Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 72,65 Kb.
səhifə6/6
tarix02.01.2022
ölçüsü72,65 Kb.
#46317
1   2   3   4   5   6
ona tili kurs ishi

3. Yakuniy qism (10 daqiqa).

a) Barcha guruhning topshiriqlarni bajarish natijalari doskada kо‘rsatib boriladi. Topshiriqning tо‘g‘ri va mukammal bajarilganligiga qarab, har bir guruh va talaba baholanadi. Bunda talabalarning mustaqil ishlash malakalarining shakllanganlik darajalariga e’tibor qaratiladi. Mustaqil ishlash malakalarining shakllanganligini aniqlovchi mezonlar keyingi paragrafda mukammal berilgan.



b) Guruhlarning natijalari asosida eng yaxshi guruh va faol talabalar nomi e’lon qilinadi.

Mustaqil ishning asosiy qismining bajarilishi ketma-ketligi va bajarishga ketgan vaqt quyidagicha belgilanadi: guruhlarning mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish – 20 daqiqa; topshiriqni bajarishda о‘tilgan manbalarni takrorlash – 5 daqiqa; dam olish daqiqasida «Rolli о‘yin» metodi orqali topshiriqni mustahkamlash – 10 daqiqa; olingan natijalarni tahlil qilish – 5 daqiqa; natijalarni mustaqil, ijodiy yondashgan holda takomillashtirish – 5 daqiqa; natijalarni boshqa guruh munozarasidan о‘tkazish – 10 daqiqa; bildirilgan fikrlarni muhokama qilish – 5 daqiqa.

Guruhlarga bо‘lish jarayonida talabalarning bilim darajasiga e’tibor qaratish kerak, ya’ni talabalarni tabaqalashtirib, guruhlarga ajratish va ularga murakkablik darajasi turlicha bо‘lgan bir mavzu yuzasidan topshiriq berilishi kerak. Topshiriq natijalari doskada namoyish etilgan holda e’lon qilinsa-da, talabalarning barchasi mavzuning murakkablik darajasidan qat’iy nazar, mavzu yuzasidan bilimlarga ega bо‘ladilar. Bunday tarzda dars olib borish jarayonida guruhdagi barcha talabalar ishtiroki ta’minlanadi va shu bilan ularning har biri baholanadi. Baholash mezonlari topshiriqlarni qay darajada bajarganliklariga qarab, «5», «4», «3», «2» yoki «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli», «yomon» kо‘rsatgichlar asosida baholanadi. Hozirda talabalarning bilimlarini 100 balli reyting tizimi asosida ham baholash mumkin. Talabalarning bilimi va mustaqil ishlash malakalarining shakllanganlik darajalari 2.2 - jadvalda berilgan.

Mashg‘ulot yakunida talabalarga mustaqil bajarib kelishlari uchun uy vazifasi beriladi.

Mavzu: Kasb-hunar kollejlari о‘quv ustaxonalarini jihozlash va mashg‘ulotlarni tashkil qilish



1. Kasb-hunar kollejlarida о‘quv ustaxonalarini tashkil etish haqidagi Nizomni tahlil qilish.

2. Kasb-hunar kollejlari о‘quv ustaxonalariga qо‘yiladigan talablarni о‘rganish.

3. Kasb-hunar kollejlari о‘quv ustaxonalarida о‘qituvchi va о‘quvchi ish о‘rniga qо‘yiladigan talablarni aniqlash.

4. О‘quv ustaxonalarida о‘quvchilarga kasb-hunar о‘rgatish usullarini о‘rgangan holda dars ishlanmasi tayyorlash (yо‘riqnoma asosida).

Berilgan mustaqil ish topshiriqlari bо‘yicha talabalar kelgusi darsga tayyorgarlik kо‘rib kelishlari lozim.
Yüklə 72,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin