Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

“Olti shlyapa” usuli. Edvard de Bono taklif etgan “Olti rangli shlyapa 
usuli”da biror mavzu tanlanadi. Navbatma-navbat shapkalar kiyiladi: oq — 
diqqat bilan, hech qanday emotsiyasiz barcha faktlar tekshiriladi; qora — 
kamchiliklar aniqlanadi; sariq — mavjud holat tahlil etiladi; yashil — yana 
yangi bir necha g‘oyalar qo‘shiladi; qizil — emotsional munosabat bildiriladi; 
ko‘k — ish xotimalanadi. Masalan, ta’lim tizimiga oid qonunchilikni 
takomillashtirish mavzusi ko‘rilayotgan bo‘lsa, mavjud qonunchilik o‘rganiladi, 
kamchilik va bo‘shliqlar aniqlanadi. Qonuniy me’yorlarning real holat bilan 
mosligi yoki qarama-qarshiligi o‘rganiladi. Ta’lim sifatini oshirishga xizmat 
qiluvchi takliflar beriladi, ular amalga oshsa, qanday samara berishi izohlanadi. 
Taklif loyiha shaklida rasmiylashtiriladi. 
Uolt Disneyning kreativ fikrlash nazariyasi. Uolt Disney ko‘ngil ochar 
sohada o‘z sanoatini yaratgan, animatsion multfilmlari bilan butun dunyoga 
tanilgan shaxs. U dunyoga mashhur personajlarini yaratishda kreativlikning uch 
fazasi — xayolparast, realist, tanqidchi obrazidan foydalanadi. Ya’ni, 
xayolparast rolida hech qanday chegarasiz xayol suradi, fantaziya yaratadi. Bu 
jarayonda u Baxning “Tokkata, fuga re minar” musiqasini eshitishini aytgan. 


135 
Xayolida obrazlar yaratilgandan keyin uni reallik bilan uyg‘unlashtiradi. 
Personaj qanday harakatlanadi, qanday gapiradi — barchasini konstruktor 
sifatida jonlantiradi, reallashtiradi. Shundan keyin xayolparast va realist ishini 
tanqidchi ko‘rib chiqadi. Tanqidchi “filtr” vazifasini bajaradi. Uolt Disneyning 
yutug‘i xayolparast, realist, tanqidchini bitta shaxsda jamlay olganidir. Odatiy 
fikrlovchilarda ularning bittasi ustuvorlik qiladi. 
Tasodiflarga befarq bo‘lmang. Juda ko‘plab ixtirolar favqulodda va 
tasodifiy holatlarda amalga oshirilgan. Ya’ni, taqdirning o‘zi insonga nozik 
ishoralar beradi. Bu Isaak Nyutonning boshiga tushgan olma, antibiotikni kashf 
etgan olim Aleksandr Flemingning yuvilmay qolib, mog‘orlagan laboratoriya 
idishlari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni bog‘lash. Mobil telefon va 
kompyuter imkoniyatlarini birlashtirish orqali planshet, yuk mashinasiga 
antenna o‘rnatilib ko‘chma stansiya, qayiqqa osib qo‘yilgan mato tufayli 
yelkanli kemalar paydo bo‘lgan. Shotlandiyalik shifokor J.Danlopning o‘g‘li 
tosh yo‘ldan velosipedda yurib qiynalar edi. Danlop bog‘ini shlang bilan sug‘ora 
turib, uning yengil prujinasimon sakrashiga e’tibor berdi. Natijada birinchi 
bo‘lib shinani kashf etdi. 
Shuningdek, kreativlikning mikro va makrosignallarini anglash, uning 
inson fiziologiyasi bilan bog‘liq jihatlari, ya’ni qanday holatlarda inson xayoliga 
yangi fikrlar kelishini bilish ham muhimdir. 
Jamiyatdagi barcha korxona, tashkilotlarda innovatsion hamda kreativ 
fikrlashga zarurat tug‘diradigan global muammolarni hal qilish uchun 
innovatsion bilim va yaratuvchanlik qobiliyatiga tobora ehtiyoj sezilmoqda. 
Ta’limning asosiy roli o‘quvchilarni jamiyatda muvaffaqiyat qozonish 
uchun zarur va kerak bo‘ladigan sifatli ta’lim berish hisoblansa, kreativ fikrlash 
hozirgi yoshlarning rivojlanishi uchun zarur ehtiyojdir. 


136 
PISA xalqaro dasturida kreativ fikrlashni baholashda OECDning kreativ 
fikrlashni rivojlantirishga qodir yangi pedagogikalarni qo‘llab-quvvatlash bilan 
bog‘liq yana bir yangi loyihasidir. 
Bundan maqsad, faqat ijodkor shaxslarni ajratib olish emas, aksincha 
o‘quvchilar g‘oyalarni qidirish, ifodalashda kreativ fikrlash qobiliyatining 
o‘qitish yondashuvi, maktab faoliyati hamda ta’lim tizimining boshqa 
xususiyatlari bilan qanday bog‘liqligini tavsiflaydi. 
Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, 
noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va 
hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan 
ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish 
jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. 
Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim 
topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib 
yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini 
to‘ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam beradigan “aka-ukalar”dek 
qarashimiz kerak. 


137 
PISA tadqiqotlarida o‘quvchidan kreativ fikrlashni baholash modeliga 
ko‘ra ilmiy muammolarni yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish, o‘z g‘oyalarini 
yozma yoki vizual ifodalash talab etiladi. 
Kreativ fikrlashni baholashda turli g‘oyalarni ishlab chiqish, kreativ 
g‘oyalarni ishlab chiqish hamda g‘oyalarni baholash va takomillashtirish 
kompetentligiga e’tibor qaratiladi. 
Agar ibtidoiy odamlarning kreativ fikrlashi bo‘lmaganida edi, ikkita 
chaqmoqtoshni bir-biriga urib olovni, Tomas Edison elektr lampasini, Leonardo 
da Vinchi parashyutni ixtiro qilmagan bo‘lar edi. 
Har bir o‘quvchida ta’lim olishga bo‘lgan istak bor. Faqatgina biz shu 
istakni nuqtasini topishimiz kerak va biz bunga ya’ni ruhlantirish, ta’lim berish 
va rag‘batlantirish orqali erishamiz. 
Kreativlik potentsialiga ega pedagog o`zida quyidagi malakalarni namoyon 
eta oladi: 
- bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish; 
- masalaning qo`yilishini tahlil qila olish; 
- masalani hal qilish rejasini tuzish; 
- masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez, induktsiya, 
deduktsiya, taqqoslash va b.)larni qo`llash; 
- masalani hal qilish usullarini tanlay olish; 
- qabul qilingan qarorning to`g`riligini asoslash va qayta tekshirish; 
- masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish; 
- masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala echimi 
yakunlarini umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish. 


138 
Pedagogning kreativ potentsiali quyidagi tarkibiy asoslarni o`z ichiga oladi: 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin