98
EATR bosma o'quv-metodik majmualar kabi o'zining tarkib asosiga ega
bo'ladi. Ushbu tarkibiy asos bir nechta elementlarni qamrab oladi.
EATR ta'lim jarayonida quyidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish
uchun talab etiladigan sharoitni yaratadi.
Ta'lim jarayonidagi kreativlik talabalarda o'qishga qiziqishlarini orttiruvchi
kreativ savollar tuzish, turli rasm, tasvir, jadval, diagramma, ramziy ifodalardan
foydalanish, ta'lim oluvchilarga bayon etilayotgan o'quv
axborotlari bilan
mutlaqo aloqasi bo'lmagan g'oyalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlilikni topish kabi
vazifalarni berish, kichik kichik guruhlarda ishlashlarini ta'minlash kabi
harakatlarda aks etadi.
O'quv materiallari talabalarning umumiy va kasbiy bilimlarini boyitish
bilan birga ularda dunyoqarashni boyitish,
tasavvurni kengaytirish, ijtimoiy va
tabiiy borliqqa ijobiy munosabatni shakllantirishga ham xizmat qilishi zarur.
Shu sababli pedagoglar o'quv materiallarini tayyorlashga ijodiy yondashish bilan
birga muayyan tamoyillarga rioya etishlari zarur.
O'quv mashg'ulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlashga
qo'yiladigan zamonaviy talablar
Shaxsda kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun, eng avvalo,
ularda tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirish talab etiladi. O'quv
materiallarini talabalarga taqdim etishda savolning “Agarda ...?” deb qo'yilishi
1)ta'limiy vazifalarni shakllantirish;
2)o'quv materiali mazmunini
bayon qilish;
3)bilimlarni qabul qilishni tashkil etish;
4)qaytar aloqa;
5)talabalarning bilish faoliyatini nazorat qilish;
6)talabalar o'quv-bilish faoliyatini tashkil etishning navbatdagi
bosqichiga tayyorgarlik ko'rish (talabalarni mustaqil ta'lim
olishga, qo'shimcha o'quv adabiyotlarini mustaqil o'qib-
o'rganishga yo'naltirish)
99
topshiriqlarni bajarish jarayonida ularning ham ob'ektiv, ham sub'ektiv
fikrlash
ko'nikmalarini samarali o'zlashtirishlarini ta'minlaydi.
Ken Robinson ta'kidlaganidek, kreativlik talabalarda “nafaqat yangi
g'oyalarni ilgari surishini taqozo etishi, balki o'quv masalalari bo'yicha qarorlar
qabul qilish, tahlil etish ko'nikmalarini ham shakllantira olishi lozim. Kreativlik
jarayoni boshlang'ich g'oyalarni ishlab chiqish, ularni tadqiq qilish va tahlil
etish, zarur bo'lsa ulardan voz kechishni ham o'z ichiga oladi.
Ayni o'rinda shuni ham aytib o'tish joizki, ta'lim jarayoniga
nisbatan kreativ
yondashuv ta'lim olish, o'quv fanlari asoslarini o'zlashtirishga nisbatan qiziqishi
susaygan talabalar bilan ishlash maqsadida emas, balki barcha talabalar bilan
jonli, qiziqarli, jo'shqin
muloqotga kirishish, ularni faollikka undash uchun
qo'llaniladi.
Qolaversa, kreativ xarakterga ega mashg'ulotlarni nafaqat san'at,
madaniyat sohalari yo'nalishlarida, shu bilan birga barcha istalgan soha (biznes,
iqtisodiyot, huquq, pedagogika, psixologiya,
qurilish, qishloq xo'jaligi,
muhandislik, sanoat va b. sohalar) bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar bilan
ishlash jarayonida ham birdek samarali tashkil etish mumkin.
O'qituvchilar, shuningdek, ta'lim jarayoniga nisbatan kreativ yondashishda
nafaqat o'quv fanlarini o'zlashtirishda yuqori natijalarga erishayotgan, kreativ
fikrlashda ijobiy holatlarni
qayd etayotgan talabalarga, balki ko'proq e'tiborni
talab etadigan, ijodiy, kreativ fikrlash layoqatiga ega bo'lmagan ta'lim
oluvchilarga ham birdek e'tiborni qaratishlari zarur.
Ta'lim jarayonini tashkil etishda o'quv materiallarining maqsadga muvofiq,
g'oyaviy mazmunga ega va sifatli tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Oliy
ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan o'quv mashg'ulotlari uchun ikki turdagi
didaktik materiallar tayyorlanadi.