ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 878 www.ares.uz
ham bor. Zarkat (Zarkent), Parkat (Parkent), Nanay, Burchmulla kabi nomlar shular
jumlasidandir. Farg„ona tumanida Chimyon shaharchasi, Qo„rg„ontepa tumanida
Chimyon qishlog„i bor. Farg„onadagi Chimyonni tojikcha talaffuz asosida ruslar
Chimion, Bo„stonliqdagi Chimyonni esa o„zbekcha talaffuz asosida Chimgan yozib
kelishadi. Chim-chem unsuri o„zbekchada ko„p marta takrorlanadi. Chem (chim)
sug„d tilida “g„ov”, “to„siq”, “ihota”, “qo„rg„on” degan ma‟nolarni anglatadi. H.
Hasanov Mahmud Qoshg„ariyning “Devonu lug„otit turk” asaridagi “o„tloq”
ma'nosidagi “chimgan” so„ziga nisbat berib, “Chimyon” toponimini “serchim joy”
deb izohlagan [10, 199].
Toshkent viloyati toponimlarini, xususan, urbanotoponimlarini tarixiy-
etimologik jihatdan diaxron aspektda tadqiq qilishda mazkur toponimlarning tub
ma‟nosi, ushbu nomlarning kelib chiqishi hamda davrlar silsilasidagi talaffuzida
yuzaga kelgan o„zgarishlar natijasida ularning anglatgan ma‟nosidagi talqinlar
versiyasi haqida tayanch manba sifatida V.V. Bartold, M.S. Andreyev, S.P. Tolstov,
Y.G„. G„ulomov, B.A. Ahmedov, A.R. Muhammadjonov, M. Masson, O.D.
Chexovich, A.A. Semenov, O.A. Suxareva kabi olimlarning tarixiy-geografik
asarlarida qayd etilgan ma‟lumotlardan foydalanish mumkin.
XULOSA
Respublika joy nomlarining kelib chiqishi tarixini va millat, qabila, elat, urug„-
aymoq nomlarining kelib chiqish tarixini (etnogenezini) hamda geografiyaga oid
atamalarni o„rganishda zahmatkash olimlarimizdan Y.G„. G„ulomov, R.N. Nabiyev,
A.R. Muhammadjonov, F. Abdullayev, S. Ibrohimov, O„zbekistonda birinchi
toponimik kartoteka tuzishda ishtirok etgan H. T. Zarifov, etnograflar – E. Fozilov,
M. Shoabdurahmonov, X. Doniyorov, R. Qo„ng„irov, geograflar – H. Hasanov, S.
Qorayev kabilarning ishlari diqqatga sazovordir.
Toponimika shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko„llar, tog„lar kabi geografik
nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o„rganar ekan, bu fan geograflarga ham,
tilshunoslarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi. Demak, toponimika
uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya, tarix oralig„idagi fandir;
Dostları ilə paylaş: |