81
xavfi. O'zlarini yuqori baholaydigan talabalar esa mavjud ko'nikma, malaka va
iqtidorlari yanada rivojlanib borishiga ishonadilar.
Bunday talabalar odatta murakkab ishlarda faol qatnashadilar va o'zlarini
namoyon eta oladilar ham. Xato qilsalar undan xulosa chiqarib, o'sishda davom
etadilar. Bunday fikrlash odatiga ega o'quvchilar kirishimliroq va kreativlik
ko'nikmasidan foydalanishga moyil bo'ladi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar bugungi kunda iqtidorli bolalarni aniqlash
borasida katta tajribalarga ega. Ta'lim tizimida iqtidorli bolalarni aniqlash va
ularga ta'lim berishga oid ko'plab metodikalar mavjud.
Quyida ularning
ayrimlari to'g'risida to'xtalib o'tiladi:
Slosson testi. Katta yoshlilar hamda bolalarning aqliy qobiliyatini
o'lchashga xizmat qiladi. Berilayotgan barcha testlarga javoblar og'zaki tarzda
olinadi. Kichik yoshli bolalarga berilayotgan topshiriqlarning ayrimlari bolalar
tomonidan ayrim harakatlar (masalan, qog'oz,
qalam yoki ruchkalardan
foydalanish)ning bajarilishiga oiddir. Test aqliy qobiliyat darajasining
o'rganilayotgan sifatlarga nisbati tarzida aniqlanadi. Bu o'rinda yuqori natija 120
va undan ortiq ko'rsatkich sanaladi.
Dostları ilə paylaş: