Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Nazorat savollari: 
1.O'quv dasturlarini yaratishga kreativ yondashuv o'zida nimani ifodalaydi? 
2.O'quv manbalarini yaratishga kreativ yondashishda nimalarga e'tibor 
qaratish lozim? 
3.O'quv 
materiallarini 
kreativ 
yondashuv asosidatayyorlash 
qanday ahamiyatga ega deb o'ylaysiz? 


109 
4.O'quv 
materiallarini 
kreativ 
yondashuv asosidasamarali 
tayyorlashda qanday tamoyillar inobatga olinadi? 
5.O'quv 
mashg'ulotlar 
uchun didaktik 
ishlanmalar 
tayyorlashga qo'yiladigan zamonaviy talablar nimalarda iborat? 
6.O'qituvchilarda 
kreativlikni 
rivojlantirishning 
pedagogik 
texnologiyalarini tushuntiring 
6-modul.Amaliy pedagogik faoliyatni tashkil etishga kreativ 
yondashish 
Reja: 
1.Ma'ruza mashg'uloti uchun mo'ljallangan matnning vizual xususiyat kasb 
etishi. 
2.O'quv topshiriqlarining turlari va o'quv mashg'ulotlar uchun o'quv 
topshiriqlarini shakllantirish. 
3.O'quv topshiriqlari uchun ish qog'ozlarini tayyorlash. 
4.Kreativ yondashuv asosida o'quv fanlari bo'yicha nazorat-sinov- 
topshiriqlarini tayyorlash, keys va darajali testlar to'plamini shakllantirish. 
5.Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishga kreativ yondashish. O'quv 
mashg'ulotlari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uchun auditoriya (joy)ni 
jihozlashga kreativ yondashish. 
Tayanch tushunchalar: matn, vizuallik, matnning vizuallik xususiyati, 
o'quv topshiriqlari, o'quv topshiriqlarining turlari, ish qog'ozlari, keys, darajali 
test, auditoriyani jihozlash. 
Shaxsda kreativlikni shakllantirishga yo'naltirilgan mashg'ulotlar faqatgina 
ko'ngilochar xarakterdagi topshiriq, mashq yoki vazifalardan iborat bo'lib qolishi 
kerak emas. Balki, talabalarga beriladigan barcha topshiriq, mashq va vazifalar 
mavjud davlat ta'lim standartlarga mos kelishi, talabalarga bilim, ko'nikma va 


110 
malakalarini to'laqonli namoyish qila olish imkoniyatini yaratishi zarur. 
Mashg'ulotlar jarayonida o'qituvchilar talabalarni asta-sekin mas'uliyatdan ozod 
qilish orqali mustaqil ta'lim olishga rag'bat bildiradigan shaxs bo'lishlariga erisha 
olishlari lozim. 
Pedagogning kreativligi rivojlantirishda uning ma'ruza, amaliy, seminar va 
laboratoriya mashg'ulotlari uchun o'quv topshiriqlarini ishlab chiqishga ijodiy 
yondashish ko'nikma va malakalariga ega bo'lishi muhim ahamiyatga ega. 
Buning uchun pedagoglar o'zlarida kreativlik qobiliyatini rivojlantirish yo'lida 
tizimli, izchil amaliy harakatlarni tashkil etishlari zarur. Quyida ularning 
ayrimlari xususida to'xtalib o'tiladi. 
1.Matnli axborotlarni grafik shakliga o'tkazish. Matnli, ayniqsa, katta 
hajmdagi matnli axborotlar talabalar tomonidan qiyin qabul qilinadi. Zamonaviy 
sharoitda matnli axborotlarni grafik shakliga o'tkazish talab etilmoqda. O'quv 
axborotlarini grafik shakliga o'tkazishda ma'lumotlarni model, sxema, jadval, 
diagramma, tasvir, klaster, matematik, fizik, geometrik ko'rinishlarida ifodalash 
maqsadga muvofiqdir. Bu tarzda talabalarga taqdim etilgan axborotlar talabalar 
tomonidan samarali qabul qilinadi. 
2.Maxsus testlar bilan ishlash. Pedagoglarni qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish kurslarida tinglovchilarda kreativlik qobiliyati va 
sifatlari mavjudligini aniqlashda P.Torrensning “Tugallanmagan rasmlar” 
testidan foydalanish samarali natijalarni beradi.Mazkur test quyidagi shtrixlaran 
iborat noaniq tasvirlardan iborat bo'lib, tinglovchilarga ularni tugatib berish 
topshirig'i beriladi. 
OTMda bo`lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlash jarayonida P.Torrensning
“Tugallanmagan rasmlar” testini maqbul ravishda qo'llash o`z samarasini 
beradi. Talabalar tomonidan bajarilgan testlar bo`lajak pedagoglarning qay 
darajada kreativlik sifatlariga egaligi, tasavvurining qanchalik boyligini 
ifodalaydi. 


111 
3.Interfaol metodlardan foydalanish. Mashg'ulotlarda interfaol metod 
(strategiya, grafikr organayzer)lar bilan ishlash talabalar tomonidan o'quv 
axborotlarini tizimli, yaxlit holda o'zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Qolaversa, 
interfaol metodlar yordamida talabalar o'quv axborotlari bilan ishlashda 
bilimlarni tahlil qilish, sintezlash, muhim tushunchalarni tizimlashtirish, ob'ekt, 
jarayon, faoliyat, voqea, hodisalarning umumiy mohiyatini aniq ifodalash kabi 
ko'nikma, malakalarni o'zlashtirishga muvaffaq bo'ladi. 


112 
Quyida peagogik turkum fanlarini o'qitish hamda talabalar, OTM 
pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish kurslari 
tinglovchilarida kreativlik sifatlari, ijodiy-kasbiy faoliyat malakalarini 
shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanishga oid misollar keltiriladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin