AXBOROTLAR USTIDA BAJARILADIGAN AMALLAR Ma'lumotlar omborida joylashtirilgan berilganlar ustida turli amallar bajarish mumkin. Xususan, yangi ma'lumotlar omborini yaratish, mavjud MOni ochish, yangi ma'lumotlar bilan ma'lumotlar omborini to'ldirish, ma'lumotlarni alifbo bo'yicha saralash, sonli ma'lumotlarni o'sish yoki kamayish tartibida saralash, shakl ochish, o'zgartirish, bir yozuvdan boshqasiga ma'lumot tashib o'tish, yozuvlarni qulay holatga keltirish va hokazo.
Yangi ma'lumotlar omborini yaratish.
MS Access ishga tushirilganda uning ishchi maydoni bo'sh bo'ladi. Yangi ma'lumotlar omborini yaratish bu omborning tarkiblarini yaratishdir va u quyidagi tartibda bajariladi:
1. «Файл» menyusidan «Создать» buyrug'ini tanlash yoki uskunalar jihozidagi «Создать» bandi ustida «sichqoncha» tugmachasini bosish lozim.
2.«Имя файла maydoniga New (Новый)kir itish lozim. Endi hamma kerakli ob'yektlarni, masalan, jadvallarni, shakllarni (forma), hisobotlarni, talablarni yaratishga kirishishimiz mumkin. Bu ishni bajarishda «Macrep»dan foydalaniladi.
3. Ma'lumotlar ombori bilan muloqotda «Таблица» yozuvi ustida «sichqoncha» tugmachasini bosish lozim.
4. «Создать» bandi ustida «sichqoncha» tugmachasini bosish lozim.
5. Yaratilgan ma'lumotlar omborini yopish uchun «Файл» menyusidan «Закрыть» buyrug'i tanlanadi.
Muloqot oynasida MOning hamma elementlari ustun shaklida aks etadi: jadvallar, talablar, shakllar, hisobotlar kabi. Biz ulardan istalganini ochishimiz mumkin.
Shuni qayd qilish kerakki, boshqa ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalarida har bir jadval, har bir shakl, har bir talab alohida-alohida fayllarda saqlanadi. Accessda esa ular bitta faylda saqlanadi.
«Мастер» yordamida jadval tuzish.
«Мастер»ni ishga tushirish uchun «Новое окно» muloqot darchasidan «Мастер таблиц» tanlash va [OK] tugmachasini bosish lozim. Jadvalni tuzish uchun «Новая Ta6лица»da «Режим таблицы»ni tanlash va [OK] tugmachasini bosish lozim.
Natijada 20 ta ustunli va 30 ta satrli jadval hosil bo'ladi (8-rasm). Ustunlar maydonni, satrlar yozuvlarni kiritishni bildiradi. Ma'lumotlar kiritilib, keraksiz ustun va satrlar yo'qotiladi, jadval ko'rinishiga o'zgartirish kiritish uchun «Koнcтpykтop»dan foydalaniladi.
Ma'lumotlarni jadvalga kiritish uchun «Таблица»ni tanlash va kerakli jadval ajratilib, «Открыть» tugmachasi bosilishi lozim.«Taблицa»dan KoHCTpyKTop»ga o'tish quyidagicha amalga oshiriladi:«Вид» -»«Режим таблицы»;«Вид» -»«Конструктор».
Jadvallar orasida aloqa o'rnatish «Схема
8-rasm. “данных» orqali amalga oshiriladi.
Ma'lumotlar omborini ochish uchun:
1. MS Access ishga tushirilganda oynada «Добро пожаловать в MS Access» so'zi chiqadi, bu ma'lumotli oynani yopib «Access» ekraniga kiramiz.
2. Microsoft Accessnmg ma'lumotlar ombori oynasi ochiladi. Bu muloqotda o'z ma'lumotlaringizni kiritishingiz yoki mayjud ma'lumotlar omborini ochishingiz mumkin. Buning uchun «Файл» menyu bandida «Открыть» tanlanadi yoki uskunalar jihozida ochish tugmachasi bosiladi. «Открыть базу данных» nomli maydonda ochish tugmachasi bosiladi. Natijada «Открытие база данных» nomli muloqot oynasi ochiladi. Ro'yxatdan mayjud ma'lumotlar ombori faylini (masalan, NWIND.MDB) tanlab, [OK] bosiladi. 9-rasmda «Борей» kompaniyasi MO ma'lumotlaridan namuna keltirilgan.
2. Qidirish namunasi maydoniga o'quvchi haqida ma'lumot (masalan, ismi-sharifi) kiritiladi.
«Первое вхождение» tugmachasi bosiladi. Birinchi murojaatdayoq to'liq ma'lumot olinadi. Agar bu aniq bo'lmasa, «Поиск далее» tugmachasi bosiladi. Yozuvlarga aniqlik kiritilgach, «Закрыть» tugmachasi bosiladi.
Yozuvlarni alifbo yoki boshqa shartlar bo'yicha saralash.
Amalda yozuvlarni tanlab (masalan, o'quvchilarning ismi-sharifi bo'yicha) joylashtirishga to'g'ri keladi. Buning uchun «Фильтр» oynasidan foydalaniladi MS Accessda bundan ham sodda usullar bor. Ochilgan muloqot oynasidagi yozuvlarni alifbo bo'yicha saralash quyidagi tartibda bajariladi:
— tavsiflash («Описание») maydonida «sichqoncha» tugmachasini bosish lozim;
— «По возрастанию» tugmachasiga (uskunalar majmuasida) bosish lozim yoki «Записи» menyusi tarkibidagi «Сорти-pOBKa»dan «По возрастанию» so'zi tanlanadi. U alifbo bo'yicha tanlanish o'tkazilishini ang-latadi(lO-rasm).
«По убыванию» ishlatilsa, ma'lumotlar kamayish tartibida saralash o'tkazilishini anglatadi.
«Фильтр» muloqotini осЫЬ, unda natija, tanlanish qanday bajarilganligini ko'rish
mumkin.
1. MOga yozuv qidirish uchun «Поиск» tugmachasidan foydalaniladi.
2. Sonli ma'lumotlarni o'sish va kamayish tartibida, matnli ma'lumotlarni alifbo bo'yicha saralashda «Сортировка» («По возрастанию», «По убыванию»)дан foydalaniladi.