Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Pedagogning kreativlik potentsiali darajasini aniqlovchi mezonlar



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Pedagogning kreativlik potentsiali darajasini aniqlovchi mezonlar 
 
 Kalit so'zlar: kreativlik, iqtidorlilik, modernizatsiya, texnologiya
pedagogik kreativlik, kreativ qobiliyat, kasbiy innovatsion kompetentlik
innovatsion ta'lim texnologiyalari. 
 
Kasbiy faoliyat samaradorligini baholashda pedagogning ijodkorligi – 
kreativ potentsiali darajasini baholash muhim ahamiyatga ega. Amerikalik olim 
D.Veksler “Kreativlik fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki 
masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo'lishini taqozo etadi 
va shablonli, zerikarli fikrlashdan farq qilib, narsa va hodisalar mohiyatidagi 
o'zga xoslik, noyoblik sifatlarini anglashga yordam beradi” - deb ta'rif beradi . 
A.Maslou ham kreativlikni - barchaga xos tug'ma ijodiy yo'nalish, atrof 
muhitning ta'sirida ko'pchilikda yo'qolib ketuvchi faoliyat deb hisoblagan. 
Amerikalik psixolog olim Dj Pol Gilford o'zining ilmiy tadqiqot ishlarida 
kreativlik va intellektni birinchi marotaba taqqosladi. U intellekt strukturasi 
modelini yaratishda tafakkurni konvergent va divergent turiga ajratdi.
Konvergent tafakkur - (lotincha convergere– “bir yo'ldan”) tafakkur 
formasi bo'lib, muammoning bir qancha yechimlaridan faqat yagona to'g'risini 
tanlashdir. Konvergent tafakkur asosida intellekt yotadi, shuning uchun 
intellektual tafakkur deb ham ataladi.


127 
Divergent tafakkur – (lotincha divergere – “bo'linish”) ijodiy tafakkur 
metodlaridan biri bo'lib, berilgan bir muammoning bir qancha yechimlarini 
topish, shuning bilan bir qatorda, divergent tafakkur “bir vaqtning o'zida turli 
yo'nalishlarga izlanish, ya'ni bir muammoga bir nechta to'g'ri javoblar borligini 
va original ijodiy g'oyalarning tug'ilishiga xizmat qiladi.
Divergent tafakkurning asosida kreativlik yotadi.Djo Gilford umumiy 
qobiliyatlar sohasini tadqiq qilish natijalarini tizimlashtirib, “Intellekt strukturasi 
modelini” ni taklif etadi. Uning modeli asosida “mazmun”, “operatsiya”, 
“Reaksiya” tushunchalari mavjud. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin