68
2.Yangiliklardan yoki boshqa insonlar siz to'g'ringizda noto'g'ri
tushunchaga borishidan cho'chimang;
3. Keng mushohada etishga harakat qiling, an'anaviy bo'lmagan sullardan
foydalanish, o'z tafakkur tarzi, milliy mentalitet va steriotitlar qobig'idan chiqib
ketishga urining, erkin ijodiy mushohada yuriting;
4.Agar birinchi tajribangiz muvaffaqiyatsiz bo'lsa ham, o'z tajribangizdan
voz kechmang, noan'anaviy usullarda fikrlashni davom ettiring, masala
yechimining boshqa variantlarini topishga harakat qiling, boshqa yo'llarni aqlan
qidirib topish davom eting;
5.Disput, diskussiya, bahs, munozaralar uchun doimo ochiq bo'ling, uni
o'zingizga qaratilganligiga ishonmang, bahsni to'g'ri tashkil qiling, o'z
fikringizni har qanday bahslashuv jarayonida nazorat qilib boring;
6.Tushunarsiz narsa va hodisalarning mohiyatini anglashga harakat qiling.
7.An'anaviy usullarda faoliyat olib borishdan voz keching, yangi usullarda
ishlashga urinib ko'ring;
8.Yangi g'oyalardan qo'rqmang, ularni albatta keng qo'llang.
Bugungi kunda dunyo ta'lim hamjamiyati, pedagogika va psixologiya
oldida ta'lim muassasalarida shaxsni optimal rivojlantirish vazifasi turibdi. 21
asr yoshlarini bilimlarni o'zlashtirishda, ertangi jamiyatga tayyorlashda nafaqat
an'anaviy, balki noan'anaviy kreativ tafakkurga ega bo'lgan kadrlar qilib
tayyorlashimiz zarur. Zero, zamonaviy ta'lim taraqqiyoti yangi bilim, malaka va
g'oyalar hisobiga rivojlanadi. Bu esa o'z o'rnida jamiyat taraqqiyoti, xalq
forovonligi va davlatimiz ravnaqi uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: