“Kichik esse” strategiyasi kichik hajmli, erkin bayon usuliga ega bo'lib,
o'rganilayotgan muammo yoki tahlil qilinayotgan masala yuzasidan shaxsiy
taassurot, tasavvurlarni ifodalashga xizmat qiladi. U talabalar tomonidan
o'rganilgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala bo'yicha erkin fikr bildirish,
mazmun-mohiyatini qayta bayon qilish imkonini beradi.
Kichik esseni yaratishda talabalar mavzu g'oyalarini umumlashtirish,
tizimlashtirish, turkumlashtirish, xulosalarni bayon etish imkoniga ega bo'ladi.
“Klaster” metodi (“Klaster” – g'uncha, to'plam, bog'lam) puxta
o'ylangan strategiya bo'lib, uni talabalar bilan yakka tartibda, guruh asosida
tashkil etiladigan mashg'ulotlarda qo'llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan
g'oyalarni umumlashtirish, ular o'rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini
yaratadi.
“Kontseptual jadval” metodi talabalarni o'rganilayotgan mavzu (masala,
muammo)ni ikki yoki undan ortiq jihatlari bo'yicha taqqoslashga o'rgatadi.
Undan foydalanishda talabalarning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash,
ma'lumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi.
“Mantiqiy chalkash zanjir” strategiyasi tushunchalar, bildirilgan fikrlar
o'rtasida bog'liqlikni yuzaga keltirish, ularni mantiqiy jihatdan ketma-ketlikda
to'g'ri ifodalashga yordam beradi. Uning mohiyatiga o'qituvchi mavzuni
yorituvchi ma'lumotlarni to'g'ri va noto'g'ri tartibda bayon etadi. Talabalarning
vazifasi mantiqiy jihatdan noto'g'ri ifodalangan ma'lumotlarni to'g'ri dalillarga
aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan
ketma-ketlikda to'g'ri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni “ulash”dan iborat.
90
Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishda turli didaktik, texnik va
axborot-kommunikatsion vositalardan ham samarali foydalanish mumkin.