95
ega bo'lishi va ta'lim muassasalarining Pedagogik
kengashlari tomonidan
tasdiqlanishi zarur. Mualliflik o'quv dasturlarini ishlab chiqishda pedagog erkin,
mustaqil ravisha o'zining kreativlik layoqatini to'la namoyon etish imkoniyatiga
ega.
Odatda mualliflik o'quv dasturlaridan talabalarning erkin tanlovi bo'yicha
(majburiy yoki maxsus) kurslar tashkil etishda, to'garaklar, ilmiy jamiyatlar,
“Fan klublari”, texnik va badiiy ijodiyot markazlari
faoliyatida samarali
qo'llaniladi.
Qolaversa, o'quv fanining mazmunini shakllantirishda har bir pedagog 15
foiz miqdorda ijodiy yondashgan hola unga o'zgartirish kiritish imkoniyatiga
ega. Binobarin, o'quv
dasturlarining innovatsion, kreativ xarakter kasb etishi
talabalarda ta'lim olishga qiziqishni kuchaytiradi, ularning o'quv-bilish
faoliyatining faollashuvini ta'minlaydi.
Ta'lim mazmuni va o'quv dasturlari o'quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi.
Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o'quv qo'llanmalari kiradi.
O'quv adabiyotlari orasida darslik alohida o'rin tutadi. O'quv
dasturlari
asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda Oliy va o'rta maxsus
ta'lim Vazirligi tomonidan barcha ta'lim muassasalari uchun tavsiya etiladi.
G'oyaviy va metodik jihatdan mukammal bo'lgan darslik ta'lim mazmuniga
qo'yiladigan barcha talablarga javob bera olishi,
talabalarning ehtiyojlarini
qondira olishi, qiziqishini oshirishi, bilim, ko'nikma va malakalarini boyitishi
zarur. Darslikda bayon etilayotgan o'quv axborotlari lo'nda, tushunarli va vizual
bo'lishi, talabalarning estetik ehtiyojlariga mos kelishi kerak.
Darslik – muayyan o'quv fani bo'yicha ta'lim maqsadi, o'quv
dasturi va didaktik talablarga
muvofiq belgilangan ilmiy
bilimlari to'g'risidagi ma'lumotlarni beruvchi manba bo'lib, u
mazmuni va tuzilishiga ko'ra fan bo'yicha yaratilgan o'quv
dasturiga mos keladi.