Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Ravonlik. Ko'plab g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmasi ko'p degan so'zga  asoslanadi.  Moslashuvchanlik



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Ravonlik. Ko'plab g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmasi ko'p degan so'zga 
asoslanadi. 
Moslashuvchanlik. Turli g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmasi o'zgartirish 
degan so'zga asoslanadi. 
O'ziga xoslik. Boshqalarga o'xshamagan, ajralib turuvchi g'oyani o'ylab 
topish ko'nikmasi noyob degan so'zga asoslanadi. 
Yaratuvchanlik. G'oyalarni kengaytirish ko'nikmasi qo'shish degan so'zga 
asoslanadi. 


24 
Kreativlik darslarida pedagoglardan ajoyib g'oyalarni o'ylab topish (o'ziga 
xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g'oyalar bilan 
solishtirish va ulardagi bog'liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda, 
mazkur ko'nikmalar bir-biri bilan kesishadi. 
Patti Drepeau tomonidan ham shaxsda kreativlik sifatlari ni muvaffaqiyatli 
rivojlantirishning to'rtta yo'li ko'rsatilgan: 
Kreativ fikirlash ko'nikmasini shakllantirish; 
Amaliy kreativ harakat ko'nikmalarini rivojlantirish 
Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish; 
Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish. 
Xorijiy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning 
ayniqsa o'qituvchining kreativligi boshqalarni ijodiy jarayonini tashkil etishga 
ruhlantiradi. 
2-modul.Kreativ pedagogikaning nazariy asoslari 
Reja: 
Kreativlikka oid tadqiqotchilarning fikrlari va uning dolzarbligi 
Kreativ salohiyatning tashkiliy aspektida pedagog kadrlar kasbiy 
faoliyatining o'ziga xosligi 
Kreativlik xaqida nazariy tushunchalar 
 
Tayanch tushunchalar: Kreativlik, kreativ pedagogika, tadqiqotchilar, 
dolzarblik, kreativ salohiyat, pedagog kadr, kasbiy faoliyat, nazariy 
tushunchalar 
 
Ijod madaniyat singari, inson hayotiga, demak, ta'lim tizimiga ham kirib 
borishi kerak. Binobarin, ijodiy pedagogikaning ijtimoiy fanlari tizimida ya'ni 


25 
pedagogikaning yangi tarmog'i sifatida rivojlanishi uchun qator shart-sharoitlar 
mavjud. 
Kreativ pedagogika - bu ijodiy ta'lim fani va san'atidir. Bu pedagogikaning 
majburlash pedagogikasi, hamkorlik pedagogikasi, tanqidiy pedagogika kabi 
pedagogika turlariga qarama-qarshi bo'lgan pedagogikaning bir turi hisoblanadi. 
Kreativ pedagogika o'quvchilarni ijodiy fikrlashga, kelajagini yaratuvchisi 
bo'lishga o'rgatadi. 
Kreativ pedagogika, har qanday fanga, xoh matematika, xoh fizika, xoh 
tillar, xoh iqtisod bo'lsin, qo'llanilish mumkin bo'lgan pedagogikadir. Ma'lum 
darajada aytish mumkinki, uning metodologiyasi o'qitish va o'rganish jarayonini 
o'zgartiradi. 
Xorij 
olimlaridan 
S.Godnik, 
A.Dunaeva, 
N.Kichuk, 
N.Anoxina,
V.Bespal`ko, 
D.Bogoyavlyanskaya, 
YE.Varlamova, 
S.Stepanov, 
N.Vishnyakova, I.Voloshuk, A.Zakirov, I.Isaev, M.Kaplonova, S.Sisoeva, 
I.Zyazyun, N.Nikolaenko kabi olimlar tomonidan pedagog kadrlarning kreativ 
faoliyatining o'ziga xosliklari o'rganilgan. 
I.Borzenkova, M.Kashanov, V.Klimenko, YA.Ponomarev, Ye.Nikoleva, 
M.Merovich, 
A.Raximova, 
V.Romenets 
tomonidan 
kreativlikni 
shakllantirishning psixologik masalalari tadqiq etilgan. 
Xorijiy 
tadqiqotlar 
tajribasida 
kreativlik 
va 
kreativ 
qobiliyatni 
shakllantirish masalasi A.Rou, E.De Bono, Dj.Gilford, G.Demos, Ye.Torrans, 
E.From, K.Rodjers, A.Maslou, F.Barron, R.Stenberg, T.Lyubard, K.Mushiru, 
S.Tordjman, F.Zenasni, CH.Lendri, T.Amabail, E.Xemlin, R.Vaysberg, 
N.Davidovich, R.Milgram, D.Xenriskon tadqiqotlarida o'z ifodasini topgan. 
Pedagog kadrlarni zamonaviy bilimlarning yetkazuvchisi, yaratuvchisi 
sifatida tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonida ularning kreativ salohiyatni 
shakllantirish katta ahamiyat kasb etadi. Kreativlikka oid tadqiqotlar asoschisi 
D.Gilford muammolarning samarali yechimi mavjud intellektual testlar bilan 
o'lchanadigan bilim va malakalarga emas, balki tezkor ravishda turli usullar 


26 
bilan vazifani hal qilish uchun taqdim qilingan axborotni qo'llashga bo'lgan 
individual qobiliyatga bog'liqligini isbotladi. Bunday o'ziga xoslik esa kreativlik 
deb nomlandi. 
D.Gilford va Ye.Torrans kreativ tafakkurning o'ziga xosliklarini 
tavsiflovchi 16 ta intellektual qobiliyatni ajratib ko'rsatdi. Ular orasida tezkorlik, 
uddaburonlik, qiziquvchanlik va mantiqiy fikrlash alohida ahamiyat kasb etadi. 
Keyinroq D.Gilford mazkur qobiliyatlarni turli yo'nalishlarda sodir 
bo'ladigan va muammoni hal qilish yo'llarini tasniflashlashga imkon beradigan 
Divergent tafakkur” nomi ostida umumlashtirdi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin