3
Kirish
“Kreativ pedagogika asoslari” fanining maqsadi: kurs talabalarini kreativ
pedagogikaning umumiy asoslari, tamoyillari, pedagoglarda kreativlik sifatlarini
rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalar bilan tanishtirish orqali ularda
o'quv va ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonini, talabalarning ilmiy-tadqiqot
faoliyatlarini samarali tashkil etishga nisbatan kreativ
yondashish malakalarni
rivojlantirishdan iborat.
Ushbu “Kreativ pedagogika asoslari” o'quv qo'llanma, talabalarni kreativ
pedagogikaning umumiy asoslari, tamoyillari, pedagoglarda kreativlik sifatlarini
rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalar bilan tanishtirish; mashg'ulotlar
uchun didaktik
ishlanmalar tayyorlash; nazariy va amaliy mashg'ulotlar uchun
o'quv topshiriqlari turlarini belgilash; o'quv topshiriqlarini ishlab chiqish; o'quv
topshiriqlari uchun ish qog'ozlarini hama o'quv fanlari bo'yicha joriy, oraliq va
yakuniy nazoratlar uchun sinov topshiriqlarini tayyorlashga kreativ yondashish
ko'nikmalarini shakllantirish; talabalarning mavzu mohiyatidan kelib chiqqan
holda to'liq, g'oyaviy
mazmun va ilmiy asoslarga ega, amaliy qiymatga ega
o'quv materialini tayyorlay olish, ma'ruza mashg'uloti uchun mo'ljallangan
matnning vizual xususiyat kasb etishi (o'quv axborotining grafik (sxema, jadval,
diagramma, tasvir, giperbolik va b.) ko'rinishda bo'lishi)ga erishish, ma'ruza va
amaliy mashg'ulotlar, shuningdek, reyting nazorati uchun keyslar va darajali
testlar to'plamini shakllantirish
borasidagi ko'nikmalarining
malakaga
aylanishini ta'minlashga qaratilgan.
“Kreativ pedagogika asoslari” fanini o'zlashtirish
jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida talaba: “Kreativlik” va “Kreativ pedagogika”
tushunchalarining mohiyati; kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti
va predmeti; kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va muhim
kategoriyalari;
kreativ
pedagogikaning
ilmiy
tadqiqot
metodlari;
pedagoglarning kreativlik sifatlari, kreativlik imkoniyatlari va malakalari;
pedagoglar kreativ imkoniyatining muhim darajalari va ularni aniqlovchi
4
mezonlar; pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari
va
shartlari; pedagoglarda kreativlikni rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi
omillar; pedagoglarning kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlash shakllari,
metod va vositalari; pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish bosqichlari,
metod va vositalari to'g'risidagi bilimlarga ega bo'lishi; o'quv dasturlarini
yaratish; nazariy va amaliy mashg'ulotlar uchun materiallarni to'plash va ularni
saralash; o'quv axborot (ma'lumot)larini samarali izlash; nazariy va amaliy
mashg'ulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlash; nazariy va amaliy
mashg'ulotlar uchun o'quv topshiriqlari turlarini belgilash; o'quv topshiriqlarini
ishlab chiqish; o'quv topshiriqlari uchun ish qog'ozlarini hama o'quv fanlari
bo'yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun sinov topshiriqlarini
tayyorlashga kreativ yondashish; mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda to'liq,
g'oyaviy mazmun va ilmiy asoslarga ega, amaliy qiymatga ega o'quv materialini
tayyorlay olish; ma'ruza mashg'uloti uchun mo'ljallangan
matnning vizual
xususiyat kasb etishi (o'quv axborotining grafik (sxema, jadval, diagramma,
tasvir, giperbolik va b.) ko'rinishda bo'lishi)ga erishish ko'nikmalarini egallashi;
ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar, shuningdek, reyting nazorati uchun keyslar va
darajali testlar to'plamini shakllantirish; ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil
etishda kreativlik sifatlarini to'laqonli namoyish etish; mavzu mohiyati va o'quv
materialining xarakteridan kelib chiqqan holda auditoriyani jihozlash; ma'naviy-
ma'rifiy tadbir mavzusi, yo'nalishi va xarakteridan
kelib chiqqan holda u
o'tkaziladigan joyni jihozlashga kreativ yondashish malakalarini egallashi;
kreativ yondashuv asosida o'quv va ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayoni
muvaffaqiyatli tashkil etish; talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali
yo'lga qo'yishda pedagogik kreativlik sifatlarini egallashi ko'zda tutilgan.