Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

1.Analitik tahlil jarayoni- bu tayyorgarlik jarayoni bo'lib, u axborotlarni 
yig'ish va tahlil qilish, madjud ahvol tahlili, axborotlarni umumlashtirish
ko'rsatkichlarni taqqoslash jarayoni.
2.Kontsentratsiya 
jarayoni-ma'lum 
bir 
muammo 
atrofida 
aqliy 
salohiyatning mujassamlashuvi, ma'lum faktlar, ularning tizimi, tahlili olib 
boriladi. Aqliy salohiyat yetishmovchiligi jarayonidan o'tish va mazkur 
jarayonni bosib o'tishga intilish. Ong faolligining ba'zan ko'tarilishi yoki 
pasayishi, insonning muammo tahliliga berilishi, natijada turli yangi nostandart 
g'oyalarning tug'ilish va shakllanish jarayoni. 
3.G'oyalar inkubatsiyasi jarayoni – aqliy kontsentratsiya jarayonida 
yuzaga kelgan barcha mavjud g'oyalar ong ortiga o'tib, ular mudroq holga 
keltiriladi. Tafakkur qilish jarayonida ular metodologik asoslarda qayta 
tahlildan o'tkaziladi va guruhlanadi. Shaxsiy senzura yangi g'oyalarning 
barchasini axloqiy –ma'naviy va qadriyatlar nuqtai nazarida nazoratdan 
o'tkazadi.So'ng mazkur g'oyalar pishib yetilgan tayyor tarzda inson psixikasiga 
o'tkaziladi. 
4.G'oyalar tahlilini amalga oshirish jarayoni- g'oyalar tahlilini amalga 
oshirishda, hoyalar qidirishda, to'lqinli taraqqiyot jarayoni sodir bo'ladi. Inson 
tafakkurida ba'zi o'zgarishlar sodir bo'ladi, bunda inson tafakkuri o'zini tinch va 
osuda tutmaydi, balki u turli keskin harakatlarga moyil bo'ladi. Bu vaqtda odam 
bir mavzudan birdaniga boshqa mavzuga o'tib ketishi, ba'zi harakatlarni 
bajarishi mumkin bo'ladi. Bu inson tafakkurida kechayotgan ong oqimlarining 
faoliyati hisoblanadi. Ushbu jarayonlarning natijasi sifatida –so'nggi qaror pishib 
yetiladi. 


67 
5.Analiz va sintez jarayoni-kreativ tafakkur faoliyati natijalarni tahlil 
qilish jarayoni, ya'ni mantiqiy tahlil jarayoni. Bu davrda ong oqimida pishib 
yetilgan barcha g'oyalar yaxlitlik va umumiylikda tahlildan o'tkaziladi, hamda 
kreativ tafakkur mehnatining natijasi sifatida so'nggi qaror qabul qilinadi. 
Yuqorida qayd etilgan jarayonlar o'ta murakkab jarayonlar bo'lib, u tezlik 
bilan amalga oshiriladi. Kreativlik tafakkurni odatdagi fikrlash yo'lidan ancha 
qiziqarli bo'lgan noan'anaviy usullarga olib keladi, shu sababli inson tafakkurida 
optimal qarorlar vujudga keladi va tug'iladi. Original, unikal, noan'anaviy, 
optimal qarorlar esa zamonaviy jamiyatni ilg'orlik, taraqqiyot, iqtisodiy takomil 
sari yetaklovchi kuch hisoblanadi. 
Intellekt insonning aqliy salohiyati bo'lsa, kreativlik mana shu aqliy 
salohiyatni maqsadga yo'naltirilgan tarzda erkin ishlata olish qobiliyati 
hisoblanadi. U inson faoliyatiga ilhom va ijodkorlik kabi xususiyatlarni baxsh 
etadi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin