Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

 
Muammoli xarakterga egalik
Ijodiy yo'naltirilganlik
Individuallikka erishish 
Imkoniyatlarni oshirib borish 
Ustuvor tamoyillar
 
Bir butunlik, izchillik va tizimlilik 
Kreativlikning yorqin namoyon 
bo'lishi 
Shaxsning individual xususiyatlari va hayotiy 
faoliyatda orttirgan sifatlarining o'zaro uyg'unligi 


73 
Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari 
Pedagogning kreativlik potentsiali uning umumiy xususiyati sifatida aks 
etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat 
shaxsning o'z-o'zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni 
ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potentsial negizida har bir mutaxassisning 
shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo'ladi. 
Kreativ potentsial bilish jarayoniga yo'naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas 
bog'liq. Pedagogning kreativ potentsiali an'anaviy tafakkur yuritishdan farqli 
ravishda quyidagilarda namoyon bo'ladi: 
Pedagog kreativlik potentsialiga ega bo'lishi uchun kasbiy faoliyatida 
quyidagilarga e'tiborini qaratishi zarur: 
- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish; 
- yangi-yangi g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish; 
- ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish; 
- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish. 
Har bir pedagogning o'zini o'zi rivojlantirishi va o'zini o'zi namoyon eta 
olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog'liq.Odatda 
pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari pedagogik muammolarni 
hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish 
va o'zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta'minlanadi. Pedagog o'z-
o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida 
izchil o'qib-o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin 
takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi bo'lajak 
-tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi
-yangi g'oyalarni yaratish qobiliyati; 
-bir qolipda fikrlamaslik; 
-o'ziga xoslik; 
-tashabbuskorlik; 
-noaniqlikka toqat qilish; 
-zakovatli bo'lish 


74 
pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida 
poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib 
boriladi. Bunda pedagogning o'zini o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu 
faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy 
faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni 
tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga 
alohida e'tibor qaratishi zarur. Pedagogning kreativ potentsiali quyidagi tarkibiy 
asoslarni o'z ichiga oladi (8-rasm): 
8-rasm. Pedagog kreativ potentsialining tarkibiy asoslari. 
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala 
yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning 
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o'z oldiga muammoli masalalarni qo'yish 
orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo'lgan dalillar bilan to'qnash 
keladi. Buning natijasida o'z ustida ishlash, mustaqil o'qib o'rganishga nisbatan 
ehtiyoj sezadi. 
Maqsadli-motivli yondashuv (ijodiy 
faoliyat qadriyat sanaladi va u 
pedagogning qiziqishlari, motivlari, 
faoliyatni tashkil etishga intilishda 
ko`zga tashlanadi)
Mazmunli yondashuv (o'zida 
pedagogik, psixologik, maxsus va 
innovatsion xarakterdagi BKMni aks 
ettiradi)
Refleksiv-baholash (bunda shaxsiy 
ijodiy faoliyat mohiyatini anglash, 
o'z-o'zini tahlil qilish va o'z-o'zini 
baholash ko'zga tashlanadi)
Tezkor-faoliyatli yondashuv (o'zida 
ma'lum fikriy-mantiqiy fikrlashga 
doir harakatlar, shuningdek, amaliy 
(maxsus, texnik, texnologik) faoliyat 
usullarini ifodalaydi) 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin