Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillar



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

 
Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillar 
O'qituvchining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki 
darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim 
jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur.
Muayyan 
omillar 
pedagoglarda 
kreativlik 
sifatlari, 
malakalarini 
rivojlantirishga to'sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o'qituvchilar 
ushbu omillarni barataf etishga e'tibor qaratishlari lozim. Quyidagi omillar 
shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi: 
o'zini tavakkaldan olib qochish; 
fikrlash va xatti-harakatlarda qo'pollikka yo'l qo'yish; 
shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; 
boshqalarga tobe bo'lish; 
har qanday holatda ham faqat yutuqni o'ylash. 
Mashg'ulotlarda o'qituvchi “kreativlik yo'l xaritasi”ga ko'ra quyidagi to'rtta 
yo'nalish bo'yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning 
kreativligini ifodalovchi belgilar sanaladi: 
-ijodiy fikrlash ko'nikmalarini namoyon etish; 
-talabalarni o'quv fanlarini qiziqish bilan o'zlashtirishga rag'batlantiruvchi 
strategiya (metod va vositalar)an foydalana olish;
-innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammo)larning yechimini 
topishga kreativ yondashish;
-kutiladigan natija. 
Pedagogning kreativlik potentsiali ko'p darajali jarayon va u quyidagi 
tamoyillarga tayanadi: 


72 
7-rasm. Pedagog kreativlik potentsialining ustuvor tamoyillari 
Talabalarni kreativ fikrlashga o'rgatish, ularda kreativ tafakkurni 
shakllantira olish uchun avvalo o'qituvchining o'zi kreativ, ijodkor shaxs bo'lishi 
zarur. 
Bordi-yu, uning o'zi kreativlik sifatlariga ega bo'lmasa, u holda qanday 
qilib, talabalarni kreativ fikrlashga rag'batlantira oladi. Chiqariladigan yagona 
xulosa quyidagicha: o'qituvchining o'zi kreativ, ijodkor bo'lsagina, talabalar ham 
shunday bo'la oladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin