Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi texnologiyalar



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi texnologiyalar 
Yuqorida aytib o'tilganidek, shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish 
murakkab jarayon sanaladi. Ta'lim jarayonini kuzatish, bevosita pedagogik 
jarayonni tashkil etish jarayonida quyidagi metodlar talabalarning pedagogik 
tafakkurini rivojlantirish bilan birga pedagoglarda kasbiy faoliyatni tashkil 
etishda namoyon bo'luvchi ijodiy malakalarni mustahkamlanishiga xizmat 
qiladi. 
Quyida mazkur metodlarni qo'llash imkoniyati “Umumiy pedagogika 
nazariyasi va amaliyoti” fanining negizidan joy olgan “Pedagogika tarixi” 
bo'limi bo'yicha misollarni keltirish orqali ochib berilgan (keltirilgan misollar o'z 
mohiyatiga ko'ra shaxs kreativligini rivojlantirishga yordam beradi: 
1.Guruhlashtirish. Metodni qo'llashda talabalar o'quv materialini 
mazmunan yoki unda faol qo'llanilayotgan tayanch tushunchalar asosida 
guruhlarga ajratib oladilar. Bu usul o'quv materialining kichik bo'lagida ilgari 
surilgan g'oyalarni puxta o'zlashtirib olish asosida navbatdagi bo'lak matni bilan 
ishlashga asoslanadi. Guruhlashtirishda dastlabki bo'lak o'quv materiali 
mohiyatini chuqur anglamay turib, keyingi bo'lak matni bilan ishlashga yo'l
qo'yilmaydi. Zaruriyat bo'lsa, har bir bo'lak materiali talabalar tomonidan qayta-
qayta o'rganiladi. Guruhlashtirish reja tuzish usuli uchun dastlabki asos bo'la 
oladi. 
Ta'lim jarayonida talabalarda guruhlashtirish metodini qo'llash ko'nikma va 
malakalarini hosil qilishga e'tibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash 
asosida bir qator mavzular bo'yicha guruhlar shakllantiriladi. 
Misol uchun: Mahmud Qoshg'ariyning 
pedagogik 
qarashlarini 
o'rganishda yaxlit o'quv materialini quyidagicha guruhlashtirish mumkin: 


85 
a) Mahmud Qoshg'ariyning “Devoni lug'atit turk” asari va uning 
ommalashish tarixi; 
b) asarda bilim olishning ijtimoiy ahamiyati va bilimli kishilarning shaxsi 
haqidagi qarashlarning yoritilishi; 
v) insoniylik fazilatlari to'g'risidagi fikrlar asar mohiyatini ochib beruvchi 
jihatlardan biri ekanligi; 
g) mehmon va uning ijtimoiy mavqeini asarda aks ettirilishi; 
d) asarda mol-mulk va unga munosabat masalalarining bayon etilishi;
j) xalq maqollarining asar mohiyatini ochib berishdagi o'rni 
1.Reja tuzish. Talabalarni o'zlashtirilayotgan mavzu bo'yicha reja tuzishga 
undash va dastlabki ko'nikmalarni hosil qilish ular tomonidan o'quv materiali 
mohiyatini chuqur anglanishiga zamin yaratadi. Binobarin, bu holatda 
tinglanayotgan (o'qituvchi hikoyasi) yoki o'qilayotgan (darslik, qo'llanma, 
yordamchi adabiyotlar, Internet materiallar va boshqalar) o'quv materialini 
mantiqiy ravishda guruhlarga ajratish va har bir guruhga kiritilgan materialning
tub mazmunini ochib berishga xizmat qiluvchi iboralarni ajratish talabadan 
barqaror diqqat, mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishni taqozo etadi. 
2.Tayanch tushunchalarni aniqlash. Ushbu metodni qo'llashda talabalar 
ularning e'tiborlariga havola etilayotgan o'quv materialida ilgari surilayotgan 
fikrlar mohiyatini anglatuvchi tayanch tushunchalarni ajratib ko'rsata olishlari 
lozim. 
Talabalarning tayanch tushunchalarni aniqlay olishlari ularni o'quv 
materiali mohiyatini yetarli darajada anglay yoki o'zlashtira olganliklaridan 
dalolat beradi. Ta'lim jarayonida talabalarda tayanch tushunchalarni aniqlash 
ko'nikma va malakalarini hosil qilishga ham e'tibor qaratildi va ular bilan 
hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular bo'yicha tayanch tushunchalar 
ajratildi. 
3.Mavzu ichida kichik mavzularni hosil qilish. O'qituvchi talabalar 
e'tiborini o'rganilayotgan o'quv materialini mazmuniga ko'ra mustaqil kichik 


86 
mavzularga ajratishga qaratadi. Bu usulni qo'llashdan ko'zlangan asosiy maqsad 
– talabalarda berilayotgan o'quv axborotlar orasidan eng muhim fikrlar yoki 
qarashlarni ajrata olish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
Ta'lim jarayonida talabalarda mavzu ichida kichik mavzularni hosil qilish 
ko'nikma va malakalarini hosil qilishga ham e'tibor qaratildi va ular bilan 
hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular bo'yicha mavzu ichida kichik 
mavzular hosil qilindi.Binobarin, bo'lajak o'qituvchilar o'quvchilarga eng muhim 
axborotlarni uzata olish qobiliyatiga ega bo'lishlari zarur. Bu holat o'quvchilarni 
jismonan toliqishdan saqlaydi. 
4.Turkumlashtirish.Pedagogik bilimlarni muayyan yo'nalishlar, jihatlar 
yoki muhim belgilariga muvofiq turkumlashtirish ularning talabalar tomonidan 
ma'lum tizim asosida o'zlashtirilishiga imkon beradi. 
Ta'lim jarayonida talabalarda pedagogik bilimlarni turkumlashtirish 
ko'nikma va malakalarini hosil qilishga ham e'tibor qaratildi va ular bilan 
hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular bo'yicha pedagogik bilimlar 
turkumlashtirildi. 


87 
5.Sxemalashtirish. Talabalar o'rganilgan o'quv materiali bo'yicha 
o'zlashtirgan bilimlarini mavzu mohiyatini yorituvchi sxema, jadval yoki 
tasvirlar asosida namoyish etadilar. 
Ta'lim jarayonida talabalarda sxemalashtirish ko'nikma va malakalarini 
hosil qilishga ham e'tibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash asosida bir 
qator mavzular bo'yicha sxemalar yaratildi. Shuningdek, rasm, shakl va 
tasvirlarning yaratirilishiga ham erishiladi. 
6.Qayta bayon etish. O'rganilgan mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch 
so'zlar yordamida o'quv materiali mazmunini o'z fikrlari bilan qayta bayon etish. 
Misol uchun Yan Amos Komenskiyning pedagogik qarashlarini o'rganish 
jarayonida quyidagi tayanch tushunchalar talabalar tomonidan o'rganilgan 
mavzu mazmunini qayta bayon etilishiga imkon beradi. 
7.Mavjud tushunchalarni boyitish. Mavzu bo'yicha o'zlashtirilgan 
tushunchalarni mazmunan ularga yaqin bo'lgan pedagogik yoki psixologik 
terminlar bilan boyitish materialining mohiyatini quyidagi 
tushunchalar 
yordamida yetarli darajada anglash mumkin. 
8.Pedagogik vaziyatlarni hal qilish. Oliy ta'lim muassasalari talabalarida 
pedagogik tafakkur va kreativlik sifatlarini shakllantirishda ularning turli 
pedagogik vaziyatlar yechimlarini topish layoqatiga ega bo'lishlariga alohida 
e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. 
Talabalarning pedagogik vaziyatlar yechimini toppish jarayonida: 
dastlab pedagogik vaziyat yechimini topishga yordam beruvchi bir necha 
farazlarni ilgari surishlari; 
harakat yo'nalishlari, faoliyat turlari, shuningdek, pedagogik ta'sir yoki 
tarbiya metodlarini belgilashlari; 
ularning natijaviyligini taxmin qilishlari; 
yechimni topishga yo'naltirilgan faoliyatning bir necha variantlarini ishlab 
chiqishlari; 
samarali usullarni tanlashlari; 


88 
maqbul tashkiliy 
shakllarni belgilashlari mumkin. 
Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishda bir qator interfaol 
metodlardan foydalanish bu borada samaradorlikka erishishga yoram beradi. 
Quyidagi interfaol metolar o'z mohiyatiga ko'ra shaxsda vaziyatga tanqidiy, 
ijodiy yondashish, muammoni tahlil qilish, sintezlash, tizimning tarkibiy 
elementlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va aloqadorlikni topish, mantiqiy fikrlash 
ko'nikmalarini hosil qiladi. Quyida ulardan ayrimlari namuna sifatida keltiriladi: 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin