Bo'lajak pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish bosqichlari Kreativlik “turli vaziyatlarda ta'lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan
qarorlarni qabul qilishda yaqqol namoyon bo'lib, u pedagogning ijodiy
faolligini tavsiflaydi”. Mohiyatiga ko'ra OTM pedagoglarida kreativlik
sifatlarini rivojlantirish ular tomonidan pedagogik, psixologik hamda
mutaxassislik fanlari asoslaridan to'la xabardor bo'lish, ular tomonian
o'zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda faol qo'llay olish ko'nikma va malakalarini
shakllantirish hisobiga kechadi.Har qanday shaxsda bo'lgani kabi pedagoglarda
ham ijodiy-kasbiy xarakterdagi sifatlardan biri sifatida kreativlik muayyan
bosqichlarda rivojlanadi. Ta'lim amaliyotini kuzatish, talabalar va malaka
oshirish kursi tinglovchilarining faoliyatini o'rganish, tashxislovchi metodlarni
qo'llash natijasida mu'lum bo'ldiki, pedagoglarda kreativlik quyidagi to'rt
bosqichda shakllanadi va rivojlanadi.
Bosqichlar Маzmuni 1-bosqich
Pedagogik, psixologiya, falsafa, estetika kabi fanlar
(turkum fanlar)ning nazariy-metodologik asoslarini
o'zlashtirish
2- bosqich
O'zlashtirilgan nazariy bilimlarni uzlukli va uzluksiz
pedagogik amaliyot davrida, shuningdek, amaliy
mashg'ulotlar
va
mustaqil
ta'lim
jarayonida
amaliyotga tadbiq etish ko'nikmalarini hosil qilish
3- bosqich
Mustaqil ravishda o'qib-o'rganish va ijodiy izlanish
asosida
hosil
qilingan
amaliy
ko'nikmalarning
malakalarga aylanishiga erishish
4- bosqich
Mavjud nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarga
tayangan holda kasbiy faoliyatni samarali tashkil
etishga psixologik jihatdan tayyorlanish
84
Talabalara kreativlik sifatlarining o'zlashtirilishiga erishish yo'lida
pedagogik faoliyatni tashkil etishda yuqorida qayd etib o'tilgan barcha
bosqichlar birdek ahamiyatli sanaladi.