Toshkent viloyati shaharlari urbanotoponimlarini tarixiy etimologik aspektda lingvomadaniy tadqiqi haqida


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 269,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix20.11.2023
ölçüsü269,78 Kb.
#162965
1   2   3   4   5   6
toshkent-viloyati-shaharlari-urbanotoponimlarini-tarixiy-etimologik-aspektda-lingvomadaniy-tadqiqi-haqida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 877 www.ares.uz 
Bo„ka. Qadimgi turk tilida, hozirgi ba‟zi bir turkiy xalqlar (qozoqlar, qirg„izlar) 
tilida “bo„ka” – “pahlavon” degan ma‟noni anglatadi. Zahiriddin Muhammad 
Boburning “Boburnoma” asarida “Bo„ka” toponimi haqida quyidagicha ma‟lumot 
keltirilgan: Sulton Ahmad Mirzoning eshik og„asi Jonibek Do„ldoy g„arib axloq va 
atvorlik kishi bo„lib, u haqida xalq orasida turli rivoyatlar yurar edi. Kunlarning 
birida Samarqandga Sulton Ahmad Mirzo qoshiga o„zbek Shayboniyxondan elchi 
keldi. O„zbek zo„r kishini “Bo„ka” der emish. Jonibek derkim: Bo„kamusen? Bo„ka 
bo„lsang, kel kurashamiz” [3, 378]. Shuningdek, Bo„ka degan urug„ ham bo„lgan. 
Masalan, Qanglilarning bo„ka-qangli urug„i qayd qilingan. “Bo„ka” toponimi 
“qudratli”, “pahlavon” ma‟nolarini bildirib, qadimgi turkiy qabila nomidan kelib 
chiqqanligi haqiqatga yaqinroq. Chunki, bu hududda Bo„ka, Murotali, Achamayli 
kabi bir qator qabilalar yashagan. Hozir ularning nomi o„zlari yashagan joy nomlari 
bilan ataladi. Ya‟ni, etnonimlar yillar o„tishi bilan toponimga aylangan. Tarixchi Y. 
Shavanin “Bo„ka” toponimini “dono, bilimdon” deb tarjima qilgan bo„lsa, taniqli rus 
olimi L.N. Gumelev va xitoy olimi М.V. Xvan bir qator turkiy unvonlarni birga 
o„rganib. “Bo„ka” toponimi ma‟nosini “qudratli” deb tarjima qilgan [5].
Chinoz. Arab geograflari Istaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida tilga 
olingan Jinanjkat (Chinochkat) shahrini V.V. Bartold hozirgi Chinoz deb qayd etgan. 
Manbalarda Chinos varianti ham uchraydi. Shuningdek. “Chinos” degan urug„ ham 
bo„lgan (mo„g„ulchada “chin” – “bo„ri”). Rashiduddin Fazlulloh (XIV asr)ning 
“Jome‟ ut-tavorix” tarixiy asarida yozishicha, “Chinoz” atamasi mo„g„ullarning 
tayjuit qabilasi tarkibidagi urug„lardan birini anlatadi. Keyinchalik chinozlar 
tayjuitlardan ajralib, mustaqil qabila bo„lganlar. XIII–XIV asrlarda Chinoz qabilasi 
ham boshqa bir qancha mo„g„ul qabilalari kabi Dashti Qipchoqning sharqiy 
tomoniga, so„ngra Qarshi va Toshkent vohasiga kelib o„troqlashganlar. 
Qibray. Toshkent viloyatidagi shaharchalardan biri Qibray hisoblanadi. 
Qozoqlarning dulat qabilasining bir urug„i qibiray deb atalgan. Bu urug„ vakillari 
afsonaviy Qibiray botirdan tarqalgan ekan. Sadir Sadirbekovning 1994-yilda 
“O„zbekiston” nashriyotida qozoq tilida bosilgan “Qozoq shajarasi” kitobida shu 
haqda gap boradi.
G„azalkent. Ayrim olimlar arab geograflari asarlarida qayd qilingan Gazak 
shahri hozirgi G„azalkent bo„lsa kerak, degan fikr bildirishadi. Professor H.Hasanov 
“G„azalkent” toponimi “g„izol” – “ohu” so„zidan tarkib topgan, degan fikrni bildirgan 
[10, 198]. 
Chimyon. Toshkent viloyatining tog„li qismidagi ko„pgina joy nomlari 
Farg„ona vodiysidan ko„chib kelgan aholi tomonidan qo„yilgan degan ma‟lumotlar 



Yüklə 269,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin