125
- ma'naviy-ma'rifiy
tadbirlarning reja uchun emas, balki talabalarning
ehtiyojlarini qondirish, ularni shaxs va mutaxassis sifatida shakllanishlarini
ta'minlash maqsadida tashkil etish;
- ma'naviy-ma'rifiy ishlarni ularning yo'nalishi, mazmuni,
xarakteriga,
ko'lami va b. xususiyatlariga ko'ra turli shakllardan interfaollik asosida tashkil
etilishiga erishish;
- har bir ma'naviy-ma'rifiy tadbirning aniq maqsad asosida tashkil etilishi
va albatta, kutilgan natijani kafolatlay olishini ta'minlash;
- ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va o'tkazishda akademik guruhning
barcha talabalari birdek faol ishtirok etishlariga erishish.
Nafaqat ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar
tashkil etiladigan joy, balki o'quv
mashg'ulotlari o'tkaziladigan auditoriyaning jihozlanishiga erishish pedagogning
ham tashkilotchilik, ham kreativ faolligidan dalolat beradi. Har ikki holatda ham
pedagog o'rganiladigan, tahlil etiladigan mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda
o'quv auditoriyasi va tadbir o'tadigan joy (xona)ni o'ziga xos ruhda bezata olishi
maqsadga muvofiqdir.
O'quv mashg'ulotlarida auditoriyaning mavzuning xarakteriga ko'ra
plakatlar, mulajlar, gerbariylar, xaritalar, badiiy adabiyotlar, olimlar, rassomlar,
yozuvchilar, sarkardalar hamda davlat arboblarining portretlari, ish jihozlari,
yozishmalari, adabiyotlari, badiiy asarlari va h.k. bilan bezatilishi mashg'ulot va
tadbir ruhiyatini ko'tarishga, talabalarga ijobiy, hissiy ta'sir ko'rsatadi.
Pedagog qanchalik kreativ bo'lsa, o'quv auditoriyasi va ma'naviy- ma'rifiy
tadbirlar tashkil etiladigan xonani talabalar bilan hamkorlikda,
ularning ijodiy
imkoniyatlari, kreativlik layoqatlariga tayangan holda jihozlashga muvaffaq
bo'ladi. Natijada ham talabalarning kreativ faolligi oshadi, ham mashg'ulot,
tadbirning ta'sirchanligi kuchayadi.
Shunday qilib, zamonaviy o'qitishda muammoli ta'lim muhim ahamiyatga
ega. Muammoli ta'lim texnologiyalari talabalarda fikrlash, qaror qabul qilish, o'z
126
fikrini asoslash qobiliyatini shakllantirish ko'nikma, malakalarini samarali
shakllantirishga yordam beradi. Bu kabi texnologiyalar orasida “Keys-stadi”
texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Keys-stadidan ta'lim
jarayonida
o'rinli, maqsadli,izchil foydalanish o'qitish sifatini yaxshilash, samaradorligini
oshirish, shu bilan birga talabalarning o'quv-bilish faoliyatini faollashtiradi.
Dostları ilə paylaş: