92
faoliyatini faollashtirishi, uning o'quv materialani o'zlashtirish maqsadlari bilan
qurollantirish, o'quv materialini tushunishi va o'zlashtirishini kuchaytirish,
fanlararo aloqani chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Buning
uchun elektron shakldagi ijod mahsulotlari turli jarayon va hodisalarni
tushunishni osonlashtirishga, tajribalarni bajarish usullari bilan tanishtirishga,
laboratoriya jihozlarida ishlashni yengillashtirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, pedagoglarning kreativlik sifatlariga egaliklarini
aniqlash ikki tomonlama ahamiyatga ega. Birinchidan, ular o'zlaridagi mavjud
kreativlik sifatlari, ularning darajasi borasida aniq tasavvurga ega bo'ladi.
Ikkinchidan, ular tomonidan tashkil etilayotgan ta'lim jarayoning sifati
hamda samaradorligi xususida bir to'xtamga kelish mumkin. Shuningdek,
kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlash orqali pedagoglarning bu boradagi
faoliyatlari yo'nalishlarini belgilash imkoniyati yuzaga keladi.
Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish muayyan bosqichlarda
kechadi. Mazkur bosqichlarning har birida kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi
metod, vosita va texnologiyalarining maqsadli, izchil qo'llanilishi, shuningdek,
pedagogik faoliyatni tashkil etishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan
ijodiy foydalanish o'qitish sifatining yaxshilanishi, samaradorligining oshishi
uchun qo'lay sharoitni yaratadi.
Dostları ilə paylaş: