Toshkent viloyati shaharlari urbanotoponimlarini tarixiy etimologik aspektda lingvomadaniy tadqiqi haqida


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 269,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü269,78 Kb.
#162965
1   2   3   4   5   6
toshkent-viloyati-shaharlari-urbanotoponimlarini-tarixiy-etimologik-aspektda-lingvomadaniy-tadqiqi-haqida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 876 www.ares.uz 
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Ohangaron. Toshkent viloyatining yirik shaharlaridan biri. Ohangaron 
toponimi forscha-tojikcha “ohangar” – “temirchi” degani, -on ko„plik affiksi 
(“Ohangaron” – “temirchilar” ). Ohangaron toponimi dastlab Xoja Ahrori Valiyning 
vaqf hujjatlarida (XV–XVI asr boshlari) - Soyi Ohangaron, Daryoyi Ohangaron 
shakllarida tilga olingan. Zahiriddin Muhammad Bobur Ohangaron julg„asi (vodiysi) 
deb yozgan [3, 301]. Mo„g„ullar ushbu hududlarga bostirib kelmasdan oldingi 
yozilgan manbalarda bu manzil Iloq daryosi deb atalgan. Bu vodiyda qadimdan 
temirchilik rivojlanganligi uchun daryo Ohangaron – "temirchilar" deb nom olgan. 
Keyinchalik ushbu vodiyda tashkil topgan shaharga ham Ohangaron nomi berilgan.
Parkent. Mahalliy talaffuzi Parkat. Arab geograflari asarlarida (IX–XI asrlar) 
Barskat shaklida tilga olishgan. Yoqut Hamaviyning “Mu‟jam ul-buldon” lug„atida 
(XII–XIII asrlar) qayd qilingan. Shuningdek, sharqshunos V.V. Bartold o„rta asrlarda 
tilga olingan Sarskat shahrini hozirgi Parkent bo„lsa kerak, deydi [6, 201]. O„z 
navbatida, "Parkent” toponimi Bars (tog„ yo„lbarsi) nomidan olingan, degan fikr ham 
bor. Parkent tarixiy manbalarda “Faraakas” tarzida ham uchraydi.
Piskent. Dastlab arab geograflari Istaxriy. Ibn Havqal, Muqaddasiy (X–XI 
asrlar) asarlarida “Biskat” shaklida tilga olingan, mahalliy xalq hozir ham Piskat 
deydi. U “bis” (tojikcha “yigirma”) so‟zidan kelib chiqqan, degan fikrlar ham bor. Bu 
haqida mahalliy aholi orasida quyidagicha rivoyat bor: “Bobur Hindistonga yurishni 
boshlashidan bir oz oldin uning qo„shini Piskent tumaniga kelib to„xtaydi. Bu yerda 
shoh 20 kanizagini 20 nafar xizmatkorga nikohlab beradi. Bobur Hindistonga yo„l 
olgach. 20 nafar xizmatkor shu yerda qoladi va Piskent (forscha “bis” – “yigirma”, 
“kent” – “qo„rg„on” ) vujudga kelishiga sababchi bo„ladilar.
Bekobod. Bekobod shahri qadimda Begovot deb yozilgan. Begovot nomli 
qishloqlar O„zbekistonda bir nechta bo„lgan. Hozirgi o„zbek adabiy tilida bek 
shaklida talaffuz qilinadigan so„zning to„g„risi aslida beg bo„lgan. Mahmud 
Qoshg„ariyning “Devonu lug„otit turk” asarida, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg„u 
bilig” asarida bu so„z beg shaklida yozilgan. Akademik V.V. Bartold ham bu so„zni 
beg shaklida yozish va talaffuz qilish to„g„riroq deb yozadi. Bu kabi misollar 
toponimlarning hozirgi o„zbekcha yozilishi mukammal emasligini ko„rsatadi. 
Umumiy olganda, “Bekobod” - “Bek obod qilgan maskan” deb izohlanadi.
Angren. Angren toponimi Ohangaron “temirchilar” so„zining buzilgan shakli 
deyiladi. Ko„plar buni ruscha talaffuz oqibati deyishadi. Aslida quramalar shunday 
talaffuz qilganlar. Zomin tumanida ham Angren degan joy bor.



Yüklə 269,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin