69
pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning to'rta yo'li
ko'rsatilgan:
1-yo'l: kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg'u
kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish asosiy e'tibor markazida bo'lib,
talabalar fe'llar yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini
ifodalashga yo'naltiriladi. Xususan, o'qituvchilar kreativ fikrlash ko'nikmasini
samarali shakllantirish maqsadida talabalarga
ularni fikrlashga undovchi
savollar tarkibida zarur fe'llarning bo'lishiga e'tibor qaratiladi. Bu holat misollar
bilan tushuntirilsa, talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi o'rtasidagi
bog'liqlikni ta'riflab bering” mazmunidagi nazorat savoli ularda kreativlikni
shakllantirmaydi. Zero, savol tarkibidagi “ta'riflab bering” tushunchasi o'z
mohiyatiga ko'ra “mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o'ting”
deyish bilan
teng.
Nazorat savollarini berishda talabalarni fikrlashga undovchi so'z
(fe'l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli
shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo'liga ko'ra pedagoglar
turli, antiqa, noan'anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so'z
(fe'l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. M: “bog'liqlikni toping”,
“yarating”, “bashorat qiling”, “fikrni mantiqan bayon eting”, “tasavvur qiling”
kabi so'z (fe'l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi.
Agarda pedagog talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi o'rtasidagi
bog'liqlikni ta'riflab berish”ni talab qilish o'rniga, “yurak va qon aylanish tizimi
o'rtasidagi bog'liqlikning barcha turlarini keltirish”ni so'rashi lozim. Natijada
talabalar ham mavjud
bilimlarni umumlashtirish, ham yangi fikr va g'oyalarni
ilgari surish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Pedagoglar birinchi yo'lni qo'llash – talabalarda kreativlik ko'nikmasini
shakllantirishda yosh o'qituvchilarning “Kreativlik xaritasi”dan foydalanishlari
maqsadga muvofiqdir.
70
2-yo'l: amaliy kreativ harakat ko'nikmalarini rivojlantirish.
Pedagoglar talabalarda kreativ harakat ko'nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishda ko'rsatmali metod va usullardan foydalanadi. Bu o'rinda
savollardan foydalanish faqat qisqa
muddatda yordam berishi mumkin, biroq,
talabalara interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.
3-yo'l: kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish. Mazkur yo'l talabalarni
muammoni yechish va innovatsion g'oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ,
ijodiy fikrlashga urg'u beradi.
Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qo'llanilmasa-da, kreativ
fikrlash yuz beradi. M: “Yurak va qon aylanishi tizimi o'rtasidagi bog'liqlikni
topish”. Topshiriqni bajarar ekan, talabalar odamning qon aylanishi tizimi bilan
bog'liq turli muammolarni tahlil qiladi. Natijada ushbu jarayonda ko'p
tomonlama
fikrlash, mushohada yuritish ro'y beradi.
4-yo'l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. Bu yo'lni tutishda
pedagog talabalarga “Odamning qon aylanish tizimi” mavzusida Power Point
dasturi yoki mul`timediya yordamida taqdimotni yaratish topshirig'ini
berishi
mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida talabalarda kreativ fikrlash
ko'nikmalari faol rivojlanadi.
Talabalar o'zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to'la
namoyon qilishlari mumkin. Agar talabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash
qo'rquv hissi mavjud bo'lsa, fikrni noto'g'ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga
uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko'nikmalarini
samarali
shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo'lmaydi.
Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va
kreativ fikrlash ko'nikmalarini baholashda qo'llaniladigan metod va vositalar
muhim ahamiyat kasb etadi.
Kreativ xarakterga ega muhitdagina talabalar o'rganayotgan
mavzuning
mazmuni, o'quv axborotlar o'rtasidagi o'zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega
bo'ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi. M: Talabalar “Immigratsiya
71
hodisasining mohiyati”ni “Aqliy hujum” strategiyasi asosida o'rganish
jarayonda, eng avvalo, strategiyaning o'zi nimaligini, uni qanday qo'llash
zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo'lishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: