Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Intellektuallik – yoshlarning aqliy salohiyatini shakllantirish, ularni 
zamonaviy jamiyatda yashashga tayyorlashning quyi bosqichi hisoblanadi. 
Ularni kreativ tafakkurga o'rgatishgina, ularning aqliy salohiyatini ishga sola 
olish qobiliyati tarbiyalanganligini ko'rsatadi. Ya'ni kreativlik mavjud 
muammolarning yangicha yechimlari hisoblanadi.
Hozirda ko'plab ilm dargohlarida (ayniqsa chet ellarda) kreativlikni 
tarbiyalashga katta e'tibor qaratishmoqda. Buning sababini esa biz yuqorida 
yoritishga harakat qildik.
Shu boisdan pedagoglarning kreativlikni tarbiyalashga e'tibor qaratishlari 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Buning uchun birinchi navbatda krreativ 
tafakkur o'qituvchining o'zida mujassam bo'lishi zarur. Quyida kreativlikni 
tarbiyalashning ba'zi mezonlarini keltiramiz: 
1.O'z tafakkuringizni original, optimal yechimlar topish va ularni targ'ib 
qilishga qarating, yangi g'oyalarni ishlab chiqishga o'zingizni undang; 


68 
2.Yangiliklardan yoki boshqa insonlar siz to'g'ringizda noto'g'ri 
tushunchaga borishidan cho'chimang; 
3. Keng mushohada etishga harakat qiling, an'anaviy bo'lmagan sullardan 
foydalanish, o'z tafakkur tarzi, milliy mentalitet va steriotitlar qobig'idan chiqib 
ketishga urining, erkin ijodiy mushohada yuriting
4.Agar birinchi tajribangiz muvaffaqiyatsiz bo'lsa ham, o'z tajribangizdan 
voz kechmang, noan'anaviy usullarda fikrlashni davom ettiring, masala 
yechimining boshqa variantlarini topishga harakat qiling, boshqa yo'llarni aqlan 
qidirib topish davom eting; 
5.Disput, diskussiya, bahs, munozaralar uchun doimo ochiq bo'ling, uni 
o'zingizga qaratilganligiga ishonmang, bahsni to'g'ri tashkil qiling, o'z 
fikringizni har qanday bahslashuv jarayonida nazorat qilib boring; 
6.Tushunarsiz narsa va hodisalarning mohiyatini anglashga harakat qiling. 
7.An'anaviy usullarda faoliyat olib borishdan voz keching, yangi usullarda 
ishlashga urinib ko'ring; 
8.Yangi g'oyalardan qo'rqmang, ularni albatta keng qo'llang. 
Bugungi kunda dunyo ta'lim hamjamiyati, pedagogika va psixologiya 
oldida ta'lim muassasalarida shaxsni optimal rivojlantirish vazifasi turibdi. 21 
asr yoshlarini bilimlarni o'zlashtirishda, ertangi jamiyatga tayyorlashda nafaqat 
an'anaviy, balki noan'anaviy kreativ tafakkurga ega bo'lgan kadrlar qilib 
tayyorlashimiz zarur. Zero, zamonaviy ta'lim taraqqiyoti yangi bilim, malaka va 
g'oyalar hisobiga rivojlanadi. Bu esa o'z o'rnida jamiyat taraqqiyoti, xalq 
forovonligi va davlatimiz ravnaqi uchun xizmat qiladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin