75
Kreativlik potentsialiga ega pedagog o'zida quyidagi malakalarni namoyon
eta oladi:
-bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish;
- masalaning qo'yilishini tahlil qila olish;
- masalani hal qilish rejasini tuzish;
- masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez,
induktsiya,
deduktsiya, taqqoslash va b.)larni qo'llash;
- masalani hal qilish usullarini tanlay olish;
-qabul qilingan qarorning to'g'riligini asoslash va qayta tekshirish;
- masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish;
-masalani
hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala yechimi
yakunlarini umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish.
Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga
oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi. Natijada pedagog:
-ijodiy fikrlashga odatlanadi;
-ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish ko'nikmalarini puxta o'zlashtiradi;
-pedagogika yoki mutaxassislik fani yutuqlari hamda ilg'or
tajribalardan
foydalanish imkoniyatlarini mustaqil tahlil qiladi;
-pedagogik jamoa tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot va ijodiy
loyihalarni bajarishda faol ishtirok etadi.
Pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va
ularning darajalari
Kasbiy faoliyat samaradorligini baholashda pedagogning ijodkorligi –
kreativ potentsiali darajasini baholash muhim ahamiyatga ega.
Pedagogning
krativlik potentsiali darajasini aniqlovchi mezonlar quyidagilar sanaladi (9-
rasm).
76
9-rasm. Pedagogning kreativ potentsiali darajasini aniqlovchi mezonlar
Ushbu mezonlar
pedagoglar
kreativ
potentsialini uch darajada
aniqlash imkonini beradi (1-jadval):
1-jadval.
Dostları ilə paylaş: