Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Nazorat savollari: 
1.Pedagogik kreativlikka qanday sifatlar xos? 
2.Pedagoglarda 
qanday 
ijodiy-pedagogik faoliyat 
malakalari 
mavjud bo'lishi zarur? 
3.Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning qanday yo'llari mavjud? 
4.Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar nimalarda aks etadi? 
5.Shaxs 
kreativligini rivojlantirishning ustuvor 
tamoyillari 
qaysilar? 
6.Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari nimalarda aks etadi? 
7.Pedagoglar kreativlik 
imkoniyatlarining tarkibiy 
asoslari
nimalardan iborat? 
8.Pedagoglarning kreativlik imkoniyati qanday mezonlar yordamida 
aniqlanadi? 
9.Pedagoglarning kreativlik imkoniyati qanday darajalarda namoyon 
bo'ladi? 


78 
4-modul: OTM pedagoglarida kreativlik sifatlari va ijodiy tafakkurni 
rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalar 
 
Reja: 
1.Pedagoglarning kreativlik 
sifatlariga egaliklarini aniqlovchi shakl, 
metod va vositalar. 
2.Bo'lajak pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish bosqichlari. 
3.Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi metod, vosita va
texnologiyalar. 
4.Pedagogik faoliyatni 
tashkil 
etishda 
axborot texnologiyalari
imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish. 
Tayanch tushunchalar: kreativlik sifatlari, kreativlik sifatlariga egalikni 
aniqlash, shakl, metod, vosita, kreativlik sifatlarini rivojlantirish, axborot 
texnologiyalari
 
Rivojlangan kreativlik shaxs ijodkorligining muhim tarkibiy qismidir. U 
shaxsning kognitiv maqsadga erishish, boshlangan ijodiy ishni davom ettirish, 
bilish faoliyatidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, aqliy harakatlarni rejalashtirish 
va ketma-ketlashtirish, maqsadga erishish variantlari va usullarini izlash istagida 
ifodalanadi. 
Shuningdek shaxsda stenik tuyg'ular (kognitiv va ijodiy faoliyatdan 
quvonch hissi, ixtirolar jarayonida qiyinchiliklarni engishga tayyorlik, kognitiv 
yoki ijodiy maqsadga erishishdan g'ururlanish, biror narsa o'ylab topish 
imkoniyatidan zavqlanish, ijodiy ish boshlanishidagi optimistik faollik, uning 
ijobiy natijasini kutish, muvaffaqiyasizliklar holatida xotirjamlik va boshqalar) 
ham hosil bo'ladi.
Inson aql-zakovati sohasidagi mutaxassislar ijodiy jarayonni ta'minlash 
uchun konvergent (mantiqiy, ketma-ket, chiziqli) va divergent (yaxlit, intuitiv


79 
aloqador) tafakkurning kombinasiyasi zarur deb hisoblaydilar. Tafakkur 
xususiyatlarining bunday kombinasiyasi natijasi ongning ravonligi va 
moslashuvchanligi, shuningdek, o'ziga xoslik, hukmning aniqligi bilan 
uyg'unlikda namoyon bo'ladi 
Pedagogik jarayonda ijodkorlikni rivojlantirish uchun shaxs salohiyatini 
oshirishga, ijodiy faolligini oshirishga yordam beradigan o'qitish metodlari va 
texnologiyalaridan foydalanish zarur. Ushbu texnologiyalar shaxsning o'zini o'zi 
qadrlashni shakllantirishga, o'z imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni oshirishga va 
voqelik bilan adekvat aloqada bo'lishga to'sqinlik qiladigan psixologik 
qiyinchiliklarni rivojlanishiga yordam beradi. 
Xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimi amaliyotida shaxs kreativlik 
sifatlarida shakllantirish yoki rivojlantirishga xizmat qiladigan ko'plab metod va 
strategiyalar qo'llaniladi. Ushbu metod va strategiyalarning didaktik ahamiyati 
shundaki, ular talaba va o'quvchilarni o'quv materiallari yuzasidan chuqur 
o'ylashga majbur qiladi. Shu sababli bu metod va strategiyalarni kreativlik 
sifatlari nihoyatda past rivojlangan o'quvchi va talabalar bilan ishlash jarayonida 
samarali qo'llab bo'lmaydi. 


80 
Kreativ shaxslar ikki toifaga bo'linadi: 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin