Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti


II BOB EPIK ASARLARNI O‘RGANISHDA TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING AHAMIYATI



Yüklə 82,5 Kb.
səhifə5/7
tarix14.03.2023
ölçüsü82,5 Kb.
#87789
1   2   3   4   5   6   7
Gulandon

II BOB EPIK ASARLARNI O‘RGANISHDA TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING AHAMIYATI
II.1. Adabiyot darslarida kompyuter texnologiyasidan foydalanish
Keyingi paytlarda ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim bosqichga kirdi. Axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlari va ijodiy tafakkurini kengaytiradi.
Ta’lim jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish xususida tadqiqotchilar har xil fikr – mulohazalar bildirishgan. Jumladan, tadqiqotchi P.I.Serdyukov o‘zining «Chet tili ta’limida EHM lar» masalasida o‘quvchilar kommunikativ faoliyati (o‘quvchining fikr bildirish va axborot olish imkoniyati va faoliyati) haqida so‘z yuritib, bildirib, quyidagilarni tavsiya etadi: kompyuter texnikasi o‘quvchilarning kommunikativ faoliyatini modellashtiradi, ijodiy faoliyatini kengaytiradi, faollashtiradi; ta’limning individuallashgan va differenciallashgan xususiyatlarini namoyon qiladi, xususan o‘quvchilarning ta’limdagi aloqa-aralashuv faoliyatini ta’minlaydi, topshiriq va javob «kanali» bo‘yicha qobiliyatlarini shakllantiradi. Tadqiqotchining fikricha, o‘quvchi kompyuter texnikasi vositasida savol-topshiriqlar ustida ishlaganda bilimlarni sinab ko‘rishdan tashqari mustaqil fikrlashga doir ko‘nikma va malakalari ham shakllanadi. Natijada o‘quvchilar bilan ob’ektiv nazorat turlarini to‘la amalga oshirishga muvaffaq bo‘linadi. Shu bilan birga, o‘quvchilarning boshqa o‘quv yurtlari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati tug‘iladi.
Tadqiqotchining tavsiyalarini adabiyot darslarida to‘la qo‘llash imkoni bo‘lmasligi mumkin. Lekin bu tavsiyalarda juda ham muhim optimal variantlar bor. Ulardan foydalanishda, albatta, o‘qituvchining tavsiyasi va ko‘rsatmalari bo‘lishi zarur.
Chunki aynan ana shu tavsiya va ko‘rsatmalarda o‘qituvchining ijodkorligi, o‘quvchilar oldidagi mas’uliyati, fidoyiligi namoyon bo‘ladi.
Tadqiqotchi e.L.Nosenkoning fikricha, kompyuter texnikasi quyidagicha muhim ta’limiy vazifalarni bajarishi zarur:
a) ta’lim mazmunini tanlash zaruriyati. Ta’lim mazmuni eskicha bo‘lib, dastur talabi yangicha, nazorat turi esa reyting tizimida bo‘lsa, albatta, o‘quvchining mustaqil fikrlash faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotchining muammoga ob’ektiv yondoshishi shundan iboratki, o‘quvchi ta’lim jarayonidagi didaktik masalalarni eskicha qolipda emas, yangicha metod va uslublarda bajaradi;
b) o‘qituvchining savol-topshiriqlariga og‘zaki yoki yozma javob bermaydi, didaktik manba (darslik)dagi materialni ko‘r-ko‘rona yodlamaydi, balki kompyuter texnikasi uchun tuzilgan maxsus dasturlar asosida o‘zlashtiradi.
Adabiyot darsligidagi savol-topshiriqlar kompyuter xotirasiga kiritilgach, o‘quvchi «ha» yoki «yo‘q» javobini bermaydi. Aksincha informatika va matematika darslarida olgan bilimlaridan ijodiy foydalanib, muayyan dasturlar asosida berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Dasturlar bilan ishlash yuzasidan o‘quvchining o‘z tushunchasi bo‘lishi kerak;
v) belgilangan maqsadga erishishda kompyuter texnikasida foydalanadigan dastur va dasturlash jarayoni etakchilik qiladi.
Kompyuter ta’limi bo‘yicha tadqiqotchilardan E.A.Masliko kompyuter texnikasidan foydalanganda modellashtirish, motivaciya bo‘yicha o‘quvchining fikr va bilim doirasini faoliyat darajasiga etkazishni tavsiya etadi.
Kompyuter texnikasi uchun berilgan topshiriqni bajarishda o‘quvchining etarli bilimi bo‘lmasa, shubhasiz, o‘rganilishi zarur bo‘lgan material modellashtirilmaydi. O‘quvchi kompyuter texnikasiga savol-topshiriqlar bo‘yicha aniq va to‘g‘ri komanda ham berolmaydi, etarli ma’lumot ham ololmaydi.
Demak, o‘quvchida modellashtirish bo‘yicha aniq ma’lumot yoki tasavvur bo‘lmasa, kompyuter texnikasiga murojaat qilishning hojati bo‘lmaydi.
Ta’limda motivaciya masalasi faqat psixologiyaning vazifasi deb kelinar edi. Ta’lim jarayonidagi islohotlar, ta’limning yangi bosqichga ko‘tarilishi har bir fanda o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha motivaciya jarayoni mavjudligini taqozo etadi.
Tadqiqotchi Malohat Qo‘shnazarova «Til va adabiyot ta’limi» jurnalida e’lon qilgan «Ona tili darslarida kompyuterdan foydalanish» maqolasida boshqacha bir fikrni bildiradi. Unda ko‘rsatilishicha: «... Kompyuter orqali, jumladan, o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish, so‘zdan fikr ifodalashda o‘rinli foydalanishni o‘rgatish mumkin».
Nazarimizda, kompyuter ona tili darslarida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda etakchi bo‘lmaydi. Buning o‘rniga o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda motivaciya, modellashtirish usullaridan foydalanish masalasi ilgari surilganda o‘rinli bo‘lar edi.
Tadqiqotchi o‘z maqolasida quyidagicha bir qancha mashq namunalarini misol tariqasida keltiradi.
«1-mashq. Keltirilgan so‘zlarning ichidan avval sinonimlarni, so‘ngra antonim va omonimlarni toping:
tez, kul, xunuk, bashara, osmon, yuzsiz, ko‘r, tush, yaqin, chiroyli, achchiq, uzoq, o‘t, tugma, samo, aft, fazo».
Afsuski, na mazkur mashqni, na shu tipdagi boshqa mashqlarni bajarish bo‘yicha dasturlash masalasi, motivaciya, modellashtirish yuzasidan hech qanday tavsiya berilmaydi. Vaholanki, bu xildagi mashqlarni bajarishda dasturlash uchun materiallarni kompyuterda qayta ishlash taqozo qilinadi.
Bizningcha, berilgan mashq yuzasidan sinonimlar, antonimlar va omonimlarni tasniflash bo‘yicha dastur tuzib kompyuterga komanda berilishi zarur. Shundagina kompyuter topshiriqni bajaradi. Kompyuter o‘quvchiga topshiriq bermasdan, o‘quvchi kompyuterga topshiriq berishi zarur.
Nazarimizda, mazkur mashq turi juda ham to‘g‘ri tanlangan bo‘lib, uni bajarishga qaratilgan dastur va modellashtirish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, juda ham yuqori ko‘rsatkichga erishilishi shubhasizdir.
Tadqiqotchi kompyuter texnikasi uchun quyidagi ikkinchi bir mashq turini ham tavsiya qiladi:
«2-mashq. Quyidagi savollarning javoblari bilan boshqotirmaning katakchalarini to‘ldiring:

  1. Xo‘jalik ishlarining hisob-kitobini olib boruvchi kishi.

  2. eng muhim ijtimoiy fanlardan biri.

  3. Muloqot quroli.

  4. Davlat boshqaruvidagi asosiy hujjat.

  5. eng ulug‘ zot.

  6. Rang.

  7. Erga ishlov beruvchi asboblardan biri.

  8. Qadimgi eng oddiy jazoni ijro etuvchi.

  9. Bir davlatning ikkinchi davlatdagi vakolatxonasi.

  10. Buyumga ishlov beruvchi asbob.

  11. Odam organizmini o‘rganadigan soha.

  12. Achinganda aytiladigan so‘z.

  13. Suv solinadigan idish.

  14. eng muhim ozuqa.

  15. Norasmiy leksik qatlam.

  16. Tilshunoslikning bo‘limi.

  17. Kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari majmui».

Kompyuter texnikasidan «oqilona foydalanish» shiori ostida shaklni sal-pal o‘zgartirib mazmunan shu xilda eskicha harakat qilish ta’limdagi innovacion va axborot texnologiyalar mazmunini buzishdan boshqa narsa emas.
Birinchidan, har ikkala mashqning mazmuni qaysi sinf o‘quv dasturi va davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha ekanligi mutlaqo ko‘rsatilmagan.
Ta’lim tizimida har qanday yangilik bo‘lmasin, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Davlat ta’lim standartlari» hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturlari biz uchun asosiy dasturulamal bo‘lmog‘i lozim. Chunki «mashg‘ulotlarda kompyuter texnologiyalarini qo‘llash dars jarayonini aniq rejalashtirishni taqozo etadi».
Ko‘rsatilgan adabiyotlar tahlilidan ma’lum bo‘ldiki, metodist M.Qo‘shnazarova kompyuter texnikasi va uning funkcional imkoniyatidan ancha uzoqda turadi. Shuning uchun ham maqolada keltirilgan topshiriqda aniq va konkret bir mulohaza bayon qilinmagan.
Ikkinchi topshiriqda berilgan savol mazmuni ham aniq va konkret emas: «eng muhim ijtimoiy fanlardan biri». Bizningcha, ijtimoiy fanlarning muhim bo‘lmagan sohasi yo‘q. Hozirgi davr talabi bo‘yicha barcha ijtimoiy fanlar muhim hisoblanadi.
Uchinchi topshiriqdagi talabda ham ko‘rsatkich va tushuncha bor: «Muloqot quroli». Muloqotda qurol bo‘lmaydi, aksincha, vosita bo‘ladi.
To‘rtinchi topshiriq sharti ham yuqoridagilardan farq qilmaydi: «Davlat boshqaruvidagi asosiy hujjat». Davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari o‘z yo‘nalishlarida chiqarilgan hujjatlar asosida boshqariladi.Oliy Majlis sessiyasi qonunlar qabul qiladi va bu qonunlarni so‘zsiz bajarish talab etiladi.
Demak, M.Qo‘shnazarova tuzgan savol-topshiriqlarda aniq va konkret motiv yo‘q. Motivlovchi va motivlanuvchi asos bo‘lmasa kompyuter texnikasi o‘z dasturi yuzasidan hech qanday topshiriqni bajara olmaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining quyi sinfidan yuqori sinfigacha «O‘zbekiston Respublikasi KonstituSiyasi» fani o‘rgatiladi. «O‘zbekiston Respublikasi Konstituciyasi»da davlatni boshqarish yuzasidan barcha hujjatlarning nomlari, ularning funkcional xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumot berilgan.
Demak, kompyuter texnikasi uchun material tanlanganda yoki savol-topshiriqlar tuzilganda motivlovchi va motivlanuvchi asos aniq bo‘lishi kerak.
Bu asos va ko‘rsatkichlar mavhum bo‘lsa kompyuter texnikasi dasturiy topshiriqlarni aniq bajarmaydi.
AQSh olimlarining tadqiqotlari bo‘yicha ta’lim jarayoniga axborot va kompyuter texnikasini joriy etish yuzasidan bir qancha tavsiyalar berilganki, ta’lim jarayonida ulardan foydalanish o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini yanada kengaytiradi1. Buni quyidagicha izohlash mumkin:
1. Mashina ta’minotining maqsadga muvofiqligi. Ta’lim jarayonida «Yamaxa», «Bazis», «Turbo-Paskal» va boshqa turdagi elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish yo‘nalishlari.
Grafik simvolikani verbal imkoniyatlarga almashtirish imkoniyati bo‘lsa eHMning boshqa turlaridan ham foydalanish mumkin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan qabul qilingan direktiv hujjatlarda ta’lim jarayonida mul’timedia kompleksidan foydalanish tavsiya etiladi.
2. Dasturlardan foydalanish yuzasidan yo‘riqnomalarning aniqligi va maqsadga muvofiqligini ta’minlash. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan maqola va manbalardagi ayrim nuqsonlar ham mana shu ikkinchi yo‘nalishdagi talabning noto‘g‘ri qo‘yilishi bilan bog‘liqdir.
3. Har qanday sharoitda o‘quv-biluv ko‘nikma va malakalarni egallash bilan bog‘liq talablarni dasturga kiritish.
4. Javob reakciyalarining aniqlik darajasi. Agar o‘quvchi dastur talabi bo‘yicha kiritilgan material yuzasidan bajariladigan ish faoliyatida mashinaga aniq va konkret komanda bera olmasa, maqsadga erishib bo‘lmaydi.
5. Nazorat va yo‘llovchi vositalar imkoniyatlarining maqsadga yo‘naltirilganligi ham kompyuterdan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Agar o‘quvchi nazorat va yo‘llovchi vositalar imkoniyatlaridan to‘liq foydalana olmasa, axborot texnologiyasi asosidagi ta’lim samarasiz chiqadi.
6. Dastur qismlarining foydalanish imkoniyatlari cheklanganligi. Agar o‘quvchiga dasturning hamma tarmog‘i bir paytning o‘zida berilsa, u barcha savol-topshiriqlarni bajarish yuzasidan to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmaydi.
7. O‘quvchi o‘z ishlarining borishi to‘g‘risida axborot berib turishi zarur.



Yüklə 82,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin