64
Kreativ tafakkur rivojlangan davlatlarni xalq xo'jaligining barcha
tarmoqlarida eng quyi bosqichdan tortib eng yuqori darajalargacha kreativ
tafakkur talab qilinadi. Chunki u jamiyat taraqqiyotida uning takomili, o'sishi,
rivojlanishi, kengayishi va mo''tadil saqlanishining vositasi hisoblanadi. Shu
nuqtai nazardan pedagogik faoliyatda shunday o'qitishni
tashkil etish kerakki,
o'quvchi kreativ fikrlovchi, kelgusida zamonaviy jamiyat va ishlab chiqarishda
muhim rejalashtirish, tashkillashtirish, tahlil qilish,
asoslash, motivatsiyalash,
nazorat qilish kabi funktsiyalarni kreativ tashkil etish imkoniyatiga ega bo'lsin.
Kreativ tafakkur inson ma'naviyati, tarbiyasi, bilimi, intellekti, iqtidori
kabilarni ishlata olish qobiliyatini o'z ichiga qamrab oladi.
Demak, har bir fan o'qituvchisi o'quvchilarda mana shu xislatlarni
pedagogik diagnostika metodlari
orqali aniqlagan holda, uni shakllantirish va
rivojlantirishi zarur. Buning uchun o'qituvchi o'quvchilarni ong, tafakkur va
aqlni barcha yo'nalishlarda istiqbolni ko'rish va anglashga o'rgatish, ularda
tafakkur aqlning peshqadamligi, tafakkurning noan'anaviyligi, oldindan
bashoratlay olish, ya'ni prognoz qila olish kabi
xususiyatlarni pedagogik
jarayonda maqsadli shakllantirilishi kerak.
65
Har qanday muammoning yechimi bo'yicha bir emas bir nechta
yechimlarni ko'rsata olish, hamda ularning barchasini o'ziga xos ijobiy va salbiy
tomonlarini har tomonlama asoslab berish, ko'pchilik o'ylab ko'rmaydigan
masalaning boshqa jihatlarini ham ochib berish kabi aql peshqadamligiga ega
bo'lish;
zamonaviy taraqqiyot uchun yangi yo'nalishlar va yo'llarni ko'ra bilish,
ularni tafakkur qila olish va shakllantira bilish, faoliyatni yangilash, faoliyatdagi
masalalar yechimini yangi yo'nalishlarini topa bilish kabi noan'anaviy
tafakkurga ega bo'lish;
O'z mehnat faoliyati sohasidagi istiqbol o'zgarishlarning mohiyati,
zaruriyati, amalga oshirirish muddatlarini tafakkur orqali oldindan anglash kabi
prognoz, bashorat qila olish kabi xususiyatlar uzluksiz ta'lim
jarayonida
shakllanishi va takomillashishi o'qituvchining ta'lim-tarbiya jarayonini qanday
tashkil etishiga bog'liq.
Ushbu xususiyatlar ma'ruzalar, pand nasihat yoki ko'rsatmalar bilan emas,
balki yo'naltirish, abstrakt mashqlar va bilimlar asosida, tarbiyalash orqali bilan
hosil qilinishi mumkin.
Kreativ tafakkur maqsadga yo'naltirilgan, ammo shu vaqtgacha ma'lum
bo'lmagan va an'anaviy tarzda tajribaga kiritilmagan, batamom yangi usul, yo'l,
vosita, yondashuvlarning tanlanishi va ishlab chiqilishini anglatadi.
Katta keng qamrovli ishlab chiqarish tarmoqlarida o'nlab yoki yuzlab
kreativ tafakkurga ega bo'lgan insonlarnig fikrlari, qarashlari va tahlillarni
umumlashtirish, rejalashtirish, o'rganish va umumiy yechimga keltirish asosida
nostandart qarorlar va yechimlar qabul qilinadi.
Jahonda katta biznes
strukturalarning faoliyati korporativ manfaatlar tafakkuri targ'ib qilinishi kreativ
tafakkurning vujudga kelishiga turtki bo'lgan.
Kreativ fikrlar inson ongining yuqori chegarasidagi va u o'rganmagan
fikrlar, noan'anaviy usullar, mavjud holat negizida yangi qarashlar asosida
yangicha faoliyatni tashkil etishga qaratilgan mustaqil mushohadalardir.
66
Insonda ma'lum soha bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarning hamda
tarbiyalanganlikning mavjudligi kreativ tafakkurni shakllantirishga asos bo'lib
xizmat qiladi.
Zamonaviy menejmentda kreativ tafakkur amaliyotini bildiruvchi ma'lum
tizim shakllantirilgan:
Dostları ilə paylaş: