Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari 
 
Hozirgi zamon pedagogikasi yuqori malakali pedagogik kadrlarga ehtiyoj 
sezadi.Ushbu loyihani amalga oshirish quyidagilarni amalga oshiriladi: 
1. O`qituvchilarni ma`naviy va moddiy rag`batlantirish sistemalarni tadbiq 
etish; 
2. Pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o`tkazishda qo`yiladiagan talablarni 
yangilash; 
3. Ularning malakasini oshirish; 
4.Eng yaxshi o`qituvchilarning tajribalarni keng ommalashtirish. 
Yangi, hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish o`qituvchidan 
nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o`z ishiga ijodiy 
yondashishni talab qiladi. O`qituvchining kreativligi o`z tajribasini qayta ko`rib 
chiqishi va yaxshilash hammaga ma`lum narsalarni o`zgartira olishi va ijodiy 
foydalana bilish, sifat jihatdan yangiliklarni yaratish juda katta ahamiyatga ega 
bo`lib bormoqda. 
Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, 
ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma`nosini anglatadi. Haqiqatdan esa 
yangi, original (o`ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma`naviy 
boyliklarni yaratishdir. 
Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o`ziga doimiy 
tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya 
va pedagogika lug`atlariga asoslanib o`qituvchining kreativligi deb uning 


18 
fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy 
yondashish, bilish darajasi deb ta`riflash mumkin. 
O`qituvchining kreativligi, bu uning qat`iy, chegaralangan yoki sust 
chegaralangan sharoitlarda har xil original g`oyalarni izlab toppish laoyiqatidir. 
Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi o`zaro bir-biriga bog`liq kreativlik 
tarkibiy komponentlarini ajratsh imkoni beradi: 
1. Intellektual (aqliy); 
2. Axloqiy (o`z-o`zini boshqarish); 
3. Motivatsion (maqsadiy); 
4. Emotsianal (his hayajonli). 
Kretiv layoqat quyudagi o`zaro bir-biriga bog`liq bo`lgan qismlardan iborat 
bo`ladi: 
1. Kreativlik maqsad; 
2. Ijodiy intilish; 
3. Kreativ (ustanovka) qurish, 
4. Kreativ yo`nalish; 
5. Kreativ ifodali akt; 
6. Kreativ o`z-o`zini boshqarish; 
7. Kreativ faollik; 
8. Kreativ intilishlar darajasi. 
O`qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo`ladi va 
rivojlanadi.
K.Rodgers “Ijod-o`z o`zini kuchaytirish demakdir” degan asarida ijodiy 
shaxs uchun eng asosiy savollardan birini beradi: “Meni meni hayot tarzim 
qoniqtiradimi yoki to`g`ri talqin etadimi. O`qituvchining ushbu savolga javobi 
uning kasbiy va ijodiy cho`qqilarga intilishi yuqori ijodoy malakali va o`zini 
ijodiy tomondan to`la namoish etishga intilishi kreativ shaxs bo`lishi”. 
Shunday qilib kreativlik o`qituvchining ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi
ijodiy qobiliyati, kreativ maqsadi, yo`nalishi va o`zini boshqara olishida 


19 
ko`rinadi va uni o`zini faolligi, o`zini-o`zi boshqara olishi bilan yetuk 
rivojlanayotgan, o`sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi. 
Pedagogning kreativlik potentsiali uning umumiy xususiyati sifatida aks 
etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat 
shaxsning o`z-o`zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni 
ifodalaydi. 
Qolaversa, kreativ potentsial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy 
qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo`ladi. 
Kreativ 
potentsial 
bilish 
jarayoniga 
yo`naltirilgan 
ijodkorlik 
bilan 
chambarchas bog`liq. Pedagogning kreativ potentsiali an`anaviy tafakkur 
yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo`ladi: 
- tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi; 
- yangi g`oyalarni yaratish qobiliyati; 
- bir qolipda fikrlamaslik; 
- o`ziga xoslik; 
- tashabbuskorlik; 
- noaniqlikka toqat qilish; 
Pedagog kreativlik potentsialiga ega bo`lishi uchun kasbiy faoliyatida 
quyidagilarga e`tiborini qaratishi zarur: 
- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish; 
- yangi-yangi g`oyalarni yaratishda faollik ko`rsatish; 
- ilg`or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o`rganish; 
- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish. 
Har bir pedagogning o`zini- o`zi rivojlantirishi va o`zini- o`zi namoyon eta 
olishi 
bevosita uning 
kreativlik 
qobiliyatiga 
egaligi 
bilan bog`liq. 
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo`lishlari pedagogik 
muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni 
amalga oshirish va o`zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta`minlanadi. 
Pedagog o`z-o`zidan ijodkor bo`lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati 


20 
ma`lum vaqt ichida izchil o`qib-o`rganish, o`z ustida ishlash orqali 
shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday 
mutaxassisda bo`lgani kabi bo`lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega 
bo`lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo`yiladi va kasbiy faoliyatni 
tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o`zini-o`zi ijodiy 
faoliyatga yo`naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim 
ahamiyatga ega. 
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod 
mahsulotlarini 
yaratishga 
alohida 
e`tibor 
qaratishi 
zarur. 
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala 
echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning 
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o`z oldiga muammoli masalalarni 
qo`yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo`lgan dalillar bilan 
to`qnash keladi. Buning natijasida o`z ustida ishlash, mustaqil o`qib o`rganishga 
nisbatan ehtiyoj sezadi. 
Kreativlikni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini tahlil qilish 
natijalari bo'lajak o'qituvchining pedagogik amaliyot davridagi kreativligini 
rivojlantirishning tarkibiy-funksional modeli tamoyillarini ajratib ko'rsatish 
imkonini beradi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin