12
optimal variantlarini tanlash asosida amaliy ko'nikmalarini shakllantirish orqali
pedagogning kreativlik potentsiali darajasini oshirish, pedagogik faoliyatga
tayyorlash jarayonini takomillashtirish zaruratini taqozo etadi.
Ta'lim sifatini ta'minlash - bitiruvchilarning kasbiy
tayyorgarlik darajasi
bilan birga o'quv jarayonining qanday tashkil etilishi va uning belgilangan sifat
mezonlariga javob berishida ko'rinadi. Ushbu vazifa bir qator qonunchilik va
me'yoriy hujjatlarda, xususan, kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat
ehtiyojlaridan, fan,
madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy
yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish misolida aniq maqsadlarga
yo'naltirilgan ko'rsatma va tamoyillar ko'rinishida o'z aksini topgan.
Hozirgi davrda ta'lim samaradorligini oshirish, mutaxassislarning kasbiy
kompetentlik darajasini rivojlantirish, rahbar va pedagog
kadrlarni innovatsion
faoliyatga yo'naltirish, oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayoniga innovatsion
ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ilg'or xorijiy
tajribalarni o'zlashtirish va maqsadli yo'naltirish oliy ta'lim tizimini
modernizatsiyalashdagi dolzarb vazifalar sifatida belgilandi. Bu esa o'z
navbatida oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv-uslubiy faoliyat mazmunini
takomillashtirish, o'qitishning innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish
zaruratini shakllantiradi.
Ta'limni
modernizatsiyalashdan
maqsad
ta'limning
taraqqiyotini
ta'minlash, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlari, har bir shaxsning va
oilaning ehtiyojlari aks etishi lozim. Bunday taraqqiyot tizimini yaratish uchun
quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
-davlat tomonidan to'liq ta'lim olish huquqini ta'minlanishi;
-ta'lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy ta'lim sifatini
ta'minlash;
13
-ta'limning xuquqiy-me'yoriy bazasini takomillashtirish
va tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlarni yangi resurslarini aniqlash va jalb etish;
-pedagog kadrlarning kasbiy-innovatsion kompetentligini rivojlantirish va
rag'batlantirish;
-ta'lim tizimiga ilg'or xorijiy tajribalarni, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining so'nggi yutuqlarini keng joriy etish;
-fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi konsorsiumni rivojlantirish;
-uzluksiz ta'lim tizimida yoshlarning kreativ ko'nikmalarini, intelektual
sifatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan innovatsion ta'lim texnologiyalarini
tatbiq etish va boshqalar.
Bugungi
kunda ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilik yaratishga qaratilgan
faoliyat kreativ faoliyat deb tushuniladi. Kreativlik so'zi (inglizcha “kreate” –
yaratuvchanlik, ijodkorlik) so'zidan olingan bo'lib, inson shaxsining ijodkorlikka
bo'lgan qobiliyati, ijodkorlik iste'dod darajasi, individning an'anaviylik yoki odat
tusiga kirgan fikrlash sxemasidan uzoq bo'lgan, prinsipial yangi g'oyalarni
yaratishga tayyorlikni xarakterlovchi, shuningdek, muammolarni o'zgacha tarzda
bartaraf etish, iqtidorning mustaqil faktori sifatida qabul qilingan ijodiy
qobiliyatlaridir.
Kreativ shaxs bo'lish, bizning misolimizda esa, kreativ o'qituvchi bo'lish –
bugungi ta'limiy faoliyatda fzalliklarga ega bo'lish, masalan,
boshqa
o'qituvchilar ichida ajralib turish, boshqalarga qaraganda qiziq suhbatdosh
14
bo'lish, ta'limda uchraydigan qiyinchiliklardan noodatiy tarzda chiqib ketish
demakdir.
Kreativ qobiliyatlarni faqat yangi g'oyalarni yaratishgina uchun emas, balki
hayot tarzining, yoki alohida olingan aspektlarni yaxshilash uchun qo'llash va
shaxsning ichki dunyosi rivojlanishida muhim o'rin tutadi.
Kreativlik axborotni yodda saqlash va faktlarni yig'ishga asoslanganligi
tufayli an'anaviy ta'lim sistemasi har doim ham o'qitishda kreativ yondoshuvga
asos bo'la olmaydi. Bu holat shaxsga yo'naltirilgan ta'limning,
xususan
talabaning kreativlik qobilyatini rivojlantirishga qodir emas. Kundalik hayot
tarzi ko'pincha shaxsning kreativ xususiyatlarining pasayishiga sabab bo'ladi.
Shu tufayli, kreativ qobiliyatlarning rivojlanishi uchun faqat maxsus tashkil
qilingan muhit bo'lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: