93
5-modul. Didaktik ta'minotni yaratishga kreativ yondashish
Reja:
1.Kreativ yondashuv asosida o'quv dasturlari va o'quv manbalarini yaratish.
2.O'quv materiallarini tayyorlashga kreativ yondashuv va ularni samarali
tayyorlash tamoyillari.
3.O'quv
mashg'ulotlar
uchun didaktik
ishlanmalar
tayyorlashga qo'yiladigan zamonaviy talablar.
Tayanch tushunchalar:
o'quv dasturlari, o'quv manbalari, o'quv
materiallari, tamoyillar, o'quv materiallarini samarali tayyorlash tamoyillari,
didaktik ishlanmalar, didaktik ishlanmalarni tayyorlashga qo'yiladigan talablar.
Bir qarashda ta'lim jarayonini kreativ g'oyalar asosida tashkil etish o'quv
dasturida belgilangan talablardan chetga chiqishdan tasavvur qoldiradi. Biroq,
kreativlik,
ijodiy
yondashish
o'quv
mashg'ulotlarini
mavjud
DTSga
moslashtiradi. Qolaversa, o'qituvchilardan o'qitish
jarayoniga nisbatan kreativ,
ijodiy yondashuvni ta'minlashga xizmat qiladigan metod, usul va vositalar
mashg'ulotlarni metodik jihatdan samarali, to'g'ri olib borilishini ta'minlaydi.
Pedagogik nuqtai nazardan ta'lim mazmunini
shakllantirish quyidagi uch
bosqichda amalga oshiriladi (13-rasm).
13-rasm. Ta'lim mazmunini shakllantirish bosqichlari
O`quv materialini o`zlashtirish
bosqichi
O`quv bosqichi
Umumiy nazariy bosqich
Bosqichlar
94
O'quv materialini o'zlashtirish bosqichida ta'lim mazmunining o'quv fanlari
bo'yicha yaratilgan DTS, o'quv rejasi va o'quv dasturi kabi me'yoriy hujjatlar,
shuningdek, o'quv manbalari (darslik, o'quv va metodik qo'llanma, yo'riqnoma,
tavsiyanoma va kabilar)da aks etishi ta'minlanadi.
Dasturda ko'rsatilgan bilim, malaka va ko'nikmalarni o'quvchilar
tomonidan to'la o'zlashtirilishi o'qitish jarayoni muvaffaqiyati va samaradorligini
belgilovchi mezonlar sanaladi.
Pedagoglarda ham kreativlik sifatlarining to'laqonli namoyon bo'lishi o'quv
dasturlari bilan ishlashda ham ko'zga tashlanadi. O'quv
dasturlari orasida
mualliflik o'quv dasturlari pedagogning kreativlik sifatlari, kasbiy faoliyatni
tashkil etishga bo'lgan
ijodiy yondashuvi, ta'lim sifati hamda samaradorligini
oshirish yo'lida tashkil etayotgan kasbiy-ijodiy faoliyati mazmunini o'zida
to'laqonli ifoda eta oladigan ta'limiy xarakterdagi dasturdir.
Bu turdagi dasturlarlar ham davlat ta'lim standartlari talablarini hisobga
olgan holda o'quv fani qurilishining o'zgacha shaklda bo'lishi, o'rganilayotgan
hodisa va jarayonlarga nisbatan muallif nuqtai nazarining aks etishi bilan boshqa
o'quv dasturlaridan farqlanadi. Bu turdagi dasturlar tegishli fan sohasi bo'yicha
faoliyat
olib borayotgan pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi taqrizlariga
Dostları ilə paylaş: