78
4-modul: OTM pedagoglarida kreativlik sifatlari va ijodiy tafakkurni
rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalar
Reja:
1.Pedagoglarning kreativlik
sifatlariga egaliklarini aniqlovchi shakl,
metod va vositalar.
2.Bo'lajak pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish bosqichlari.
3.Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi metod, vosita va
texnologiyalar.
4.Pedagogik faoliyatni
tashkil
etishda
axborot
texnologiyalari
imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish.
Tayanch tushunchalar: kreativlik sifatlari, kreativlik sifatlariga egalikni
aniqlash, shakl, metod, vosita, kreativlik sifatlarini rivojlantirish, axborot
texnologiyalari.
Rivojlangan kreativlik shaxs ijodkorligining muhim tarkibiy qismidir. U
shaxsning kognitiv maqsadga erishish, boshlangan ijodiy ishni davom ettirish,
bilish faoliyatidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, aqliy harakatlarni rejalashtirish
va ketma-ketlashtirish, maqsadga erishish variantlari va usullarini izlash istagida
ifodalanadi.
Shuningdek shaxsda stenik tuyg'ular (kognitiv va ijodiy faoliyatdan
quvonch hissi, ixtirolar jarayonida qiyinchiliklarni
engishga tayyorlik, kognitiv
yoki ijodiy maqsadga erishishdan g'ururlanish, biror narsa o'ylab topish
imkoniyatidan zavqlanish, ijodiy ish boshlanishidagi
optimistik faollik, uning
ijobiy natijasini kutish, muvaffaqiyasizliklar holatida xotirjamlik va boshqalar)
ham hosil bo'ladi.
Inson aql-zakovati sohasidagi mutaxassislar ijodiy jarayonni ta'minlash
uchun konvergent (mantiqiy, ketma-ket, chiziqli) va divergent (yaxlit,
intuitiv,
79
aloqador) tafakkurning kombinasiyasi zarur deb hisoblaydilar. Tafakkur
xususiyatlarining bunday kombinasiyasi natijasi ongning ravonligi va
moslashuvchanligi, shuningdek, o'ziga xoslik,
hukmning aniqligi bilan
uyg'unlikda namoyon bo'ladi
Pedagogik jarayonda ijodkorlikni rivojlantirish uchun shaxs salohiyatini
oshirishga, ijodiy faolligini oshirishga yordam beradigan o'qitish metodlari va
texnologiyalaridan foydalanish zarur. Ushbu texnologiyalar shaxsning o'zini o'zi
qadrlashni shakllantirishga, o'z imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni oshirishga va
voqelik bilan adekvat aloqada bo'lishga to'sqinlik qiladigan psixologik
qiyinchiliklarni rivojlanishiga yordam beradi.
Xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimi amaliyotida
shaxs kreativlik
sifatlarida shakllantirish yoki rivojlantirishga xizmat qiladigan ko'plab metod va
strategiyalar qo'llaniladi. Ushbu metod va strategiyalarning didaktik ahamiyati
shundaki, ular talaba va o'quvchilarni o'quv materiallari yuzasidan chuqur
o'ylashga majbur qiladi. Shu sababli bu metod va strategiyalarni kreativlik
sifatlari nihoyatda past rivojlangan o'quvchi va talabalar bilan ishlash jarayonida
samarali qo'llab bo'lmaydi.
80
Kreativ shaxslar ikki toifaga bo'linadi:
Dostları ilə paylaş: