagi ish adabiy ta’limning o‘zak masalalaridan biridir. U «o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan vog‘еalarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat» yaratadi. Badiiy matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar asarning poetik mohiyatini anglab еtadi, uning mazmunini tahlil qiladi, mavzuning talg‘inlariga e’tibor qaratadi, tasvirlanayotgan vog‘еa-hodisalar, qahramonlar va umuman, asardagi vog‘еalar rivojiga muallif munosabatini aniqlashga harakat qilishadi. Epik asarlarni tahlil qilishda ham o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ularning adabiy tayyorgarligi asosiy o‘rinda turadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-6-sinflarida asosan eposning kichik janrlari: ertak, hikoya, qissalar, ayrim dostonlar o‘rganiladi. Yirik epik asarlarni o‘rganish esa yuqori sinflarda, shuningdеk, akadеmik litsеylar va kasb-hunar kollеjlarida o‘rganilishi rеjalashtirilgan. Ularning har birini o‘rganishda o‘ziga xos usul va shakllardan foydalanishga to‘g‘ri kеladi.
Umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan fanlar orasida adabiyot predmeti o‘quvchilarda ezgu ma’naviy sifatlarni shakllantirishda etakchi mavqeda turadi. Chunki adabiyot inson ma’naviy qiyofasini tashkil etadigan ruhiy holat, tushuncha, tasavvur, kayfiyat, orzu-umid, mayl va qiziqishlarni yuzaga keltirishning beqiyos imkoniyatlariga egadir. U o‘quvchilar ma’naviy dunyosini qaror toptirishning chegarasiz maydonidir. Bunga erishish uchun adabiyot o‘qitish jarayonida o‘rganiladigan badiiy asarning janri, tabiati badiiy xususiyatlariga mos metod va usullar tanlanishi kerak bo‘ladi.
Adabiyot darslarida o‘rganish uchun dasturga kiritilgan qator epik asarlarning hajman yirik ekani, ularni ko‘pincha lirik asarlar singari bir zarb bilan o‘qib chiqib bo‘lmasligi, binobarin, bir o‘quv soati ichida ham matn bilan tanishish, ham tahlil qilish imkonsiz ekanligini ta’kidlash o‘rinlidir. Epik asarlarni tahlil qilishning o‘ziga xosligini keltirib chiqargan omillardan biri ham ayni shu hajm masalasiga borib taqaladi.
Epik asarlarda muallifning kechinmasi, tuyg‘usi lirikadagi kabi ochiq va oshkora tasvirga tortilaverilmaydi. Bu tur asarlarda hissiyot voqealar qa’riga berkitilgan bo‘ladi. Qahramonlarni hayotiy voqealar zamirida ko‘rsatish xususiyati epik asarlarda insoniy kechinmalarni tasvirlar jarayoniga joylash imkonini beradi va o‘quvchidan bu sezimlarni ilg‘ab olish talab qilinadi. Adabiyot o‘qituvchisi o‘z o‘quvchilarida epik asar zamiridagi badiiy ma’noni ilg‘ay olishi va mantiqiy xulosaga kela bilish malakasini shakllantirishi muhim vazifa hisoblanadi1.
Epik asarlarni tahlil qilishda o‘quvchilar yosh xususiyatlari, ularning adabiy tayyorgarligini to‘g‘ri hisobga olish muhim o‘rin tutadi. Umumta’lim maktablari 5-6-sinflarida asosan epik turning kichik janrlari: ertak, hikoya, qissalar, ayrim dostonlar o‘rganiladi. Yirik epik asarlarni o‘rganishni yuqori sinflarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida amalga oshirish rejalashtirilgan. Ularning har birini o‘rganishda o‘ziga xos usul va shakllardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Masalan, mumtoz epik asarlarni tahlil qilish mushkul. Ayniqsa, eskirgan, fors va arabiy so‘zlar ko‘pligi, o‘sha davr badiiy talablari, adib uslubi bilan bog‘liq holatlar shular jumlasidandir. Buning ustiga, yirik epik asarlarni o‘rganish uchun talab etiladigan vaqt ham nihoyatda chegaralangan. Qisqa vaqt ichida o‘qituvchilar qo‘shimcha imkoniyatlar topishi kerak bo‘ladi.2 Epik turga mansub asarlar matni ustidagi ish adabiy ta’limning o‘zak masalalaridan biridir. U “o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat”3 yaratadi.
Ta’limda usullar to‘g‘ri tanlansa, ko‘zlangan natijaga qisqa yo‘l bilan erishish mumkin. Ta’lim-tarbiya sohasining to‘xtovsiz takomillashib borishi va yangi imkoniyatlarning yuzaga kelishi umumta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qitish usullarini muttasil yangilab turishni taqozo etmoqda.
O‘rgatish usullari ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining harakterini, o‘qish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. O‘qitish usullari o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda o‘quvchilar tomonidan nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish faoliyatida qo‘llanadigan yo‘llarni o‘z ichiga oladi. Demak, o‘rgatish usullari pedagogik jarayon ishtirokchilarining o‘zaro birgalikdagi faoliyatini ko‘zda tutadi. Dars jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining turi, usuli o‘rgatiladigan ma’lumotning harakteriga qarab belgilanadi. Aynan mana shu holat ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan yangi-yangi usullarni keltirib chiqaradi.
Badiiy adabiyot jamiyat rivojlanishiga bog‘liq holda unga mos taraqqiy etar ekan, uning o‘qitilishida ham shunday moslashuv bo‘lishi talab etiladi. Umumta’lim maktablarida adabiy ta’lim o‘quvchilarga adabiyot tarixiga oid ma’lumotlarni bildirish uchungina emas, balki ularni milliy adabiyotning eng yaxshi namunalari mazmuni, g‘oyalarini tushunib, shular vositasida ma’naviy kamol topdirish uchun yo‘lga qo‘yiladi. Chunki adabiyot inson ruhiyati, qalbi va ma’naviyatini boyitish manbai sifatida o‘quvchi shaxsi shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan ruhiy-ma’naviy kuchdir. Adabiy ta’limda zamonaviy ta’lim usullaridan foydalanish asosida o‘quvchi shaxsini shakllantirish, deganda badiiy asarlarda tasvirlangan hayotiy voqealar, aks etgan huzur va baxt, shodlik va qayg‘u, iftixor va afsus, kuyinchaklik va loqaydlik kabi ruhiy kechinmalar orqali o‘quvchida o‘z ma’naviyatiga oid mezonlar ishlab chiqilib, ularning jamiyatdagi mavjud qonunlarga muvofiqligiga rioya qilishga tayyorlash ko‘zda tutiladi.
Bugungi yoshlarning hayotda rioya qilinishi lozim bo‘lgan ma’naviy me’yorlarga muvofiq tarbiya topishi va shuning ta’sirida jamiyat ma’naviyatining shakllanishida darslikdagi epik asarlarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ushbu jarayonni samarali tashkil etish ulkan qimmatga egadir.

Yüklə 82,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin